Сузиш спорти турларига умумии характеристика


MAShg'ULOTNI REJALASHTIRISH


Download 439.5 Kb.
bet46/51
Sana24.04.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1394825
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Suzish

MAShg'ULOTNI REJALASHTIRISH
Katta razryadli suzuvchilar sport Mashg'ulotsining bir necha yillik perspektiv-individual va bir yillik rejaiga ega bo'ladilar. Perspektiv-individual rejani 2-4 yilga tuzishda (tayyorlashda) suzuvchi qatnashadigan asosiy musobaqalar va ularga tayyorgarlik albatta hisobga olinadi.
Suzuvchilar kichik gruppalarining sport tayyorgarlik darajasi va asosiy maqsadi bir bo'lsa, bundaylar uchun ham individual reja tuziladi. Sport Mashg'ulotsining ko'p yillik va yillik individual rejaida Trenirovka davrlarining davom etishi va muddati, tayyorgarlik turlari va Mashg'ulot xarakteri ko'zda tutiladi, albatta.
Musobaqalar kalendari Mashg'ulotni rejalashtirishning dastlabki hujjatlaridan biri hisoblanadi. Shunga asosan Mashg'ulotga tayyorgarlik, musobaqa va o'tish davrining muddati hamda davom etishi, tayyorgarlik turlari va xarakteri belgilanadi.
Individual rejaga asosan Har bir davr uchun trenirovka mashg'ulotlarining haftalik yoki ikki haftalik sxemasi tayyorlanadi. Mashg'ulot mashg'ulotlari sxemasi aniq tartibda joylashtirilgan Mashg'ulot darslari seriyasidan iborat bo'ladi. Bir yoki ikki haftadan so'ng shu darslar seriyasi qaytariladi
O'QUV-SPORT ISHLARINI HISOBGA OLISH
Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarn o'quv-Mashg'ulot jarayoni va shug'ullanuvchilarning texnik tayyorgarligining hamma bo'limlari bo'yicha muntazam hisobga olib borilishi zarur. Hisobga olish sodda, ko'rgazmali va imkoni boricha qisqa yozilgan hujjatlarda aks etishi kerak.
Hisobga olish dastlabki, kundalik va yillik bo'ladi.
Dastlabki hisobga olish Har bir yangi o'quv yili boshlanishida, o'quv va sport gruppalariga qabul qilishda qo'llaniladi.
Dastlabki hisobga olishga quyidagilar kiradi:
Shug'ullanuvchilar haqida umumiy ma'lumot-ismi va familiyasi, jinsi, tug'ilgan yili va oyi, millati, ijtimoiy ahvoli, partiyaviyligi, ish yoki o'qish joyi, lavozimi, kasaba soyuzga a'zoligi, KSJ yoki biron-bir sport kollektiviga a'zoligi, fizkultura bilan shug'ullanish staji, suzish bilan shug'ullanish staji,Uy adresi va telefon nomeri.
Shug'ullanuvchilarning suzishga bo'lgan tayyorgarligiga xarakteristika, sportcha suzish texnikasini egallash darajasi va sport razryadi, sportda qo'lga kyritgan shaxsiy yutuqlari va boshqalar.
Shug'ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va sog'lig'ining umumiy holati haqida xarakteristika-og'irligi, bo'yi, ko'krak qafasining kengligi, spirometriya, gavda kuchi, ko'l kuchi, qon bosimi, puls va boshqalar haqida vrach xulosasi.
Dastlabki hisobga olingan ma'lumotlar, razryadchi-sportchining shaxsiy kartochkasi, mashg'ulot jurnali va medisina ko'rigi kartochkasiga yoziladi.
Kundalik hisobga olish. Kundalik hisobga olishda o'quv rejaining bajarilishi, o'quv-Mashg'ulot jarayonining holati, shug'ullanuvchilar texnik mahoratining o'sishi, sog'lng'i va jismoniy rivojlanishi nazoratqilib boriladi.
Kundalik hisobga olishga quyidagilar kiradi: shug'ullanuvchilarni yo'qlama qilish, o'sha kungi darsning qisqacha mazmunini yozish, dars sifatini oshirysh uchun ko'rsatma va takliflar yozish, texnikani o'rganish va takomillashtirganligi uchun baho qo'yish.
Kundalik hisobga olingan ma'lumotlar mashg'ulotlarni hisobga olish jurnaliga, razryadchi-sportchining shaxsiy kartochkasiga va medisina ko'rigi kartochkasiga yozib boriladi.
Individual Mashg'ulot o'tkazishda kundalik hisobga olish, individual topshiriqlar va ularni bajarishdan olingan natijalar, shuningdek, o'z-o'zini nazorat qilish bo'yicha olingan ma'lumotlar ham kundalik hisobga olishga kiritiladi. Bu qo'shimcha ma'lumotlar ham shug'ullanuvchi va murabbiy kundaligiga yoziladi.
Yakuniy hisobga olish aniq muddatda (oy, kvartal, yarim yil, bir yilda) bajarilgan ishlar natijasini ko'rsatadi, qo'llanilayotgan vositalar, o'rgatish metodlari va sport Mashg'ulotsining to'g'riligi qayd etiladi.
Utkazilgan o'quv-Mashg'ulot mashg'ulotlarining soni va sifati, suzish texnikasini o'zlashtirish sifati, sport-texnika natijalarining o'sishi, razryad normalari, sport musobaqalarida seksiyaning (gruppa va hokazolarning) qatnashish natijasi, jismoniy rivojlanish va shug'ullanuvchilarning sog'lig'i yakuniy hisobga olishda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Bu ko'rsatkichlar hisobga olish hujjatlarida aks etadi va undan keyingi yilda Mashg'ulot jarayonini rejalashtirishda hamda umumiy yakuniy hisobotni yozishda foydalaniladi.
Hisobga olishning asosiy hujjatlari. Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarini hisobga olishning asosiy hujjatlari quyidagilar: shug'ullanuvchilarning arizasi va anketasi, razryadchi-sportchyning shaxsiy hisobga olish kartochkasi, mashrulotni hisobga olish jurnaly va medisina ko'rigi kartochkasi. Hisobga olish hujjatlarini aniq, to'lik va o'z vaqtida to'ldirib borish zarur. Faqat shunday qilingandagina hisobga olingan ma'lumotlarni to'g'ri tahlil qilish va keyingi o'quv-Mashg'ulot jarayonini tashkil qilish mumkin bo'ladi.
Ariza-anketa gruppaga qabul qilish uchun iltimosnomadan tashqari shug'ullanuvchi to'g'risida umumiy ma'lumotlar beradi (dastlabki hisobga olish bo'limiga qaralsin). U shu sport turi bo'yicha shug'ullanuvchi tayyorgarligiga xarakteristika (buni o'qituvchi kontrol-tekshirish yoki oldingi yil ma'Lumotlariga asoslanib beradi), jismoniy rivojlanish va shug'ullanuvchi sog'lig'ining umumiy holatiga xarakteristika (to'liq medisina spravkasiga asoslanadi) bo'lib xizmat qiladi.
Sportchining shaxsiy hisobga olish kartochkasi hujjat hisoblanadi. Shunga asosan klassifikasiya bileti va razryadchi nishoni beriladi. U suzuvchi sport-texnik natijalarining o'sib borishini hisobga olib borishga xizmat qiladi. Kartochkaning bir nusxasi sport razryadi beradigan komitetda, boshqasi shunga muvofiq fizkultura kollektivida yoki KSJ da saqlanadi.
Mashg'ulotni hisobga olish jurnali asosiy hujjat bo'lib, unda o'quv-sport ishlari o'z vaqtida muntazam hisobga olib boriladi (ma'lum shug'ullanuvchilar gruppasida).
Medisina ko'rigi kartochkasini joriy qilingan formada vrach to'ldiradi va o'z kabinetida saqlaydi. Ayrim ma'lumotlar dars jurnaliga ham ko'chiriladi va vrachdan tasdiqlatiladi.
Individual Mashg'ulot mashg'ulotlarini hisobga olish Har kungi, Har bir o'quv-Mashg'ulot mashg'ulotining mazmuni va natijalarini murabbiy jurnali va shug'ullanuvchi kundaligiga yozib borish bilan amalga oshiriladi.
Murabbiy jurnali-oddiy umumiy daftar yoki idora kitobi. Jurnaldan Har bir suzuvchiga (o'quv yili uchun) yil davomidagi mashqlar kuzatuvini yozib borish uchun zarur miqdorda vao'rtlar ajratiladi. Uning birinchi betida shug'ullanuvchining dastlabki hisobga olish ma'lumotlari aks etadi. Ikkinchi betiga sportchining musobaqalarda qatnashish reja-kalendari yoziladi: sportning nomi, musobaqa o'tkazish kuni va joyi, shuningdek suzish masofalari ko'rsatilgan natija va egallangan o'rni belgilanadi. Individual Mashg'ulot rejai va Mashg'ulot mashg'ulotlari davrining sxemasi, yeportchining shaxsiy rekordlari va o'quv yili davomida o'sib boruvchi natijalarini hisobga olish, Mashg'ulot vazifalarining bajarilishi, pedagogik kuzatishlar, murabbiyning fikr-mulohazalari qolgan betlardan o'rin oladi.
Sportchi kundaligi murabbiyga mashg'ulot samarasini tekshirishga yordam beradi, shug'ullanuvchini trenirovkani to'g'ri tashkil etishga o'rgatadi. Murabbiy shug'ullanuvchilarga kundalikni muntazam to'ldirib borishning ahamiyatini tushuntirishi kerak. U haftada bir marta kundalik to'g'ri to'ldirilayotganligi hamda mashg'ulotlar o'z vaqtida yozib borilayotganini tekshirib turishi kerak. Murabbiy mashg'ulotlarni tuzish paytida kundalikdan foydalanishi mumkin.
Sportchi kundaligining formasi murabbiy jurnaliga o'xshash bo'ladi. Birinchi betga murabbiy va sportchining familiyasi, shu yilning yanvarigacha, ya'ni o'tgan yilda erishilgan yutuqlari yoziladi. Ikkinchi va beshinchi betlar murabbiy jurnalidek to'ldiriladi. Qeyingi betlarga Mashg'ulot mashg'ulotlarining mazmuni, o'z-o'zini nazorat qilish, Mashg'ulot jarayonidagi sportchining shaxsiy kayfiyati, kontrol suzish va musobaqalar haqidagi ma'lumotlar yozib boriladi.
Kundalikning oxirgi betidan sportchi shu yilda erishgan natijalarning tahlili va tegishli xulosalar o'rin oladi.



Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling