T arbiyada temperament (xarakterning sherigi) Bola tarbiyalashda uning temperamentiga e’tibor bering! Farzandingizning temperamentini aniqlang va shunga yarasha munosabatda bo‘ling! Shartli ravishda bolalarni 3 guruhga bo’lamiz


Qanday munosabatda bo‘lish lozim?


Download 233.84 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi233.84 Kb.
#1431932
1   2   3
Bog'liq
BOLANGIZGA LAQAB QO\'YMANG

Qanday munosabatda bo‘lish lozim?
Bunday bolalarga ko‘p o‘yinchoq kerak, qimmat emas asosiysi xilma- xil. Bundan tashqari bolaning ko‘z o‘ngida bir vaqtda barcha o‘yinchoqlar
bo‘lishi kerak emas. Vaqti –vaqti bilan ayrim o‘yinchoqlarni berkitib qo‘ying, bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, ularni chiqarib bersangiz, ular yangi qiziqish bilan o‘yinni davom ettirishadi. Uchqun bolalar ko‘p savol berishni yaxshi ko‘rishadi. Charchagan bo‘lsangiz ham ularga doim to‘g’ri va muloyim javob bering.

38-DMTT psixologi: Rasulova G.M

Mavzu: Farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida

Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar echimi haqida shunday deydi:
- Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi? Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
- Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi? Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
- Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi? Demak, siz unga sovg‘a-salom bermaѐtgan ekansiz!
- Farzandingiz qo‘rqoqmi? Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!
- Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi? Demak, siz uning ѐnida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
- Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi? Demak, siz uni maqtamas ekansiz!
- Farzandingiz qizg‘anchiqmi? Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!
- Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!
- Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!
- Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi? Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!
- Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi? Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!
- Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi? Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!

Download 233.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling