T asdiq L a n g a n
Tarmoqning eksport salohiyatini oshirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
business-plan-2021-oz
5.3. Tarmoqning eksport salohiyatini oshirish. Soha korxonalarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning eksport-import operatsiyalari boʻyicha yagona agenti – tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. Tashkilotning afzalliklari quyidagilardan iborat: 21 - mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va materiallarni import qilishning yagona tashqi savdo marketing strategiyasi yaratilganligi; - mahsulotlarni tashqi bozorga yagona brend ostida eksport qilishda ishtirok etish, shuningdek, brendni adolatsiz raqobatdan himoya qilinganligi; - korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlarini xomashyo bilan uzluksiz taʼminlash uchun xomashyo bazasining mavjudligi; - uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan ishonchl i tarqatish tarmogʻi tashkil etilganligidir. 2021-yilda mahsulot eksporti prognoz parametrlarini bajarish maqsadida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ tomonidan tegishli shartnoma va kelishuvlar imzolandi. 2021- yilda “Oʻzkimyosanoat” AK korxonalari “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ bilan birgalikda marketing tadqiqotlarini kuchaytirish orqali yangi savdo bozorlarini rivojlantirish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda. Mahsulotlarni eksportga chiqarish, jumladan, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarining respublika va xorijda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha ishlar olib boriladi. Hukumatlararo komissiyalar kun tartibiga “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan kimyo mahsulotlari eksportini (Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston va boshqalar) tashkil etish boʻyicha takliflar kiritiladi; Logistika (avtomobil va konteyner tashish) va transport yoʻlaklaridan samarali foydalanishni (oʻgʻitlarni Bandar Abbos porti orqali Janubiy va Janubi- Sharqiy Osiyo mamlakatlariga joʻnatish) optimallashtirish boʻyicha ishlar davom ettiriladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling