T. I. Umarov s. I. Xudoyberdiyev iqtisodiy matematik usullar va


-mavzu. Tovar zaxiralarini boshqarish modellari


Download 1.63 Mb.
bet49/51
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#200214
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
S. I. Xudoyberdiyev iqtisodiy matematik usullar va-fayllar.org

12-mavzu. Tovar zaxiralarini boshqarish modellari

Reja: 12.1. Tovar zaxiralarini boshqarishning ahamiyati va vazifalari


  1. Bir turdagi joriy tovar zaxiralarini boshqarish modellari. Vilson formulasi



  2. Kup turdagi tovar zaxiralarini boshqarishning matematik modellari



  3. Sug’urtali tovar zaxiralarini boshqarish modellari



  1. Tovar zaxiralarini boshqarishning ahamiyati va vazifalari



Amaliyotda xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatini bir maromda amalga oshirishni ilmiy asosda tashkil etish uchun sanoat, savdo, tayyorlov, umumiy ovqatlanish va boshqa korxonalarda ma’lum miqdordagi moddiy tovar zaxiralari tuplanadi va saqlanadi. Chunki omborxonalarda zaxiralarni kerakli miqdordan kam yoki ko’p hajmda saqlanishi korxona uchun iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin. Masalan, omborlarda keragidan ko’p miqdorda zaxiralarni saqlanishi xalq xo’jaligini oborot vositalarini aylanishini sekinlashishiga sabab bo’ladi hamda u ortiqcha tovar zaxiralarini saqlanishi korxonani qo’shimcha harajatlar sarflashiga keltiradi. Ikkinchi tomondan, ushbu korxonadagi ortiqcha zaxiralar bir vaqtni o’zida boshqa korxonalarda yetishmasligi natijasida ishlab chiqarish jarayonlarida uzulishlar bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Alohida hollarda esa xom-ashyolarni yetarli miqdorlarda bo’lmasligi hatto ishlab chiqarishni to’xtatilishiga, iste’molchilarni talabini qondirilmasligiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Shuning uchun tovar zaxiralarini saqlashni to’g’ri va ilmiy jihatdan normalashtirish katta ahamiyatga egadir.

Shu boisdan tovar zaxiralarini saqlash ko’rsatkichlarini rejalashtirish- optimallashtirish bu iqtisodiy-tashkiliy tadbirlar majmuidan (kompleksidan) iboratdir. Ushbu muammo-kompleksning asosiy vazifasi zaxiralarni saqlashning normalashtirish (me’yorlashtirish) ni iqtisodiy matematik modellashtirish va usullari asosida zamonaviy kompyuterlardan foydalanib amalga oshirib qachon, qancha miqdorda, umumiy harajatlari eng kichik miqdorda bo’ladigan u yoki bu tovar zaxiralarini olish samarali ekanligini aniqlab berishdan iboratdir.

O’z navbatida iqtisodiy matematik usullar yordamida aniqlangan zaxiralar miqdori ishlab chiqarish ehtiyojini ta’minlash va ortiqcha katta miqdordagi zaxiralarni saqlashga mablag’ sarf qilmaslik imkonini beradi.

Zaxiralarni saqlashni boshqarish nazariyasi, usullari iqtisodiyotni turli tarmoqlari bilan bir qatorda juda ko’p miqdorda oziq-ovqat va turli tovar zaxiralariga ega bo’lgan savdo, tijorat, umumiy ovqatlanish korxonalari, tayyorlov idoralari kabi sohalarda keng qo’llanilishi mumkin.

Odatda, amaliyotda eng avvalo joriy tovar zaxiralari normalanadi. Joriy tovar zaxiralarini normalash esa qo’yidagi kabi tadbirlarni bajarish bilan amalga oshiriladi:



  • Zaxiralarni tashib keltirish davri va chastotasini aniqlash;



  • Tovarlarga bo’lgan talab-ehtiyoj miqdori-hajmini aniqlash;



  • Buyurtmani tashib keltirish tartibini aniqlash;



  • Buyurtmani bajarish shartlarini belgilash.



  1. Bir turdagi joriy tovar zaxiralarini boshkarish modellari. Vilson formulasi



Joriy tovar zaxiralarini saqlashni optimallashtirishni umumiy masalalarini sodda modellarda qarab chiqamiz. Bunday modellarda qo’yidagi dastlabki taxminlar foydalaniladi:



  1. Faqat bir turdagi tovar yoki tovarlar guruhi



  2. Rejalashtirilayotgan davrda ehtiyoj oldindan to’la aniqlash



  3. Tovarlarni yangi partiyalari qat’iy reja asosida keltirish



  4. Harajatlar zaxiralarni tashib keltirish va saqlash harajatlari




Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling