T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva
Download 82.64 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VAZIRLIGI T O S H K E N T DAVLAT A G R A R U N IV E R SIT E T I S. AVEZBA Y EV , T. KARABAYEVA YER TUZISH
- I BOB YER - TABIIY RESURS VA ISHLAB CHIQARISH VOSITASI I. Yer - tabiiy resurs
O 'Z B E K IS T O N R E S P U B L 1K A S IQ IS H L O Q VA SUV X O ‘JA L IG I VAZIRLIGI T O S H K E N T DAVLAT A G R A R U N IV E R SIT E T I S. AVEZBA Y EV , T. KARABAYEVA YER TUZISH O ‘zbekiston Respublikasi oliy о 'quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan OO'Yu исИин darslik sifatida tavsiya etilgan T O S H K E N T - 2005 Б Б К ........... А...:.;.;..:..... UDK 631.111:711(075.8) TaqrizchUar: В. В. B ER K IN O V - iqtisod fanlari doktori, professor О. R. RA M AZANOV -q is h lo q xo‘jalik fanlari doktori, professor A v e z b a y e v S ., k a r a b a y e v a Г. Y e r tu z is h - Т.: T o sh D A U n a sh r-ta h ririy a t b o 'lim i, 2 0 0 5 . - 3 0 5 b . D a rslik "Y e r tu z is h '1 fa m n in g d a stu rig a m o s t a f td a 0 ‘z b e k isto n R e s-p u b lik a si y er lo ’g 'r is id a g i q o n u n c h ilig id a y u z b c rg a n o x irg i o z g a r i s h l a m i va o ’tk a z ila y o lg a n y e r islo h o tin i h is o b g a o lg a n h o ld a ta y y o rla n d i. U n d a v er lu z is h n in g u m u m iy n a za riy asi v a u slu b iy a so s la rin - in g n v o jla n is h q o n u -n iy a tla ri b a y o n e tilg a n Y er tu z ish m a q sa d i v a v a zifa lari, u n in g tu rla ri v a y e r tu z ish lo y ih a la ri o rq a li a m a lg a o s h irila d ig a n y e rla rd a n fo y d a la n ish n i v a u la m i m u h o fa z a q ilish n i ta sh k il e tis h n in g aso siy m a sa la la rin i y e ch ish u su llari k e ltirilg an . O liy o ‘q u v y u rtla rin in g ''A g ro k im y o va a g ro tu p ro q s h u n o s lik " , "A g ro n o m iy a (d e h q o n - c h ilik m a h su lo tla ri b o 'y ic h a )" . " O 's im lik la r h im o y a si" va " Q ish lo q x o 'j a lik e k in la ri u r u g 'c h ilig i va se le k siy a si" . "F e rm e r x o 'ja J ig in i b o sh q a rish " v a b o sliq a q is h lo q va su v x o 'j a l ’ u ch u n b a k a la v rla r ta v y o rla sh yo n a lis h la rid a ta 'lim o la y o tg a n ta la b a la rg a m o 'lja lla n g a n . @ O 'R O O 'Y IU B G 'M Q T o sh D A U la h ririy a t n a sh riy o t b o 'lim i. 2005. K1RISH Yer jamiyat boyligining manbai, insoniyat uchun moddiy boyliklar yaratish va ishlab chiqarishni xom ashyo bilan ta ’minlashning tabiiy ne- gizidir. Moddiy boyliklami ishlab chiqarish jarayonida yer asos (bazis) va ishlab chiqarish vositasi sifatida qatnashadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yem ing ahamiyati judayam katta. Bu sohada yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Umuman olganda, ishlab chiqarish jarayoni va insoniyatning hayoti yer va undan foydalanish bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham yem i asrash va undan oqilona foydalanish insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yer tabiat mahsuli bo‘lib, tabiatning asosiy qismlaridan biridir. Uning bag'rida juda katta qazilm a boyliklar xazinalari mavjud. Hayot uchun zarur boMgan suv ham yer bilan bog'liq va uning bir bo‘lagidir. Tabiatning butunligini, hamma qismlarining bir-biri bilan uzviy bog'liqligini hisobga olsak, yerdan foydalanish jarayonida tabiatning boshqa qism lariga ham ta'sir qilishimizni tushunib olish qiyin emas. Demak, biz yerdan foydalanish deganda tabiatning yer bilan b o g ‘liq bo'lgan boshqa resurslaridan (suv, havo, quyosh energiyasi va boshq.) ham foydalanishni tushunishimiz kerak. Respublikamiz yer resurslari 44,4 mln gektami tashkil etadi. Shun- dan 50,9% qishloq xo'jaligi uchun ajratilgan. Arid iqlim sharoiti respub- likamizda qishloq xo'jaligi faqat sug'orm a dehqonchilik asosidagina rivoj- lanishi mumkinligini taqozo etadi. Suv resurslarining cheklanganligini hi sobga olsak, sug’oriladigan yerlaming qadr-qimmati qanchalik yuqoriligini tasavvur etish qiyin emas. Sug'oriladigan yerlar Respublikamiz yer fondining atigi 9,5% ini tashkil etadi. Asosan cho‘l va sahro mintaqalarida joylashgan tabiiy yaylov- laming hosildorligi juda pastligi, qishloq x o ‘jaligida foydalanilayotgan yer laming qisman sho rlanganligi, tuproq eroziyasiga uchraganligi va boshqa tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi jarayonlam ing paydo bo'layotganligi respublikamiz yer fondidan samarali foydalanishni tashkil etish masalasining dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. Yer va suv resurslarining cheklanganligi, aholi sonining doimiy o 'sib borishi yerga nisbatan tejamkorlik munosabatida bo'lish, undan oqilona, to 'la va samarali foydalanish zaruriyatini jam iyat oldiga qo‘yadi. Yerdan foydalanish ishlari tabiatda mavjud tabiiy muvozanat buzilishiga olib kel- masligi kerak. Yerdan foydalanishni tashkil qilish va bu jarayonni doimiy ravishda takom illashtirib borish qiyin masala bo'lib, u yem i xalq xo'jaligi tarmoqlari orasida taqsimlash, unumdor yerlami imkoni boricha qishloq xo'jaligi uchun ajratish va undan to 'la foydalanish, haydaladigan va sug'oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, yem ing hosildorligini doimiy ravishda oshirib borish, tuproq eroziyasiga va unumdorlikni pasaytiruvchi boshqa omillarga qarshi kurashishni o 'z ichiga oladi. Doimiy o ‘sib boruvchi sanoat, uy-joy va boshqa qurilishlar, yangi shaharlar barpo etilishi va eski shaharlar kengayishi hamda boshqa aholi yashaydigan joylar uchun yer ajratish ehtiyoji yer munosabatlarini qonunlar asosida doimiy takomillashtirib borishni talab qiladi. Yer fondidan foy dalanishni boshqarish va nazorat qilish, yer munosabatlarini takomillashti- rish, umuman davlatimizning agrar siyosatini amalga oshirish Davlat yer tuzish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Yer tuzish O 'zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi" asosida olib boriladi. U yerdan foydalanish to ‘g‘risidagi qonunlar va hukumatimiz qarorlarining amalga oshirilishini ta ’minlovchi davlat tadbirlari tizimi hisoblanib, xalq xo'jaligi tarmoqlari orasida va tarm oqlar ichida olib bori ladi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi sohasida yer tuzish ishlarining ahamiyati ju d a katta. Bu sohada yangi qishloq xo'jalik korxonalarini tashkil qilish, eskilarini takomillashtirish va ulam ing yer maydonlarini tashkil qilish ish- lari ilmiy asoslangan loyihalar tuzishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtga kelib, davlatimizda yer tuzish ishlari tizimi respub likamiz yerlaridan foydalanishning Bosh chizmasini (ilmiy asoslangan bashorat tarzida), viloyatlar va tumanlar yer tuzish chizmalarini, xo'jaliklararo va xo' jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini, hamda shu ishlar bilan bog'liq bo'lgan boshqa loyihalarni tuzish va amalga oshirishni o ‘z ichiga oladi. Bu loyihalar tarkibiga yer eroziyasini to'xtatish va uning oqi- batlarini tugatishga, yem ing meliorativ holatini yaxshilashga, ifloslanishiga va qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib qolishiga qarshi qaratilgan tadbirlar kiradi. Fan va texnika rivojlanishi natijasida qishloq xo'jaligi sohasiga yangi texnikalar, texnologiyalar, agrotexnika va mehnatni tashkil qilish usullari, ekinlam ing yangi turlari va navlari, qishloq xo'jalik hayvonlarining yangi turlari va nasllari kirib kelaveradi. Bu esa o 'z navbatida yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalanish maqsadida yer bilan ajralmas bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish vositalarini (ariqlar. yo'llar. uylar, omborlar, shiyponlar, suv inshootlari va boshq.) to 'g 'ri joylashtirishni talab qiladi. Shunday qilib, yer tuzish davlatimizning yer to'g'risidagi qonunlarini hayotga tadbiq qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo'lib, u yer va yer bilan ajralmas bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat resurslaridan to'la, oqilona va samarali foydalanishga, yemi va tabiatni mu- hofaza qilishga qaratilgandir. Yer tuzish ishlarining tarkibi asosan xalq xo'jaligi tarmoqlarida ish lab chiqarishni tashkil qilish talablaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrda yer tuzish ishlari quyidagi asosiy vazifalami o 'z ichiga oladi: • topografiya, geodeziya, xaritashunoslik, geobotanika, tuproq va boshqa yer luiish uchun zarur izlanishlarni о ‘tkazish; • respublikamizda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh chizmasini, Qoraqalpog'iston respublikasi, viloyatlar va tumanlar yer tuzish chizmalarini ishlash; • y e m i muhofaza qilish va undan foydalanish loyihalarini tuzish; • yangi xo'jaliklarni tashkil qilish va m avjud xo'jaliklarning yer may- donlari joylashuvidagi kamchiliklarni tugatish, xo 'jaliklarga yer may- donlarini ajratish loyihalarini tuzish; • x o ja likla rd a (shu jum ladan ijara va xususiy xo'jaliklarda) ichki yer tuzish loyihalarini ishlash; • tabiatni muhofaza qilishda ahamiyati katta bo ‘Igan yer maydonlarini aniqlash va и yerlarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni tash kil qilish, shuningdek, tabiatning xushmanzara joylarida dam olish mas- kanlari va qo 'riqxonalar tashkil qilish va boshq. Yer tuzish ishlari xalq xo'jaligi tarmoqlarida va qishloq xo'jalik korxonalarida o'tkazilib, yangi yerlami sug'orish va ulami qishloq xo'jaligi yerlariga qo'shish, ulaming meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish va dehqonchilik madaniyatini ko'tarishga qaratilgandir. Yer tuzish oldiga qo'yilgan vazifalami inuvaffaqiyatli bajarish uchun - ilmiy asosga suvanishi, o 'z nazariyasiga va uslubiyatiga ega bo'lishi kerak. Faqat shundagina yer tuzish tadbirlarini to 'g 'ri o'tkazish mumkin. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining doi miy rivojlanib borishi yer tuzishning va u to'g'risidagi ilmiy tushunchaning ham doimiy rivojlanib borishini taqozo etadi. Jamiyatning yerdan foydalanishni tashkil qilishning samarali usul- larini topish yo'lidagi izlanishlari yer tuzish fanining paydo bo'lishi va ri- vojlanishiga sabab bo'ldi. Darslikni yozishda ko'plab adabiyotlardan va boshqa manbalardan - yer tuzish va chegaradosh bilimlar bo'yicha monografiyalar va maqolalar, yer tuzish fanlari bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanm alari, m e’yoriy huj- jatlar. m a’lumotlar. rasmiy qoidalar, ko'rsatm alar va davlat standartlari, statistika m a’lumotlari va sh.o'. foydalanildi. Ulaming bir qismi matnda ko'rsatilgan manbalar tarzida va adabiyotlar ro'yxatida keltirilgan. I BOB YER - TABIIY RESURS VA ISHLAB CHIQARISH VOSITASI I. Yer - tabiiy resurs Tabiiy resurslar - bu tabiiy m uhitning ishlab chiqarish kuchlari rivoj- lanishining hozirgi darajasida odam lam ing moddiy va m a'naviy talablarini (mehnat predmetlari va vositalari, iste'm ol predmetlari) qondirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo'lgan tarkibiy element- laridir. Tabiiy resurslam ing ulami boshqa tabiiy sharoitlardan (tabiat jismlari va kuchlari) ajratib turadigan hamda odam uchun ahamiyatli xususiyati - ulaming moddiy faoliyat jarayoniga to 'g 'rid a n -to 'g 'ri jalb etili- shidir. Tabiiy resurslar ikki yoqlama xarakterga ega. O 'zining moddiy shakli bo'yicha bu rivojlanishi, xususiyatlari va joylashishi tabiat qonu- niyatlariga mos tabiat jism lari va kuchlaridir. 0 ‘zining iqtisodiy mazmuni bo'yicha esa ular iste’mol qiy m at lari hisoblanadi; ulaming foydaliligi talab- lar va jam iyat imkoniyatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi. Vaqt o'tishi bilan tabiiy resurslam ing mavjudligi va sifatining ahamiyati oshib boradi. Rivojlanayotgan ishlab chiqarish hududlami o'zlashtirish hajmini kengaytiradi. Aholi soni va uning tabiiy muhitga ta’siri to'xtovsiz o 'sib boradi. R o'y berayotgan o'zgarishlar ta ’sirida tabiiy boyliklami qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish, atrof muhit ahvolini yaxshilashning ijtimoiy ahamiyati va aholining barcha guruhlari manfaatlari keskin oshdi. Tabiatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish va tabiiy resurslar- dan foydalanishni tartibga solish uchun o'tgan asm ing 80- yillari oxirlarida bizning davlatimizda birinchi marta tabiatni muhofaza etish va undan oqilona foydalanish bo'yicha davlat organi tashkil etildi. A trof muhitni m u hofaza etish, tabiiy resurslardan foydalanish va ulami qayta tiklash bo'yicha uzoq muddatlarga m o'ljallangan dasturlar ishlab chiqildi. Butun mintaqalar tabiiy komplekslarini sog'lom lashtirish bo'yicha aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda (Orol dengizi va Orol bo yi mintaqalari). Inson faoliyati tabiiy muhitga to 'g 'rid a n -to 'g 'ri ta'sir etib, uning o‘zgarishiga olib kelgani uchun, uning tabiiy elementlari sun’iy o b ’ektlar bilan to'ldiriladi yoki asta-sekin almashtiriladi. Odamlar yashayotgan hududlarda buzilmagan tabiiy landshaftlami uchratish qiyin. O 'z vaqtida akademik V. I. Vemadskiy bashoratlaganidek, jam iyatning belgili rivojlanish bosqichida biosferaning inson o 'z kuchi bilan yashash muhitiga aylantirgan noosferaga aylanishi yuz berdi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati jam iyat va tabiatning o ‘zaro ta ’siridagi qarama - qarshiliklam ing kuchayishi, atrof muhitga antropogen ta'sim ing m e’yordan oshib ketishi bilan bog‘liq krizis holatlarining yuzaga kelishi natijasida oshib boradi. Bu, asosan, odamlarning ishlab chiqarish, harbiy va boshqa faoliyatlarining nazoratsiz rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Tabiiy muhitning ahamiyatli tarkibiy qismi - yer resurslaridir. U hududi, iqlimi, relefi, tuproqlari sifati, gidrologik sharoiti, 0 ‘simliklari va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi, xalq xo'jaligi ob'ektlarini va aholini joy- lashtirish uchun kenglik asos, qishloq va o‘rmon xo'jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yer resurslaridan foydalanish suv manbalariga, qazilma boyliklar zaxirasiga, havo basseyniga, o'sim lik va hayvonot dunyosiga to ‘g ‘ridan-to‘g‘ri ta ’sir etadi. M amlakatimiz yer resurslaridan oqilona, ekologik jihatdan xavfsiz foydalanish - har bir fiiqaroning, korxonaning va butun jam iyatning konsti- tutsiyaviy burchi hisoblanadi. Qonun yerdan va yer osti boyliklaridan, suv resurslaridan, o ‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, suvning va havoning tozaligi va ulami saqlash, tabiiy boyliklarning tiklanishini ta ’minlash bo‘yicha barcha zarur choralami amalga oshirishni talab etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va boshqa tabiiy re surslar o‘sha hududda yashaydigan xalqlar hayoti va faoliyatining asosi sifatida foydalanilishi va muhofaza etilishi belgilab qo'yilgan. Tabiiy re surslar tarkibida yer ulaming hududiy, xo'jalik va ekologik o'zaro bog'liqliklarini va o'zaro munosabatlarini ta'm inlovchi, tabiatdan foydala- nishning kenglik asosi sifatida ajralib turadi. Qonunchilik yem ing unumdor- ligiga zarar yetkazishni taqiqlaydi. Yer tabiiy muhitning birlamchi o'zgarm as omillari jum lasiga kiradi, suv kengliklari, yer osti boyliklari, o ‘simlik, hayvonot dunyolari esa o'zlarining joylashishlari bo'yicha harakatlanuvchanlik xarakteriga ega. га -f к §. | £ К Ё S ' сл t/> IA — J ' S 8-1 S | i B-B 1 3 •§• i 3 i . j i l ? f 5 ‘ § 3 Is * 2 . f g" S c i -г и & s ~ 3 а. ш ? 3 c tf. g-O •К З 3 -о я H в K 5 “ li. R-oe ?. £ s I I III o | i и s o. < о в» «л s 1 1 s. s * ■ £) .O R в — to Э 3 e. Z ? £ o ' О. EL i. К H И 2.J e : =' — Qo l _ —■ 3 5s С 0 » -I or ts> —- « ' r I f I I . o5,v< 5 1 : CD 09 О 5. з. э* 5.3.% | a | C O v>' — • a 3 -^ - 1 < S .iS -. & g E. ■ 3 2 S - i (/> C_ О §■ II l l * г: CP §•.< JS BD s. я 5' О ft 2л' i f ” ■ X о (__Л e. & 5’ (го ES о 7Г Е § I . 90 сл § г 03 О 3 'S'* с “ “ 2. s s ? s « T ab iiy re su rs la r, ula rd an lo yd ala n ish n in g o'z ig a xu s xu su siy at la ri va ula r ta rk ib id a ye m in g o rn i O 'sim lik qoplamasining yo‘qolib ketishi yoki keskin o'zgarishi, hayvonlam ing hozirgi sahro hududlaridagi va abadiy muzliklar mintaqalari- dagi migratsiyasi va halokati to'g'risidagi ko‘plab dalillar m a'lum . Mineral xom ashyo va yonilg‘iga boy bo‘lgan konlam ing zaxiralari kamayadi, suv resurslarining qayta taqsimlanishi yuz beradi. Ulardan foydalanish usullariga va x o ‘jalik oqibatlariga bogMiq holda tabiiy resurslar tugaydigan (qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan) va tugamaydigan turlarga boMinadi. Yerga tiklanishi cheklangan tabiiy resurs sifatida qarash to ‘g ‘riroq b o ‘ladi (1- jadval). Yer foydalanish jarayonida har xil sferalarga mansub tabiiy resurs- larni birlashtiradi. Uning xo'jalikdagi qimmati, tabiiy va paydo qilingan xususiyatlarining oqilona m ujassamlashtinlishi va foydalanilishidan paydo bo'ladi va to ‘xtovsiz o ‘sib boradi. Tabiiy resurslam ing o ‘zaro aloqalarini o ‘rganish atrof muhit mahsuldorligiga va foydaliligiga, qayta tiklanish imkoniyatiga, ahvoliga ijobiy ta’sir etuvchi tadbirlar majmuasini ishlash va amalga oshirish uchun zarur. Iqtisodiy nuqtai nazardan yerga, an’anaviy tarzda, inson yordamisiz tabiat tomonidan yetkazilgan mehnat predmetlari to ‘plami sifatida qaralgan. Shuning uchun am aliy jihatdan hamma vaqt tabiiy muhitning qandaydir elementidan foydalanish (qazilm a boyliklar, suvlar, o'sim liklar va sh .o ‘.) yem ing sifatiga va tuproq unumdorligiga bevosita yoki bilvosita ta ’sir ko'rsatadi. Yer resurslarini tiklanishi cheklangan tabiiy resurslar qatoriga kiritish ikkita sababdan kelib chiqadi: bir tomondan kenglik, hudud, yem ing usti, quruqlik bilan suv nisbatining xususiy tarzdagi lokal o'zgarishlarini hisobga olmaganda qayta tiklanmaydi; boshqa tomondan - yer turlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, yax- shilash, tiklash uchun imkoniyatlar amaliy jihatdan cheksizdir. "Yer - odam - ishlab chiqarish" tizimi elementlarining oqilona o'zaro ta ’siri quyidagi prinsipial m asalalami yechishni taqozo etadi: ishlab chiqarishning y er resurslariga salbiy la 'sirini ekologik xavfsiz darajagacha kamaytirish; ye r resurslarining sifai xususiyatlarini ulardan foydalanishda (ayniqsa, qishloq xo'jaligida) m aksimal to la hisobga olish; odamlarning moddiy va ijtimoiy talabtarini to'laroq qondirish maqsadida yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish. Tabiiy resurslar va sharoitlar y ig ‘indisi yem ing insoniyat faoliyati- ning har xil turlariga mosligi darajasini aniqlaydi. Ular bilan aholining ijti moiy talablarini qondirish imkoniyatlari ham bevosita bog‘langan. Tabiiy muhit omillari qishloq xo‘jaligida asosiy rol o‘ynaydi. O zbekiston yer fondini tabiiy - qishloq xo‘jalik rayonlariga b o ‘lish m a’lumotlariga asosan, uning 95 % hududi issiq va quruq, og‘ir va noqulay iqlimli m intaqalarda joylashgan. Qolgan 5 % esa tog' mintaqalarida joy- lashgan. Hududning tabiiy unumdorligi juda past. Shuning uchun res- publikamizda yerdan dehqonchilikda foydalanish sug‘orishga asoslangan. Jamiyatning to‘xtovsiz o ‘sib boruvchi talablarini qondirish yer re surslaridan yuqori intensivlikda foydalanishga olib keladi. Shuning uchun tabiiy majmualami takomillashtirish va rivojlantirish, ulaming xo'jalik qiy- matlarini oshirish maqsadida atrof muhit omillarining o'zaro ta’sirlarini ilmiy asosda amalga oshirish kerak. Qayta tiklanmaydigan mineral resurslar uchun ulami tejash va atrof muhitga salbiy ta ’sirini cheklab. to 'la qayta ishlash prinsipial ahamiyatga ega. Qayta tiklanadigan resurslardan foydalanishda ulaming foydaW xusu siyatlarini kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishda va berilgan xarajatlarda son va sifat ko'rinishida eng k o 'p samara olish tamoyiliga rioya qilish kerak. Yerdan oqilona foydalanishni, mintaqaviy tabiiy tizim lam i rivojlan- tirishga kompleks yondashishda uning ishonchli muhofazasini ta’minlashdan ajratib bo'lm aydi. Yemi himoyalash tadbirlarining maz:muni yerga xo'jalik ta ’sirining kuchayishiga mos kelishi, tuproqlar unumdorligi- ning to'xtovsiz oshishiga yordam berishi kerak. Bizning davlatimizda uzoq vaqtlargacha yerdan tekin foydalanish tamoyili amalda bo'ldi, yetishtirilgan mahsulotning asosiy qismi esa davlat tomonidan tasarruf etildi. Bulaming hammasi xo'jalik yuritishning normal iqtisodiy mexanizmi yaratilishiga, o b ’ektiv baho belgilashga to'sqinlik qildi, korxonalam ing yerdan oqilona foydalanish va uni m uhofaza qilishdan m anfaatdorliklarini susaytirdi. Faqat o'tgan asm ing 70- yillaridan boshlab qishloq xo'jaligining unumdor yerlari noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun olinganda qoplama (kompensatsiya) to'lana boshladi, biroq ular to 'la haj- mida to'lanm adi. Hozirgi O 'zbekiston qonunchiligida yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun yer solig'i va ijara haqi shakllarida to'lovlar ko'zda tutilgan. Yerlaming joylashgan o'm i va tabiiy unumdorli- gidagi farqlar natijasida qishloq xo'jaligida paydo bo'ladigan diffyerensial yer rentasini, shu jum ladan, korxonalam ing moliyaviy vositalarini yer re- surslarini qayta tiklash va muhofaza qilish uchun jalb etish maqsadida, iloji boricha to'laroq hisobga olish vazifasi qo'yiladi. Download 82.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling