T a d b ir k o r L ik n I r IV o j L a n t ir is h is t iq b o L l a r I
11.2.2-rasm . O ilaviy ta d b irk o rlik n in g v a zifa la ri
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
15-maruza. O‘zbekiston Respublikasida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari
28
11.2.2-rasm . O ilaviy ta d b irk o rlik n in g v a zifa la ri 28 Salayev S.K., Fayzullayev N.B., Tadjiyev B.U. 0 ‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik va kinik biznesni rivojlantirish yo'nalishlari. -Т.: “Fan va texnologiya”, 2011, 25-bet. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy vazifalaridan tashqari ijtim oiy v a zifa la ri ham mavjud. Xususan: 1) Ijtimoiy keskinlikni yumshatadi va bozor munosabatlarini demokratlashtiradi. 2) Yirik biznesdagiga nisbatan ish o'rinlarini yaratish qariyb o'n marta arzon bo'lganligidan kambag'allikka qarshi kurash va ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida yangi ish o'rinlari manbai hisoblanadi. 3) Oilaviy tadbirkorlikning muhim roli - bu ish beruvchilaming ko'pgina toifalari tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kam foydalaniladigan pensioner, talaba va o'quvchi, nogironlar kabi mehnat resurslarini mehnat faoliyatiga faol jalb qiladi. 4) Oilaviy tadbirkorlik ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida demokratiyani kengaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy faoliyatda tadbirkor yoki yollanma ishchi maqomini tanlashga imkon beradi. Islohotlaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko'pincha, fuqarolaming jamiyatda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlaming yo'nalishlari, me’yorlari va
qadriyatlar haqidagi tasavvurlariga bog'liq. Ma’lumki, har qanday mamlakat fuqarolarining mentaliteti tadbirkorlik munosabatlariga ham bevosita ta’sir ko'rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga mentalitetning ta’sirini o'rganar ekanmiz, O'zbekistonda uning quyidagicha namoyon bo'lishiga amin bo'lamiz: 1. Milliy mentalitet oilaviy korxonaning tashqi institutsional muhitiga jiddiy shakllantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. 2. Oilaviy biznes korxonalarida mehnat munosabatlari oilaviy munosabatlarda “rollarning” qanday taqsimlanishi haqidagi an’anaviy qarashlar asosida quriladi. Mentalitetning ta’siri
oilaviy korxonada ichki mehnat
munosabatlarini qurishda ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. O'zbekiston iqtisodiyotida zamonaviy oilaviy tadbirkorlik korxonasini, odatda erkak kishi (oila boshlig'i) boshqaradi va moliyaviy hisob, nazorat ayol kishi tomonidan boshqariladi. Respublikamizda oilaviy biznesga xos bo'lmagan xususiyatlarga quyidagilami kiritishimiz mumkin: qarindoshlar o'rtasida iqtisodiy munosabatlami huquqiy mustahkamlanganligi, lavozim (tadbirkorlik) majburiyatlari bilan oilaviy majburiyatlar o'rtasidagi “chegara”ning aniq qo'yilganligi, ayollaming biznesga aralashuv darajasining yuqoriligi. O'zbekiston Respublikasida oila institutining holati, bugungi kunda uning rivojlanishida hal qilinishi lozim bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy va
axloqiy-ruhiy nuqsonlar borligidan dalolat beradi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma’lumotlariga ko'ra, 2010- yilda respublikamizda 285,4 mingta nikohga qariyb 19,0 mingta ajralishlar to'g'ri kelgan, ya’ni 6,5 foiz oilalar barbod bo'lgan29. Albatta, bu ko'rsatkich boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha kam hisoblanadi va respublikamizda oila institutining nisbatan mustahkamligidan darak beradi. Chunki, Rossiya Federatsiyasida 2003-yilda 1091,8 ming nikohga 798,8 ming ajralish to'g'ri kelgan yoki mazkur mamlakatdagi 73,1 foiz oilalar barbod bo'lgan30. Bu esa istiqbolda jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan oila institutini rivoj lantirishda mahalla fuqarolar yig'ini, “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi kabi jamoatchilik tashkilotlari rivojlanishini yanada kuchaytirishni taqozo etadi. BMT ma’lumotlariga ko'ra, kichik korxona, mikrofirma va oilaviy tadbirkorlik subyektlari dunyoning 50 foiz mehnatga layoqatli aholisi uchun asosiy ish beruvchi hisoblanadi, masalan AQSHda kichik korxonalar 60 foiz yangi ish o'rinlarini yaratadi. Respublikamizda ham bu ko'rsatkich 2010-yil yakunlariga ko'ra qariyb 50 foizdan ortiq ish o'rin KBXT subyektlari ulushi tomonidan yaratilgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham ishsizlik muammosi ko'pgina rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda KBXT subyektlari tomonidan echilgan. BMT va Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan kichik, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik kambag'allikka qarshi kurashning strategik yo'nalishlaridan biri sifatida qaraladi. 2003- yilda bo'lib o'tgan XMT ning 91-sessiyasida Xalqaro mehnat byurosi bosh direktorining m a’ruzasida “Mehnat qashshoqlikka qarshi kurash vositasi", tadbirkorlik kambag'allikni engishning muhim
vositasi, ijtimoiy keskinlikni yumshatishning asosiy quroli sifatida qaraladi31. XMT ning 91-sessiyasidagi yuqoridagi nomi tilga olingan ma’ruzada keltirilgan takliflarni respublikamiz amaliyotiga moslagan holda, bir qator ijtimoiy muammolami keskinligini kamaytirishga imkon beruvchi, oilaviy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini qo'llab-quwatlovchi quyidagi taklif va tavsiyalami berish mumkin: > mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobat afzalliklarini oshirish, davlat va munitsipial mulkdan foydalanish bo'yicha imtiyozlar berish, ish Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling