Suyuqlikni aralashtirish usullari Plastmassalarni aralashtirish Sochiluvchan materiallarni aralashtirish
Download 1.01 Mb.
|
Suyuqlikni aralashtirish usullari Plastmassalarni aralashtirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sochiluvchan materiallarni aralashtirish
- A D A B I YO T L A R 1. Yusupbekov N.R, Nurmuhamedov H.S., Zokirov S.G., Ismatullaev P.R., Mannonov U.V.
- 3. Planovskiy A.N., Nikolaev P.I. Prostessi i apparati ximicheskoy i nefteximicheskoy texnologii. - M.: Ximiya
Plastmassalarni aralashtirish
Kimyo sanoatida plastik massalarni aralashtirishda, oziq-ovqat sanoatida non yopish, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Bu jarayonda na faqat turli komponentlar qorishtiriladi, balki, xamir ezib qorishtiriladi, havo bilan to`yintiriladi va ma’lum bir xossalarga ega bo`ladi. Aralashtirish jarayoni davriy va uzluksiz qorishtirgichlarda olib borilishi mumkin. Bu turdagi qurilmalar ichida romli, shnekli yoki lentali aralashtirgichlar vertikal yoki gorizontal o`qda o`rnatiladi (3.53-rasm). Shnekli aralashtirgich iste’mol qilayotgan quvvatni aniqlash uchun ushbu tenglama qo`llanishi mumkin: yoki (3.109) bu erda dm - aralashtirgich diametri; A - aralashtirgich moslamasining geometrik nisbatlari funkstiyasi sifatida topiladigan koeffistient. K am va yuqori qovushoqli qandolat mahsulotlar (vafli, biskvit va boshqa xamirlar) ni, hamda qandolat massalarini sochiluvchan komponentlar (keks xamirlarini mayiz, oksil massasini yong`oq) bilan qorishtirish uchun ikkita spiralsimon ishchi organli tog`arasimon shaklli aralashtirgichlar qo`llaniladi. Aralashtirish jarayoni yupqa qatlamda olib borilgani sababli, yuqori darajada intensivlashga erishish mumkin. Qurilma tubi shaklida yasalgan, 90° burchak ostida o`rnatilgan 4 parrakli qorishtirish moslamali aralashtirgichda shirinliklar xamiri tayyorlanadi (3.54-rasm). Aralashtirgichning aylanish chastotasi 12 min-1. Qorishtirish jarayoni tugagandan so`ng, qobiq 3 ag`dariladi, ya’ni qopqoq 1 ochiladi va xamir to`kiladi. Sochiluvchan materiallarni aralashtirish Odatda sochiluvchan materiallarni aralashtirish uchun mo`ljallangan qurilmalar ishlash prinstipi, tezlik xarakteristikalari va konstruktiv belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Ishlash prinstipiga qarab davriy va uzluksiz ishlaydigan aralashtirish qurilmalari bo`ladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarga barabanli, lentali, markazdan qochma, aylanuvchi rotorli, chervyak - parrakli va mavhum qaynash qatlamli aralashtirgichlar kiradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga esa - barabanli, chervyak - parrakli, rotorli va boshqa turdagi aralashtirgichlar kiradi. T ezlik xarakteriskalariga qarab tez va sekin yurar qurilmalar bo`ladi. Tez yurar aralashtirgichlar bir va ikki pog`onali bo`lishi mumkin. Birinchi pog`ona isitiladigan, ikkinchisi esa - sovutiladigan bo`lishi mumkin. 3.55-rasmda aralashtirgichlarning asosiy turlari keltirilgan. Parrakli aralashtirgich qarama - qarshi yo`nalishda aylanadigan z - simon m va n parraklardan tarkib topgan. Qurilmaga uzatilgan material parraklarning jadal ta’sirida samarali qorishtiriladi. Shnekli qurilmalarda bir vaqtning o`zida materiallar ham qorishtiriladi, ham ma’lum masofaga uzatiladi (3.55 b-rasm). 3.55 v-rasm shnekli aralashtirgichning yana bir turi keltirilgan bo`lib, unda bir qator vertikal shneklar harakatchan romlarga o`rnatilgan bo`ladi. Bunday qurilmalarda aylantiruvchi shnek romlar aralashtirilayotgan material bilan birga siljiydi. Barabanli qurilmalarda aralashtirish jarayoni barabanda amalga oshiriladi (3.55 g-rasm). Zarbali qurilmalarda jarayonning intensivligi aralashtirilayotgan materialga bilalarning ko`pdan – ko`p urinishi natijasida hosil bo`ladi (3.55d-rasm). A D A B I YO T L A R 1. Yusupbekov N.R, Nurmuhamedov H.S., Zokirov S.G., Ismatullaev P.R., Mannonov U.V. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarini hisoblash va loyihalash. – T.: Jahon, 2000. 2. Kasatkin A.G. Osnovnie prostessi i apparati ximicheskoy texnologii. - M.: Ximiya, 1973. 3. Planovskiy A.N., Nikolaev P.I. Prostessi i apparati ximicheskoy i nefteximicheskoy texnologii. - M.: Ximiya, 4. Stabnikov V.N., Lisyanskiy V.M., Popov V.D. Prostessi i apparati piщevix proizvodstv. - M.: Agropromizdat, 1985 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling