Сузиш спорти турларига умумии характеристика
BASSEYNLAR VA SUV BAZALARI FAOLIYATI
Download 439.5 Kb.
|
Suzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSOBAqALAR VA XAKAMLIK qILISH
BASSEYNLAR VA SUV BAZALARI FAOLIYATI
Basseyn va suv bazalarining faoliyati sport inshooti qaysi tashkilotga qarashliligiga qarab uyushtiriladi. Jumladan, suv bazasi (basseyn) biror tashkilot qaramog'ida bo'lsa va shu tashkilot undan foydalansa, o'quv-sport ishlarini rejalashtirish va hisobga olish shu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Agar suv bazasi ijaraga berilsa, unda o'quv-sport ishlarini uyushtirish, rejalashtirish va hisobga olish kabi butun jarayon ijaraga olgan tashkilot tomonidan bajariladi. Suv bazasi yoki basseynda tashkil qilingan gruppalar uchun dastur va mashg'ulot rejai tuziladi. Suv bazasida (basseynda) o'quv bo'limi tuziladi va uning ishiga bo'lim mudiri rahbarlnk qiladi. O'quv bo'limi umumiy ish rejai va rejalashtirish oldiga qo'ygan talablarga muvofiq zarur hujjatlarni, bazada shug'ullanuvchi barcha gruppalarning dars jadvalini tuzadi. Bundan tashqari o'quv bo'limi baza ishiga rahbarlik qiladi, ijarachi tashkilot ishini nazorat qiladi, mashg'ulotlar hisobini olib boradi, turli ommaviy-sport tadbirlarini uyushtiradi va o'tkazadi. O'quv bo'limi huzurida uning ishiga ko'mak beradigan turli jamoat tashkilotlari (murabbiylar soveti, devoriy gazeta redkollegiyasi va boshqalar) tuzilishi mumkin. Suv bazasi (basseyn) ning butun faoliyatini nazorat qilish va ichki qonun-qoidalarga amal qilinishi gruppalardagi mashg'ulotlarning boshlanishi va tugallanishini o'z vaqtida ta'minlash maqsadida o'quv bo'limi shtatida o'qituvchi-instruktorlar ishlaydi. Shunga asosan bazada navbatchilik jadvali tuziladi. O'quv bo'limi shug'ullanuvchilarning basseynga o'z vaqtida kelishi va propuskalarning to'g'ri rasmiylashtirilishi ustidan ham nazorat qiladi. MUSOBAqALAR VA XAKAMLIK qILISH Sport musobaqalari-Mashg'ulot jarayonining ajralmas bir qismidir. Ular mashg'ulotlar sifatini yaxshilashga, Mashg'ulotni muntazam va maqsadga muvofiq yo'nalishda o'tkazishga yordam beradi. Yaxshi tashkil qilingan musobaqa-muhim tashvikot vositasi bo'la oladi. U suv sportining suzish, suv to'pi va suvga sak rash kabi turlariga yoshlarni keng ko'lamda jalb qilishga xizmat qiladi. Musobaqalarda Har bir sportchi va sport kollektivining mahorati aniqlanadi. Musobaqalar, shuningdek suzish sportining rivojlanish dara-jasini ham belgilaydi. Sport musobaqalari ilg'or tajribani ommalashtirishning eng yaxshi formasi hisoblanadi. U zamonaviy suzish sporti texnikasini keng yoyishda ko'rgazmali vosita bo'lib xizmat qiladi. Musobaqalarning tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda katta. Shug'ullanuvchilarda ma'naviy va iroda sifatlari, intizom va uyushqoqlik, vatanparvarlik tuyg'ulari kamol topadi, kollektivchilik va o'rtoqlik muhiti vujudga keladi. Musobaqalarni uyushtirish sifati, uni o'z vaqtida, puxta tayyorlash hamda o'tkazishga ko'p jihatdan bog'liq. Kalendar yili boshlanishiga 1, 5-2 oy qolganda quyndagilar tuziladi va tasdiqlanadi: Sport tadbirlari kalendar-reja. Musobaqalar nizomi. Musobaqao'tkazish bo'yicha sarf-Harajat smetasi. Sport tadbirlari kalendar-rejasi mamlakatimizda fizkultura va sportga rahbarlik qiluvchi tashkilotlar tomonidan tuziladi. Sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki kalendar rejasi ko'zda tutiladi. Musobaqalar nizomi sport tadbirlarining kalendar-rejaga asosan tuziladi va tasdiqlanadi. U musobaqalarni uyushtirishda va Mashg'ulot jarayonini rejalashtirishda muhim hujjat hisoblanadi. Musobaqa o'tkazish bo'yicha xarajat smetasi aynan shu musobaqaning tasdiqlangan nizomiga asosan tuziladi. U kalendar yili boshlanmasdan oldin tasdiqdan o'tadi. Smetada har bir musobaqa xarajati nazarda tutiladi. Bellashuv boshlanishidan 1-1, 5 oy oldin ajratiladigan bu xarajatga binoan boshqa shaharlardan kelgan qatnashuvchilar va sudyalarga joy tayyorlanadi, ular ovqatlanadigan va medisina ko'rigidan o'tadigan punktlar shaylanadi. Musobaqaga tayyorlanishning bu davri hal qiluvchi palla hisoblanadi. Shuning uchun barcha tayyorgarlik tadbirlari musobaqaga mas'ul vakilning nazorati ostida o'tkaziladi. Bosh xakam tayyorgarlikni musobaqa boshlanishidan 3-7 kun oldin ko'zdan kechirib chiqadi va mavjud kamchiliklarga tuzatishlar kiritadi. Spartakiada o'tkazishda musobaqani puxta tayyorlash uchun tashkiliy komitet tuziladi, musobaqa o'tkazayotgan mahalliy tashkilot vakillari jalb qilinadi. Tashkiliy komitet xo'jalik, madaniy-maishiy, medisina va mandat komissiyalarini tuzadi. Bu komissiyalarga tashkiliy komitet a'zolari boshchilik qiladilar. Download 439.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling