T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva


Download 82.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana16.02.2017
Hajmi82.64 Kb.
#600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
600

O 'Z B E K IS T O N   R E S P U B L 1K A S IQ IS H L O Q  VA  SUV  X O ‘JA L IG I
VAZIRLIGI
T O S H K E N T   DAVLAT A G R A R   U N IV E R SIT E T I
S.  AVEZBA Y EV , T.  KARABAYEVA
YER TUZISH

‘zbekiston Respublikasi oliy о 'quv 
yurtlararo  ilmiy-uslubiy  birlashmalar faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan OO'Yu 
исИин darslik sifatida tavsiya etilgan
T O S H K E N T  -  2005

Б Б К ...........
А...:.;.;..:.....
UDK 631.111:711(075.8)
TaqrizchUar:
В.  В.  B ER K IN O V  -   iqtisod  fanlari  doktori,  professor
О.  R.  RA M  AZANOV -q is h lo q   xo‘jalik  fanlari  doktori,  professor
A v e z b a y e v  S .,  k a r a b a y e v a   Г.
Y e r   tu z is h  -   Т.:  T o sh D A U   n a sh r-ta h ririy a t b o 'lim i,  2 0 0 5 .  -   3 0 5   b .
D a rslik   "Y e r  tu z is h '1  fa m n in g   d a stu rig a   m o s  t a f td a   0 ‘z b e k isto n   R e s-p u b lik a si  y er 
lo ’g 'r is id a g i  q o n u n c h ilig id a   y u z   b c rg a n   o x irg i  o z g a r i s h l a m i   va  o ’tk a z ila y o lg a n   y e r  islo h o tin i 
h is o b g a  o lg a n   h o ld a  ta y y o rla n d i.  U n d a  v er  lu z is h n in g   u m u m iy   n a za riy asi  v a   u slu b iy   a so s la rin - 
in g   n v o jla n is h   q o n u -n iy a tla ri  b a y o n   e tilg a n   Y er  tu z ish   m a q sa d i  v a   v a zifa lari,  u n in g   tu rla ri  v a  
y e r  tu z ish   lo y ih a la ri  o rq a li  a m a lg a   o s h irila d ig a n   y e rla rd a n   fo y d a la n ish n i  v a   u la m i  m u h o fa z a  
q ilish n i  ta sh k il  e tis h n in g  aso siy   m a sa la la rin i  y e ch ish   u su llari  k e ltirilg an .
O liy   o ‘q u v   y u rtla rin in g   ''A g ro k im y o   va  a g ro tu p ro q s h u n o s lik " ,  "A g ro n o m iy a   (d e h q o n - 
c h ilik   m a h su lo tla ri  b o 'y ic h a )" .  " O 's im lik la r  h im o y a si" 
va  " Q ish lo q   x o 'j a lik   e k in la ri 
u r u g 'c h ilig i  va  se le k siy a si" .  "F e rm e r  x o 'ja J ig in i  b o sh q a rish "   v a  b o sliq a  q is h lo q   va  su v   x o 'j a l ’ 
u ch u n   b a k a la v rla r  ta v y o rla sh   yo  n a lis h la rid a  ta 'lim   o la y o tg a n   ta la b a la rg a   m o 'lja lla n g a n .
@ O 'R O O 'Y IU B G 'M Q  
T o sh D A U   la h ririy a t n a sh riy o t 
b o 'lim i.  2005.

K1RISH
Yer  jamiyat  boyligining  manbai,  insoniyat  uchun  moddiy  boyliklar 
yaratish  va  ishlab  chiqarishni  xom  ashyo  bilan  ta ’minlashning  tabiiy  ne- 
gizidir.  Moddiy  boyliklami  ishlab  chiqarish  jarayonida  yer  asos  (bazis)  va 
ishlab chiqarish  vositasi  sifatida qatnashadi.
Qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda yem ing ahamiyati 
judayam   katta.  Bu  sohada  yer  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  bo'lib,  ishlab 
chiqarish  jarayonida  bevosita  ishtirok  etadi.  Umuman  olganda,  ishlab 
chiqarish  jarayoni  va  insoniyatning  hayoti  yer  va  undan  foydalanish  bilan 
chambarchas  bog'liq.  Shuning  uchun  ham  yem i  asrash  va  undan  oqilona 
foydalanish  insoniyat oldida turgan  eng asosiy  vazifalardan  biri  hisoblanadi.
Yer  tabiat  mahsuli  bo‘lib,  tabiatning  asosiy  qismlaridan  biridir. 
Uning bag'rida juda  katta qazilm a boyliklar xazinalari  mavjud.  Hayot  uchun 
zarur  boMgan  suv  ham  yer  bilan  bog'liq  va  uning  bir  bo‘lagidir.  Tabiatning 
butunligini,  hamma  qismlarining  bir-biri  bilan  uzviy  bog'liqligini  hisobga 
olsak,  yerdan  foydalanish  jarayonida  tabiatning  boshqa  qism lariga  ham 
ta'sir qilishimizni  tushunib olish  qiyin  emas.
Demak,  biz  yerdan  foydalanish  deganda  tabiatning  yer  bilan  b o g ‘liq 
bo'lgan  boshqa  resurslaridan  (suv,  havo,  quyosh  energiyasi  va  boshq.)  ham 
foydalanishni  tushunishimiz kerak.
Respublikamiz  yer  resurslari  44,4  mln  gektami  tashkil  etadi.  Shun- 
dan  50,9%  qishloq  xo'jaligi  uchun  ajratilgan.  Arid  iqlim  sharoiti  respub- 
likamizda  qishloq  xo'jaligi  faqat  sug'orm a  dehqonchilik  asosidagina  rivoj- 
lanishi  mumkinligini  taqozo  etadi.  Suv  resurslarining  cheklanganligini  hi­
sobga  olsak,  sug’oriladigan  yerlaming  qadr-qimmati  qanchalik  yuqoriligini 
tasavvur etish  qiyin  emas.
Sug'oriladigan  yerlar  Respublikamiz  yer  fondining  atigi  9,5%   ini 
tashkil  etadi.  Asosan  cho‘l  va  sahro  mintaqalarida joylashgan  tabiiy  yaylov- 
laming  hosildorligi juda  pastligi,  qishloq  x o ‘jaligida  foydalanilayotgan  yer­
laming  qisman  sho  rlanganligi,  tuproq  eroziyasiga  uchraganligi  va  boshqa 
tuproq 
unumdorligiga 
salbiy 
ta’sir 
etuvchi  jarayonlam ing 
paydo 
bo'layotganligi  respublikamiz  yer  fondidan  samarali  foydalanishni  tashkil 
etish  masalasining dolzarbligini  ko‘rsatib turibdi.
Yer va  suv  resurslarining cheklanganligi,  aholi  sonining doimiy  o 'sib  
borishi  yerga  nisbatan  tejamkorlik  munosabatida  bo'lish,  undan  oqilona, 
to 'la   va  samarali  foydalanish  zaruriyatini  jam iyat  oldiga  qo‘yadi.  Yerdan 
foydalanish  ishlari  tabiatda  mavjud  tabiiy  muvozanat  buzilishiga  olib  kel- 
masligi  kerak.
Yerdan  foydalanishni  tashkil  qilish  va  bu jarayonni  doimiy  ravishda 
takom illashtirib  borish  qiyin  masala  bo'lib,  u  yem i  xalq  xo'jaligi  tarmoqlari 
orasida  taqsimlash,  unumdor  yerlami  imkoni  boricha  qishloq  xo'jaligi

uchun  ajratish  va  undan  to 'la  foydalanish,  haydaladigan  va  sug'oriladigan 
yerlar  maydonini  kengaytirish,  yem ing  hosildorligini  doimiy  ravishda 
oshirib  borish,  tuproq  eroziyasiga  va  unumdorlikni  pasaytiruvchi  boshqa 
omillarga qarshi  kurashishni  o 'z   ichiga oladi.
Doimiy  o ‘sib  boruvchi  sanoat,  uy-joy  va  boshqa  qurilishlar,  yangi 
shaharlar  barpo  etilishi  va  eski  shaharlar  kengayishi  hamda  boshqa  aholi 
yashaydigan joylar  uchun  yer  ajratish  ehtiyoji  yer munosabatlarini  qonunlar 
asosida  doimiy  takomillashtirib  borishni  talab  qiladi.  Yer  fondidan  foy­
dalanishni  boshqarish  va  nazorat  qilish,  yer  munosabatlarini  takomillashti- 
rish,  umuman  davlatimizning  agrar  siyosatini  amalga  oshirish  Davlat  yer 
tuzish  xizmati  tomonidan  amalga oshiriladi.
Yer tuzish  O 'zbekiston  Respublikasining  "Yer  kodeksi"  asosida  olib 
boriladi.  U  yerdan  foydalanish  to ‘g‘risidagi  qonunlar  va  hukumatimiz 
qarorlarining  amalga  oshirilishini  ta ’minlovchi  davlat  tadbirlari  tizimi 
hisoblanib,  xalq  xo'jaligi  tarmoqlari  orasida  va  tarm oqlar  ichida  olib  bori­
ladi.
Ayniqsa,  qishloq  xo'jaligi  sohasida  yer  tuzish  ishlarining  ahamiyati 
ju d a  katta.  Bu  sohada  yangi  qishloq  xo'jalik  korxonalarini  tashkil  qilish, 
eskilarini  takomillashtirish  va  ulam ing  yer  maydonlarini  tashkil  qilish  ish- 
lari  ilmiy  asoslangan  loyihalar tuzishni  taqozo etadi.
Hozirgi  vaqtga  kelib,  davlatimizda  yer  tuzish  ishlari  tizimi  respub­
likamiz  yerlaridan  foydalanishning  Bosh  chizmasini  (ilmiy  asoslangan 
bashorat  tarzida),  viloyatlar  va  tumanlar  yer  tuzish 
chizmalarini, 
xo'jaliklararo  va xo' jaliklarda  ichki  yer tuzish  loyihalarini,  hamda shu  ishlar 
bilan  bog'liq  bo'lgan  boshqa  loyihalarni  tuzish  va  amalga  oshirishni  o ‘z 
ichiga  oladi.  Bu  loyihalar  tarkibiga  yer  eroziyasini  to'xtatish  va  uning  oqi- 
batlarini  tugatishga,  yem ing  meliorativ  holatini  yaxshilashga,  ifloslanishiga 
va  qishloq  xo'jaligida  foydalanishdan  chiqib  qolishiga  qarshi  qaratilgan 
tadbirlar kiradi.
Fan  va texnika rivojlanishi  natijasida qishloq  xo'jaligi  sohasiga  yangi 
texnikalar,  texnologiyalar,  agrotexnika  va  mehnatni  tashkil  qilish  usullari, 
ekinlam ing  yangi  turlari  va  navlari,  qishloq  xo'jalik  hayvonlarining  yangi 
turlari  va  nasllari  kirib  kelaveradi.  Bu  esa  o 'z   navbatida  yerdan  va  boshqa 
ishlab  chiqarish  vositalaridan  unumli  foydalanish  maqsadida  yer  bilan 
ajralmas  bog'liq  bo'lgan  ishlab  chiqarish  vositalarini  (ariqlar.  yo'llar.  uylar, 
omborlar,  shiyponlar,  suv  inshootlari  va  boshq.)  to 'g 'ri joylashtirishni  talab 
qiladi.
Shunday 
qilib, 
yer 
tuzish 
davlatimizning  yer 
to'g'risidagi 
qonunlarini  hayotga  tadbiq  qilishga  qaratilgan  tadbirlar  tizimi  bo'lib,  u  yer 
va  yer  bilan  ajralmas  bog'liq  bo'lgan  ishlab  chiqarish  vositalaridan,  mehnat

resurslaridan  to'la,  oqilona  va  samarali  foydalanishga,  yemi  va  tabiatni  mu- 
hofaza qilishga qaratilgandir.
Yer  tuzish  ishlarining  tarkibi  asosan  xalq  xo'jaligi  tarmoqlarida  ish­
lab  chiqarishni  tashkil  qilish  talablaridan  kelib  chiqadi.  Hozirgi  davrda  yer 
tuzish  ishlari  quyidagi  asosiy  vazifalami  o 'z   ichiga oladi:
•  
topografiya,  geodeziya,  xaritashunoslik,  geobotanika,  tuproq  va 
boshqa yer luiish  uchun zarur izlanishlarni о ‘tkazish;
• 
respublikamizda  yerdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilish  Bosh 
chizmasini,  Qoraqalpog'iston  respublikasi,  viloyatlar  va  tumanlar  yer 
tuzish chizmalarini ishlash;
• 
y e m i muhofaza qilish va undan foydalanish loyihalarini tuzish;
• 
yangi  xo'jaliklarni  tashkil  qilish  va  m avjud xo'jaliklarning  yer  may- 
donlari  joylashuvidagi  kamchiliklarni  tugatish,  xo 'jaliklarga  yer  may- 
donlarini ajratish loyihalarini tuzish;
• 
x o ja likla rd a   (shu jum ladan  ijara  va  xususiy  xo'jaliklarda)  ichki yer 
tuzish loyihalarini  ishlash;
•  
tabiatni  muhofaza  qilishda  ahamiyati  katta  bo ‘Igan yer  maydonlarini 
aniqlash  va  и yerlarda  tabiatni  muhofaza qilishga qaratilgan  ishlarni  tash­
kil  qilish,  shuningdek,  tabiatning  xushmanzara joylarida  dam  olish  mas- 
kanlari va qo 'riqxonalar tashkil qilish  va boshq.
Yer  tuzish  ishlari  xalq  xo'jaligi  tarmoqlarida  va  qishloq  xo'jalik 
korxonalarida o'tkazilib,  yangi  yerlami  sug'orish  va  ulami  qishloq  xo'jaligi 
yerlariga  qo'shish,  ulaming  meliorativ  holatini  yaxshilash,  unumdorligini 
oshirish  va dehqonchilik  madaniyatini  ko'tarishga qaratilgandir.
Yer tuzish  oldiga qo'yilgan  vazifalami  inuvaffaqiyatli  bajarish  uchun
-  ilmiy  asosga  suvanishi,  o 'z   nazariyasiga  va  uslubiyatiga  ega  bo'lishi 
kerak.  Faqat  shundagina yer tuzish  tadbirlarini  to 'g 'ri  o'tkazish mumkin.
Ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  doi­
miy  rivojlanib  borishi  yer  tuzishning  va  u  to'g'risidagi  ilmiy  tushunchaning 
ham  doimiy  rivojlanib borishini  taqozo etadi.
Jamiyatning  yerdan  foydalanishni  tashkil  qilishning  samarali  usul- 
larini  topish  yo'lidagi  izlanishlari  yer  tuzish  fanining  paydo  bo'lishi  va  ri- 
vojlanishiga  sabab  bo'ldi.
Darslikni  yozishda  ko'plab  adabiyotlardan  va  boshqa  manbalardan  - 
yer  tuzish  va  chegaradosh  bilimlar  bo'yicha  monografiyalar  va  maqolalar, 
yer  tuzish  fanlari  bo'yicha  darsliklar  va  o'quv  qo'llanm alari,  m e’yoriy  huj- 
jatlar.  m a’lumotlar.  rasmiy  qoidalar,  ko'rsatm alar  va  davlat  standartlari, 
statistika  m a’lumotlari  va  sh.o'.  foydalanildi.  Ulaming  bir  qismi  matnda 
ko'rsatilgan  manbalar tarzida  va adabiyotlar ro'yxatida  keltirilgan.

I BOB
YER - TABIIY  RESURS  VA  ISHLAB CHIQARISH  VOSITASI 
I. 
Yer - tabiiy  resurs
Tabiiy  resurslar  -  bu  tabiiy  m uhitning  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivoj- 
lanishining  hozirgi  darajasida  odam lam ing  moddiy  va  m a'naviy  talablarini 
(mehnat  predmetlari  va  vositalari,  iste'm ol  predmetlari)  qondirish  uchun 
foydalanilayotgan  yoki  foydalanilishi  mumkin  bo'lgan  tarkibiy  element- 
laridir.
Tabiiy  resurslam ing  ulami  boshqa  tabiiy  sharoitlardan  (tabiat 
jismlari  va  kuchlari)  ajratib  turadigan  hamda  odam  uchun  ahamiyatli 
xususiyati  -  ulaming  moddiy  faoliyat jarayoniga  to 'g 'rid a n -to 'g 'ri jalb   etili- 
shidir.
Tabiiy  resurslar  ikki  yoqlama  xarakterga  ega.  O 'zining  moddiy 
shakli  bo'yicha  bu  rivojlanishi,  xususiyatlari  va  joylashishi  tabiat  qonu- 
niyatlariga  mos  tabiat  jism lari  va  kuchlaridir.  0 ‘zining  iqtisodiy  mazmuni 
bo'yicha esa  ular  iste’mol  qiy m at lari  hisoblanadi;  ulaming  foydaliligi  talab- 
lar va jam iyat  imkoniyatlarining rivojlanishi  bilan  aniqlanadi.
Vaqt  o'tishi  bilan  tabiiy  resurslam ing  mavjudligi  va  sifatining 
ahamiyati  oshib  boradi.  Rivojlanayotgan  ishlab  chiqarish  hududlami 
o'zlashtirish  hajmini  kengaytiradi.  Aholi  soni  va uning tabiiy  muhitga ta’siri 
to'xtovsiz o 'sib   boradi.
R o'y  berayotgan  o'zgarishlar ta ’sirida tabiiy  boyliklami  qayta tiklash 
va  ulardan  oqilona foydalanish,  atrof muhit ahvolini  yaxshilashning  ijtimoiy 
ahamiyati  va  aholining  barcha  guruhlari  manfaatlari  keskin  oshdi.  Tabiatni 
muhofaza  qilishni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  va  tabiiy  resurslar- 
dan  foydalanishni  tartibga  solish  uchun  o'tgan  asm ing  80-  yillari  oxirlarida 
bizning  davlatimizda  birinchi  marta  tabiatni  muhofaza  etish  va  undan 
oqilona  foydalanish  bo'yicha  davlat  organi  tashkil  etildi.  A trof muhitni  m u­
hofaza etish,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ulami qayta tiklash  bo'yicha 
uzoq  muddatlarga  m o'ljallangan  dasturlar  ishlab  chiqildi.  Butun  mintaqalar 
tabiiy  komplekslarini  sog'lom lashtirish  bo'yicha  aniq  tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda (Orol dengizi  va Orol  bo  yi  mintaqalari).
Inson  faoliyati  tabiiy  muhitga  to 'g 'rid a n -to 'g 'ri  ta'sir  etib,  uning 
o‘zgarishiga  olib  kelgani  uchun,  uning  tabiiy  elementlari  sun’iy  o b ’ektlar 
bilan to'ldiriladi  yoki  asta-sekin  almashtiriladi.
Odamlar  yashayotgan  hududlarda  buzilmagan  tabiiy  landshaftlami 
uchratish  qiyin.  O 'z   vaqtida  akademik  V.  I.  Vemadskiy  bashoratlaganidek, 
jam iyatning belgili  rivojlanish  bosqichida biosferaning  inson  o 'z  kuchi  bilan 
yashash  muhitiga aylantirgan  noosferaga aylanishi  yuz berdi.

Tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishning 
ijtimoiy-iqtisodiy  ahamiyati jam iyat  va  tabiatning  o ‘zaro  ta ’siridagi  qarama

qarshiliklam ing  kuchayishi, 
atrof  muhitga  antropogen  ta'sim ing 
m e’yordan  oshib  ketishi  bilan  bog‘liq  krizis  holatlarining  yuzaga  kelishi 
natijasida oshib  boradi.  Bu,  asosan,  odamlarning  ishlab  chiqarish,  harbiy  va 
boshqa faoliyatlarining nazoratsiz rivojlanishi  natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy  muhitning  ahamiyatli  tarkibiy  qismi  -  yer  resurslaridir.  U 
hududi,  iqlimi,  relefi,  tuproqlari  sifati,  gidrologik  sharoiti, 
0
‘simliklari  va 
boshqa  belgilari  bilan  tavsiflanadi,  xalq  xo'jaligi  ob'ektlarini  va aholini joy- 
lashtirish  uchun  kenglik  asos,  qishloq  va  o‘rmon  xo'jaliklarida  asosiy  ishlab 
chiqarish  vositasi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Yer  resurslaridan  foydalanish  suv 
manbalariga,  qazilma  boyliklar  zaxirasiga,  havo  basseyniga,  o'sim lik  va 
hayvonot dunyosiga to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri  ta ’sir etadi.
M amlakatimiz  yer  resurslaridan  oqilona,  ekologik  jihatdan  xavfsiz 
foydalanish  -  har  bir  fiiqaroning,  korxonaning va  butun jam iyatning  konsti- 
tutsiyaviy  burchi  hisoblanadi.  Qonun  yerdan  va  yer  osti  boyliklaridan,  suv 
resurslaridan,  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosidan  oqilona  foydalanish  va  uni 
muhofaza  qilish,  suvning  va  havoning  tozaligi  va  ulami  saqlash,  tabiiy 
boyliklarning  tiklanishini  ta ’minlash  bo‘yicha  barcha  zarur  choralami 
amalga oshirishni  talab etadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  yer  va  boshqa  tabiiy  re­
surslar  o‘sha  hududda  yashaydigan  xalqlar  hayoti  va  faoliyatining  asosi 
sifatida  foydalanilishi  va  muhofaza  etilishi  belgilab  qo'yilgan.  Tabiiy  re­
surslar  tarkibida  yer  ulaming  hududiy,  xo'jalik  va  ekologik  o'zaro 
bog'liqliklarini  va  o'zaro  munosabatlarini  ta'm inlovchi,  tabiatdan  foydala- 
nishning kenglik  asosi  sifatida  ajralib turadi.  Qonunchilik yem ing  unumdor- 
ligiga zarar yetkazishni taqiqlaydi.
Yer  tabiiy  muhitning  birlamchi  o'zgarm as  omillari jum lasiga  kiradi, 
suv  kengliklari,  yer  osti  boyliklari,  o ‘simlik,  hayvonot  dunyolari  esa 
o'zlarining joylashishlari  bo'yicha harakatlanuvchanlik  xarakteriga ega.

га  -f
к  §.
|  £
К  Ё
S ' сл
t/>
IA —
J ' S
8-1
S | i
B-B  1
3 •§• i
3   i .  j
i l
? f  5 
‘  §  3 
Is * 2 . f
g" S c
i  -г и
& s   ~
3
  а. ш 
?  3 c
tf.  g-O
•К З
3  -о  я  H 
в  K 5 “ 
li. R-oe  ?.
£ s   I I
III
o | i
и
  s
o. <  о 
в»  «л  s
1 1   s. 
s *   ■
£)  .O
R  в
— to
Э  3 
e. Z 
? £
o '
О.
EL
i.
К  H
И
2.J
e
:  ='
— Qo
l _
—■
  - « a
3  5s
С 
0 »
-I  or
ts>  —-
« 
'
r
I
f
I I .
o5,v<
5 1 :
CD  09  О
5. з.  э* 
5.3.%
| a  |
C
O
  v>'  —
 •
a   3  -^
1  < 
S .iS -.
& g
E.  ■
3  2
S - i
(/>
C_
О
§■
II
l l  
*  г:
CP
§•.< 
JS  BD
s. я
5' О
ft  2л'
i f  
” ■
  X
о
(__Л
e.
&
5’
(го
ES
о
7Г  Е
§   I .
90  сл
§  г
03  О
3  'S'*
с  “  “
2.  s   s  
?   s «
T
ab
iiy
 
re
su
rs
la
r, 
ula
rd
an
 
lo
yd
ala
n
ish
n
in

o'z
ig

xu

xu
su
siy
at
la
ri 
va 
ula

ta
rk
ib
id

ye
m
in


rn
i

O 'sim lik  qoplamasining  yo‘qolib  ketishi  yoki  keskin  o'zgarishi, 
hayvonlam ing hozirgi  sahro hududlaridagi  va abadiy  muzliklar mintaqalari- 
dagi  migratsiyasi  va  halokati  to'g'risidagi  ko‘plab  dalillar m a'lum .  Mineral 
xom  ashyo  va  yonilg‘iga  boy  bo‘lgan  konlam ing  zaxiralari  kamayadi,  suv 
resurslarining qayta taqsimlanishi  yuz beradi.
Ulardan  foydalanish  usullariga  va x o ‘jalik  oqibatlariga bogMiq holda 
tabiiy  resurslar tugaydigan  (qayta  tiklanadigan  va  qayta tiklanmaydigan)  va 
tugamaydigan  turlarga  boMinadi.  Yerga  tiklanishi  cheklangan  tabiiy  resurs 
sifatida qarash to ‘g ‘riroq b o ‘ladi  (1- jadval).
Yer  foydalanish jarayonida  har  xil  sferalarga  mansub  tabiiy  resurs- 
larni  birlashtiradi.  Uning  xo'jalikdagi  qimmati,  tabiiy  va  paydo  qilingan 
xususiyatlarining  oqilona  m ujassamlashtinlishi  va  foydalanilishidan  paydo 
bo'ladi  va  to ‘xtovsiz  o ‘sib  boradi.  Tabiiy  resurslam ing  o ‘zaro  aloqalarini 
o ‘rganish  atrof  muhit  mahsuldorligiga  va  foydaliligiga,  qayta  tiklanish 
imkoniyatiga,  ahvoliga  ijobiy  ta’sir etuvchi  tadbirlar majmuasini  ishlash  va 
amalga oshirish  uchun  zarur.
Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  yerga,  an’anaviy  tarzda,  inson  yordamisiz 
tabiat tomonidan  yetkazilgan  mehnat predmetlari to ‘plami  sifatida qaralgan. 
Shuning  uchun  am aliy  jihatdan  hamma  vaqt  tabiiy  muhitning  qandaydir 
elementidan  foydalanish  (qazilm a  boyliklar,  suvlar,  o'sim liklar  va  sh .o ‘.) 
yem ing  sifatiga  va  tuproq  unumdorligiga  bevosita  yoki  bilvosita  ta ’sir 
ko'rsatadi.
Yer  resurslarini  tiklanishi  cheklangan  tabiiy  resurslar  qatoriga 
kiritish  ikkita  sababdan kelib  chiqadi:  bir tomondan  kenglik,  hudud,  yem ing 
usti,  quruqlik  bilan  suv  nisbatining  xususiy  tarzdagi  lokal  o'zgarishlarini 
hisobga  olmaganda  qayta  tiklanmaydi;  boshqa  tomondan  -  yer  turlarining 
ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish,  yax- 
shilash, tiklash uchun  imkoniyatlar amaliy jihatdan cheksizdir.
"Yer - odam -  ishlab chiqarish"  tizimi  elementlarining oqilona o'zaro 
ta ’siri quyidagi prinsipial m asalalami  yechishni  taqozo etadi:
ishlab  chiqarishning  y er  resurslariga  salbiy  la 'sirini  ekologik  xavfsiz 
darajagacha kamaytirish;
ye r  resurslarining  sifai  xususiyatlarini 
ulardan  foydalanishda 
(ayniqsa,  qishloq xo'jaligida) m aksimal to  la hisobga olish;
odamlarning  moddiy  va  ijtimoiy  talabtarini  to'laroq  qondirish 
maqsadida yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish.
Tabiiy  resurslar  va  sharoitlar  y ig ‘indisi  yem ing  insoniyat  faoliyati- 
ning  har  xil  turlariga  mosligi  darajasini  aniqlaydi.  Ular  bilan  aholining  ijti­
moiy talablarini  qondirish  imkoniyatlari  ham  bevosita bog‘langan.
Tabiiy  muhit  omillari  qishloq  xo‘jaligida  asosiy  rol  o‘ynaydi.
O  zbekiston  yer  fondini  tabiiy  -  qishloq  xo‘jalik  rayonlariga  b o ‘lish

m a’lumotlariga asosan,  uning  95 %   hududi  issiq  va  quruq,  og‘ir  va  noqulay 
iqlimli  m intaqalarda  joylashgan.  Qolgan  5  %  esa  tog'  mintaqalarida  joy- 
lashgan.  Hududning  tabiiy  unumdorligi  juda  past.  Shuning  uchun  res- 
publikamizda  yerdan  dehqonchilikda foydalanish  sug‘orishga asoslangan.
Jamiyatning  to‘xtovsiz  o ‘sib  boruvchi  talablarini  qondirish  yer  re­
surslaridan  yuqori  intensivlikda  foydalanishga  olib  keladi.  Shuning  uchun 
tabiiy  majmualami  takomillashtirish  va  rivojlantirish,  ulaming  xo'jalik  qiy- 
matlarini  oshirish  maqsadida  atrof  muhit  omillarining  o'zaro  ta’sirlarini 
ilmiy  asosda amalga oshirish  kerak.
Qayta  tiklanmaydigan  mineral  resurslar  uchun  ulami  tejash  va  atrof 
muhitga  salbiy  ta ’sirini  cheklab.  to 'la   qayta  ishlash  prinsipial  ahamiyatga 
ega.  Qayta  tiklanadigan  resurslardan  foydalanishda  ulaming  foydaW  xusu­
siyatlarini  kengaytirilgan  qayta  ishlab  chiqarishda  va  berilgan  xarajatlarda 
son  va  sifat  ko'rinishida  eng  k o 'p   samara  olish  tamoyiliga  rioya  qilish 
kerak.
Yerdan  oqilona  foydalanishni,  mintaqaviy  tabiiy  tizim lam i  rivojlan- 
tirishga 
kompleks 
yondashishda 
uning 
ishonchli 
muhofazasini 
ta’minlashdan  ajratib  bo'lm aydi.  Yemi  himoyalash  tadbirlarining  maz:muni 
yerga  xo'jalik  ta ’sirining  kuchayishiga  mos  kelishi,  tuproqlar  unumdorligi- 
ning to'xtovsiz oshishiga yordam  berishi kerak.
Bizning  davlatimizda  uzoq  vaqtlargacha  yerdan  tekin  foydalanish 
tamoyili  amalda  bo'ldi,  yetishtirilgan  mahsulotning  asosiy  qismi  esa  davlat 
tomonidan  tasarruf etildi.  Bulaming  hammasi  xo'jalik  yuritishning  normal 
iqtisodiy  mexanizmi  yaratilishiga,  o b ’ektiv  baho  belgilashga  to'sqinlik 
qildi,  korxonalam ing  yerdan  oqilona  foydalanish  va  uni  m uhofaza  qilishdan 
m anfaatdorliklarini  susaytirdi.  Faqat  o'tgan  asm ing  70-  yillaridan  boshlab 
qishloq  xo'jaligining  unumdor  yerlari  noqishloq  xo'jalik  maqsadlari  uchun 
olinganda  qoplama  (kompensatsiya)  to'lana  boshladi,  biroq  ular  to 'la   haj- 
mida  to'lanm adi.  Hozirgi  O 'zbekiston  qonunchiligida  yerdan  va  boshqa 
tabiiy  resurslardan  foydalanish  uchun  yer  solig'i  va  ijara  haqi  shakllarida 
to'lovlar  ko'zda  tutilgan.  Yerlaming joylashgan  o'm i  va  tabiiy  unumdorli- 
gidagi  farqlar  natijasida  qishloq  xo'jaligida  paydo  bo'ladigan  diffyerensial 
yer  rentasini,  shu  jum ladan,  korxonalam ing  moliyaviy  vositalarini  yer  re- 
surslarini  qayta tiklash  va  muhofaza  qilish  uchun jalb  etish  maqsadida,  iloji 
boricha to'laroq hisobga olish  vazifasi  qo'yiladi.

Download 82.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling