Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o’rgatisstrreplA
Download 40.97 Kb.
|
Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o’rgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUVNING XUSUSIYATLARI
Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o’rgatish R E J A 1. Suvning hususiyatlari 2. Statik va dinamik suzish 3. Odam gavdasining solishtirma og'irligi, gavda muvozanati suv, girdob, to'lqin qarshiliklari 4. Suvning ko'taruvchi kuch, suzuvchining siljishi. 5. Sportcha suzish texnikasi, anatomik, fiziologik tuzilishlar funksiyasining suzish texnikasiga ta'siri Suzuvchilar turli masofalardagi natijalarining darajasi suzish texnikasini muntazam takomillashtirib borishga ko'p jihatdan bog'liq. Mashg'ulot jarayonida ilg'or texnikani egallash va ijodiy yondoshish sportchi mahoratining o'sishini ta'minlaydi. Suzishning nazariy asoslarini egallash murabbiy ish faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlaydi, natijalarnini yuqori bo'lishiga imkon beradi. Suzish texnikasi-berilgan mashqlarni maqsadga muvofiq usullar bilan bajarish demakdir. Malakalarini tashkil qiladigan harakat texnikasi va harakat apparatini, o'z navbatida ichki organlar va organizmning boshqa sistemalari muvofiqlashganini bilish uchun fiziologiya va dinamik anatomiya, shuningdek, pedagogika va psixologiya qonunlariga suyanmoq kerak. Sportcha suzishda odamning suv muhitidagi harakatlari to'g'risida ba'zi bir umumiy tushunchalarni beradi. SUVNING XUSUSIYATLARI Suzuvchi o'zi ko'nikmagan sharoitda, gorizontal holatda bo'lib vaznsizlikni sezadi. Suvning fizik xususiyatlari havonikidan keskin farq qiladi (shu sababli ko'pincha suzishni bilmaydigan odamlar suvdan qo'rqadilar). Suvning yopishqoqlik, zichlik, solishtirma og'irlik kabi xossalari uning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Suvning yopishqoqligi harakat qilishga mo'nelik qiladigan kuch bilan xarakterlanadi. Suv harakatchanlik xususiyatiga ega bo'lgani uchun ularning zarrachalardan iborat qatlamlari bir-biriga nisbatan sirg'anib harakatga keladi. Shu bilan birga, suv qatlamlari orasida ichki ishqalanish qarshiligi vujudga kelib harakatlanuvchiga qarshilik ko'rsatadi. Yopishqoqlikning vujudga kelishi shu kuchlar bilan ifodalanadi. Suvning yopishqoqligi uncha katta bo'lmay, suv harorati 20 dan 30 darajagacha oshganda taxminan 20 prosentga kamayadi. Suvning zichligi-bu uning birlikdagi massasi (og'irligi) bilan ifodalanadi. Zichlik grekcha «r» Harfi bilan belgilanib, xalqaro sistemada kilogramm-kub metr (kgG'm3) bilan o'lchanadi. Suvning solishtirma og'irligi-uning hajmi birligidagi og'irligidir. Zichlik va solishtirma og'irlik bosim va haroratning ta'sirida kam o'zgaradi. Iste'mol qilinadigan suvning solishtirma og'irligi amalda 1000 kgG'm3 ga tenglashadi. Suvning solishtirma og'irlipshi bilish odamning suzuvchanligi haqida mulohaza yuritish uchun zarur. Chuqurlik ortib borishi bilan suv bosimi oshadi va 10 metr chuqurlikda 1 kgG'sm2 yoki bir texnik atmosferani tashkil qiladi (atmosferadan yuqori). Shuning uchun suzuvchilar chuqurlikka sho'ng'iganda quloqda og'riq sezishadi. Bu suv bosimining quloq pardasiga ta'sir etishidir. Suvning solishtirma og'irligi havoning solishtirma og'irligidan taxminan 820 marta ko'pdir. Bu harorat va suvdagi har xil aralashmalarning bo'lishi bilan o'zgaradi. Haroratning ko'tarilishi bilan suv hajmi ko'payadi, solishtirma og'irlik esa kamayadi. Solishtirma og'irligi katta bo'lmagan suvda suzish oson, chunki bunda gavda suv sathida yaxshi turadi. Q 4°S holatli suv juda katta solishtirma og'irlikka ega bo'ladi. Lekin bunda suvda odam tanasining tez sovib ketishi sababli suzish bilan shug'ullanish mumknn emas. Tajriba shuni ko'rsatadiki, mashg'ulot mashg'ulotlarini qishki suzish hovuzlarida suv harorati 26-27 daraja bo'lganda, musobaqalarni esa 25-26 daraja suvda o'tkazish maqsadga muvofiq. Ochiq hovuzlarda suv harorati qulay iqlim sharoitidan 2-3 daraja past bo'lishi kerak. Bolalar bilan mashg'ulotlar issikroq suvda o'tkazilishi lozim. Bunday suv muskul, nafas, yurak-tomir va organizm boshqa sistemalarining ishi uchun juda qulay. Mashq qilish paytida suv harorati bir muncha ko'tariladi. Bunga suzuvchilar suvda juda uzoq vaqt 80-180 minut turib, intensiv mashqlar olib borishi sabab bo'ladi. Past haroratdagi suv esa gavdaning haddan tashqari sovib ketishiga olib keladi. Suv yaxshi erituvchidir. U tuzlarga mo'lko'l to'yinish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ba'zi bir suv havzalarida uning solishtirma og'irligi 1,03 gG'sm3 gacha oshadi. Bunday katta solishtirma og'irlikka ega bo'lgan suv sathida yotish hatto oddiy sharoitda suzishni bilmaydigan odamlar uchun ham qulay. Ko'pgina sun'iy hovuzlarda profilaktika maqsadlarida ishlatiladigan xlor suvniig zichligini kamaytiradi. Suzish texnikasini mukammallashtirish ustida ishlash paytida harakat amplitudasi haqidagi to'g'ri tasavvurni o'zgartiradigan refraksiya (yorug'lik nurlarining sinishi) ni hisobga olish kerak. Shunday qilib, xovuz qirg'og'ida turib, suzuvchining suv ostidagi harakatlarini kuzatayotgan paytda ko'rish xatoliklari ro'y berishi mumkin. Suzuvchi oyog'ini suvga 0, 5 m tushirganda, murabbiy uni birinchi yo'lak o'rtasida 0, 45 m, ikkinchisida 0, 30 m va uchinchi yo'lak o'rtasida 0, 23 metr chuqurlikda ko'radi (A. A. Vankov hisobi bo'yicha). Suvning hususiyatlaridan foydalanib, odam suv sathida (yuzida) suzib va yotibgina qolmasdan, kerakli yo'nalishda harakat qilishi ham mumkin. Suzish sabablarini va shartlarini aniqlash uchun gidrostatika va gidrodinalogika qoidalaridan foydalanish mumkin. Download 40.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling