Amaliy qism
Bipolyar tranzistor asosidagi robot-motilek sxemasini yig‘ish. Tranzistorlarning ishlash tamoyilini o‘rganish
Robot-motilek prinsipial sxemasi:
Proteus dasturi ishchi sohasida yig‘ilgan tayyor sxema:
Topshiriq:
bipolyar tranzistorlarni kalit va kuchaytirgich rejimlarda ishlashini ko’rsatuvchi sxemalarni yig’ing.
laboratoriya ishida ko’rsatib o’tilgan motilek robotini Proteus dasturining “Layaut” rejimida pechatli platasini tayyorlang.
c) bajarilgan laboratoriya yuzasidan hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari
Tranzistor ish tamoyilini tushuntiring.
Siz qanday bipolyar tranzistor turlarini bilasiz?
Bipolyar tranzistorda bajarilgan kuchaytirgich sxemasini keltiring.
Qanday maydoniy tranzistor turlarini bilasiz?
5-laboratoriya ishi
Proteus dasturi asosida mantiqiy elementlarni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Proteus dasturi asosida raqamli texnika asoslari, mantiqiy elementlarni tadqiq etish va haqiqiylik jadvallari tuzishni o‘rganish.
Nazariy qism
Mantiqiy mikrosxemalarni o‘rganish asosida mantiqiy elementlar (ME)ni murakkabligini ortib borishini kuzatish mumkin. INKOR mantiqiy elementlari va bufer mikrosxemalaridan so‘ng, sodda mantiqiy amallar: mantiqiy ko‘paytiruv va mantiqiy qo‘shuv amallarini bajaradigan ME haqida so‘z ketadi. Bunday MElar VA (AND) va YOKI (OR) dir. Mazkur MElar bir nechta kirishlarni birlashtiradi (2 tadan 12 tagacha), chiqish esa yagona bo‘ladi. Chiqishdagi signal mos funksiya bajarilgan kirishdagi signallar kombinasiyasiga mos keladi. Quyida VA va YOKI MElarining shartli grafik tasviri kelitirilgan.
VA va YOKI mantiqiy elementlardan tashqari, chiqishdagi signalni inverslaydigan mantiqiy elementlar ham mavjud. Bunday elementlarning nomiga INKOR so‘zi ko‘shiladi, jumladan: VA-INKOR, YOKI-INKOR. Quyidagi mazkur mantiqiy elementlarning shartli grafik tasviri keltirilgan.
5.1–rasm. VA va YOKI MElarining shartli grafik tasviri
5.2–rasm. VA-INKOR va YOKI-INKOR MElarining shartli grafik tasviri
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mazkur elementlar bir nechta teng huquqli kirishlarga ega, shu sabali MElarning nomidan oldin kirishlar soni ko‘rstailadi, masalan, 2VA-INKOR, 5YOKI-INKOR va x.z.
Mikrosxemalarning belgilanish tizimida (markirovkasida) turli funksiyalarni bajaradigan integral mikrosxemalarning nomlanishi aniq qoidaga bo‘ysunadi. Bunday nomlanishlar suffikslari bilan farqlanadi: VA mantiqiy amalini bajaradigan MElar uchun LI (masalan, K155LI2, KR1533LI10), VA-INKOR mantiqiy amalini bajaradigan MElar uchun LA (masalan, K155LA3, K555LA13), YOKI mantiqiy amalini bajaradigan MElar uchun LL (masalan, K155LL1, K1533LL4), YOKI-INKOR mantiqiy amalini bajaradigan MElar uchun LE (masalan, K155LE1, K1533LE10).
Ma’lumki, mos funksiyani bajaruvchi har bir ME uchun o‘zining haqiqiylik jadvali mavjud. Quyida ikkita kirishga ega VA, VA-INKOR, YOKI, YOKI-INKOR ME uchun haqiqiylik jadvallari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |