T asdiq L a n g a n
Tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
business-plan-2021-oz
5.4. Tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarini amalga oshirish. 2021-yilda korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish ishlari davom ettiriladi, jumladan: - ichki va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni yangidan joriy etish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish; - mahsulot tannarxini pasaytirish b oʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish; - asosiy boʻlmagan aktivlar va foydalanilmayotgan obyektlarni (shu jumladan, ustaxonalar, obyektlar va ularga tutash hududlar) sotish. 5.5. Yangi ish oʻrinlarini yaratish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “2021- 2023- yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi investisiya dasturini yangi ishlab chiqarishlarni joriy etish orqali amalga oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 22 PQ-4937-son qaroriga muvofiq 125 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan, jumladan: «Navoiyazot» AJda metanol asosidagi karbamid-formaldegid konsentrati (KFK-85) ishlab chiqarishni tashkil etish orqali – 45 ta ish oʻrni; «SENTRAL AZIA KEMIKAL» MCHJda natriy lauret sulfat (LSN), chiziqli alkilbenzol sulfon kislotasi (LABSK) va kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishni tashkil etish orqali – 70 ta ish oʻrni; “Maksam-Chirchiq” AJ negizida vanadiy katalizatorini tajriba-sinov ishlab chiqarishni tashkil etish orqali – 10 ta ish oʻrni. 6. 2021- yil moliyaviy koʻrsatkichlar prognozi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kimyo sanoatining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida" 2001-yil 13- martdagi 124- sonli qaroriga muvofiq "Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruv apparati xarajatlari Jamiyat daromadlari hisobiga amalga oshiriladi (asosan, sanoat tashkilotlarining ustav fondlaridagi " Oʻzkimyosanoat" AJ ulushi boʻyicha dividendlar hisobiga). Jamiyat Ustaviga koʻra, boshqaruv apparati moliya-xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanmaydi. Boshqaruv apparatining 2021- yil yakuni boʻyicha moliyaviy natijasi 2020-yil yakuni boʻyicha dividendlar va boshqa ajratmalar koʻrinishidagi korxonalardan tushumlar hamda 2021-yilda boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari hisobidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992- son qarori bilan strategik yoʻnalishlar kimyo sanoati tuzilmasini transformatsiya qilish uchun belgilandi. Kimyo sanoatini transformatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, shuningdek, kimyo sanoatining innovatsion ilmiy- tadqiqot, ishlab chiqarish va kimyo sanoati uchun taʼlim tizimi klasterini yaratish koʻzda tutilmoqda. Bundan tashqari, 2021- yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "R aqamli Oʻzbekiston - 2030 "strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida" 2020-yil 5-oktyabrdagi Farmoniga muvofiq 23 raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari davom ettiriladi. Yuqoridagi chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun "Oʻzkimyosanoat" AJ ning oʻz mablagʻlarini xarajatlar smetasiga kiritgan holda yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarining 2021-yilgi moliyaviy- xoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha dividendlar koʻrinishidagi Jamiyatning kutilayotgan daromadlarini hisoblash Ryespublika Hukumati tomonidan qabul qilingan soliq siyosatini hisobga olgan holda amalga oshirildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling