50. Strugatskiylar qalamiga mansub “STALKER”ning dastlabki nomlaridan biri aynan shunday edi
Javob: “Istaklar mashinasi” (Машина Желаний)
Mavzu: “B” va “V”
10. B – yurtimizdagi guruh nomi, V – esa mashhur superqahramon nomi
Javob: Benom va Venom
20. B – mashhur sportchi familiyasi, V – esa fizik kattalik
Javob: Bolt va Volt
30. B – “Usta va Margarita” personaji nomi, V – esa mashhur bolgariyalik
Javob: Banga va Vanga (Banga – Pontiy Pilat itining nomi)
40. B - zichligi 1450-2000 kilogramm taqsim metr kub bo’lgan material, V – esa mashhur o’zbek qo’shig’i
Javob: Karbon va “Karvon”
50. B – O’zbek romanlaridan biri, V – esa Rossiyadagi yopiq-administrativ shahar
Javob: Sarob va Sarov
Mavzu: Suvli mavzu
10. U norveg – Lena Nyustryom va uchta daniyalik Rean Dif, Syorena Rasteda va Klaus Norrendan tashkil topgan
Javob: “Aqua” guruhi
20. Bu abbreviaturaning kengaytmasi lotin tilida “suv orqali da’volash” ma’nosini beradi
Javob: SPA (Solus Par Aqua)
30. Bobil afsonalarida suv ilohi ikkita bo’lgan – Apsu va Tiamat, nima sababdan?
Javob: Apsu toza suvning, Tiamat esa sho’r suv ilohi bo’lgan, shu ma’nodagi javoblar qabul
40. Oxirgi marta Uning vazifasini Mirzo Ulug’bekning boshi bajardi
Javob: Suv belgisi (yuz ming so’mlik kupyurada)
50. Ilk marotaba gazli suvni 1767-yilda U olishga muvaffaq bo’lgan. Savol: Kim?
Javob: Djozef Pristli. (Gazlangan suv karbonat angidrid bilan to’yingan bo’ladi. Pristli – kislorod va karbonat angidridni ochgan inson)
Mavzu: Poligon
10. Vumera – Avstraliya aborigenlaring nayzasi hisoblanadi, qolaversa hozirda shu nom bilan Avstraliya sinov poligoni va U nomlangan
Javob: Kosmodrom
20. Uning ulkan kuchi Yangi Yer orolidagi poligonda sinab ko’rilgan va u bunday boshqa obyektlardan farqli ravishda, o’z funksiyasini amalga oshira olgan
Do'stlaringiz bilan baham: |