omillarini ishlab chiqish faoliyatning iqtisodiy hamda moliyaviy
salohiyatini ta’minlashdagi omillar sifatida e’tirof etiladi.
Respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy
barqarorligini ta’minlashning davlat tomonidan huquqiy mexanizmini
shakllantirilishi faoliyat va kichik biznes subyektlari va moliyaviy
tashkilotlar
o'rtasidagi
moliyaviy
munosabatlaming
izchilligini
ta’minlashga xizmat qilmoqda. Buni o'z navbatida soliq yukini
kamaytirilishi, banklar tomonidan kredit imtiyozlarini berilishi, eksportga
yo'naltirilgan ishlab chiqarish rag'batlantirilishi, mehnat resurslari
bandligini ta’minlash nuqtai nazaridan imtiyozlar berilishi kabilarda
ko'rish mumkin.
Yuqoridagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini
moliyaviy barqarorligini ta’minlashning omillariga qo'shimcha sifatida
quyidagilami ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiqdir:
-kichik biznes subyektlari faoliyatini eksportga yo'naltirilgan
tovariar ishlab chiqarishaga asoslangan imkoniyatlarini oshirish evaziga
xorijiy valyuta tushumini oshirish;
-aholini zaruriy birlamchi tovar va xizmalarga bo'lgan talabini
hisobga olib faoliyatni tashkil etish asosiga aholi pul mablag'larini jalb
etishni rivojlantirish mumkin;
-xorijiy
davlatlarda
zaruriy
iste’mol
tovarlariga
talabning
xususiyatlaridan kelib chiqib, eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarish
asosidagi moliyaviy barqarorlik;
-
respublikamizda bank va mijoz hamkorligi imkoniyatlaridan kelib
chiqib, kichik biznes subyektlarining banklardagi moliyaviy mablag'larini
ta’minotini shakllantirish va jalb etish.
Biz kichik biznesning rivojlanishida asosiy omillardan biri bo'lgan
kichik biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadli tuzilmasini
mamlakatimiz va xorij tajribalariga tayangan holda ichki va tashqi omillar,
shuningdek qator munosabatlar majmuini o'zida saqlovchi tizim, ya’ni
modulni berishga harakat qilamiz. Izlanish natijasida shunday xulosaga
keldikki, kichik tadbirkorlik rivojlanishining moliyaviy mexanizmi 4 ta
asosiy tarkibdan, ya’ni budjet mexanizmi, soliq, kredit, o'z-o'zini
moliyalash mexanizmlaridan iborat (11.3.1-rasm).