T asdiq L a n g a n
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
business-plan-2021-oz
5.1. Sanoat ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlash. 2021-yilda 126,9 foiz oʻsish surʼati bilan tovar mahsuloti ishlab chiqarish prognoz qilinmoqda. Tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsishi quyidagilar evaziga koʻzda tutilmoqda: “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida PVX, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni oshirish; “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida yangi nitrat kislota ishlab chiqarishni ishga tushirishni hisobga olgan holda, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va ammiakli selitra ishlab chiqarish hajmini oshirish; “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish; "Ammofos-Maksam" AJda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni oshirish. “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va rezina buyumlar ishlab chiqarishni oshirish. Mineral oʻgʻitlar balansining prognoz koʻrsatkichlari. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish 1454,8 ming tonna (oʻsish surʼati 123,2 foiz), shu jumladan, azotli oʻgʻitlar 1105,4 ming tonna (128,7 foiz), fosforli oʻgʻitlar 133,4 ming tonna (119 ,5 foiz) va kaliy oʻgʻitlari 216,0 ming tonna (102,9 foiz) ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Respublika isteʼmolchilariga jami 1038,01 ming tonna, shu jumladan, azotli oʻgʻitlar 851,06 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar 126,95 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 60,0 ming tonna miqdorida mineral oʻgʻitlar sotish koʻzda tutilgan . Mineral oʻgʻitlar eksporti hajmi 463,41 ming tonna, jumladan, azotli oʻgʻitlar 268,9 ming tonna, fosforli oʻgʻitlar 14,51 ming tonna va kaliyli oʻgʻitlar 180,0 ming tonnaga yetkazilishi prognoz qilinmoqda. Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansining prognoz parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan. 20 Umuman olganda, “Oʻzkimyosanoat” AJ biznes-rejasi prognozi tarmoq korxonalarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish prognoz parametrlari asosida ishlab chiqilgan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling