Nazorat savollari
Siljitish registrlarining vazifasi.
O‘ngga siljitish registrlari.
Chapga siljitish registrlari.
Parallel registrlar.
8-laboratoriya ishi
Proteus dasturi asosida sanagichlarni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Proteus dasturi asosida sanagichlar tuzilmasi va ishlash tamoyilini tadqiq etish.
Nazariy qism
Impuls sanagichlari – ularning kirishlariga berilayotgan impulslar sonini hisoblashga mo‘ljallangan qurilmadir. Umuman olganda, sanagichlar kirish impulslari ta’sirida o‘z holatlarini o‘zgartiradigan qurilmadir. Kirishga signallar kelib tushishi bilan sanagich o‘z holatini sxemaga mos ravishda biror tartibda o‘zgartiradi. Shuning uchun, agar sanagich 10gacha sanashi lozim bo‘lsa, demak 10ta turlicha holatga ega bo‘lishi lozim.
Sanagich parametrlari
Sanagichning asosiy parametri bo‘lib holatlar soni hisoblanadi va bu kattalik sanoq koeffisiyenti Kp yoki sanoq moduli M deb ataladi. Hisob moduli M = 2 bo‘lgan sanagich sodda sanagich hisoblanadi, va u triggerlardan yasaladi. Bu sanagich kirishga berilayotgan impulslarning navbatma-navbat o‘zgarishidan kelib chiqqan holda ikkita holat 0 va 1 ga ega bo‘ladi. Ikkilik sanagichning sanoq moduli quyidagi fiodadan aniqlanadi:
M = 2m .
Bu yerda m – sanagichdagi ikkilik razryadlar soni.
Shunday qilib, sanoq moduli sanagichning turg‘un holatlari sonini yoki to‘lib ketish impulsini yuzaga keltirgan holad sanagich dastlabki holatga qaytishi uchun uning kirishlariga nechta impuls berish kerakligini ko‘rsatadi (nolinchi holat ham hisobga kiradi).
Sanoq moduli bilan birga sanagichlar hajmi bilan ham xarakterlanadi.
K = M – 1.
Ya’ni, u to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal birlik sonlar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |