Parallel registrlar
Parallel registrlar yoki xotira registrlari –parallel ishlaydigan parall kirishlar va parallel chiqishglarga ega bo‘lgan ko‘p razryadli registrlar bo‘lib, ulardagi razryadlar soni registr tashkil topgan triggerlar sonidan aniqlanadi.
Xotira registrlari – bu jamlovchi registrlardir. Ularnig asosiy vazifalari – uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ikkilik axborotni to‘plashdir.
Sonning birinchi kichik razryadi registrning birinchi kichik razryadiga yoziladi va saqlanadi, ikkinchisi – ikkinchi razryadda va x.z. Registrning katta razryadi sonning katta razxryadini qabul qiladi.
Xotira registrlari turli triggerlarda bajariladi.
Bir fazali parallel registrlarni masalan, registr kirishlariga mos miqdordagi D- triggerlardan tuzish mumkin.
7.3–rasm. Bir taktli parallel registr: sxemasi (a); shartli belgisi (b)
7.3–rasmda to‘rtta D- triggerlarda bajarilgan bir taktli parallel registr sxemasi keltirilgan.
A (a1, a2, a3, a4) sonini yozish C sinxroimpuls yordamida, avvaldan triggerni olib tashlamagan holda bajariladi.
A (a1, a2, a3, a4) sonining har bir razryadi D1 – D4 alohida triggerning D axborot kirishiga uzatiladi.
Amaliy qism
Proteus dasturi asosida siljitish registrlarini yig‘ish va ishlash tamoyilini tadqiq etish
Topshiriq: Axborotni parallel qabul qiluvchi va ketma-ket uzatuvchi registrning sxemasini yig’ing.
Do'stlaringiz bilan baham: |