beruvchi tadbirkorlar uchun soliq preferensiyalarini taqdim etish,
kreditlashning imtiyozli shartlari, kredit oluvchilarning xarajatlarining bir
qismini subsidiyalash va h.k.
> ommaviy
axborot
vositalarini
tadbirkorlik
tashabbuslarini
rivojlanish muammosiga yanada kengroq jalb qilish, tadbirkorlikning
ijobiy qiyofasini, oilaviy tadbirkorlikning jamiyat va davlatning rivojidagi
tutgan o'mini yoritishga bag'ishlangan ijtimoiy reklama roliklarini
kuchaytirish,
“o'z
kelajagingni
o'zing
qur”
ruknida
tele
va
radioeshittirishlami ko'paytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini OAVda
ommaviy targ'ib qilish;
> mintaqalar aholisi uchun o'z xususiy biznesini yuritish masalalari
bo'yicha doimiy “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirilishi bir qator vazifalami hal etishda qo'l keladi. Xususan,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor iqtisodiyoti islohotlari
sharoitida mulkdorlar sinfining kengayishiga qulay shart-sharoit yaratadi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirishdek
zalvorli yumushlarni oddiy mexanizmlar asosida hal etish mumkin bo'ladi.
Qolaversa, uzoq yillik qadriyatlarimiz, milliy an’analarimizning ham izchil
rivojlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: