T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I
Download 40.61 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy bashorat bu kundaiik hayotda uchrab turadigan, turmush tarzidan kelib chiqadigan bashoratdir.
- Induktiv bashorat ko‘proq faraz qilish bilan bogiiqdir.
- Aql ham ob‘ektiv olam to ‘g ‘risidagi bilimdir.
- Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida
- Navro‘zi olam yakshanba kuni
- NavioV i olam dusbanha kuni
- Navro‘zi olam seshanba kuni
- Navro‘zi Olam chahorshanba (chorshanba) kuni
- N avro‘zi olam panjshanba kuni
- Navro‘zi olam juma kuni
- Navro‘zi olam shanba kuni
- Tayanch tushuncha va iboralar
- V II bob. ILMIY TADQIQOT VA IJOD TIZIM IDA DALIL (FAKT) Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Daiil turlari
- Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib boimaydigan narsa va bodisalar haqidagi bilimlar niajmuasi.
- Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o ‘rni va ahamiyati
Bashoratning turlari: 1. Oddiy, 2. Induktiv, 3. Diniy, 4. Ilmiy bashoratlardir. 1 O. Fayzullayev.Falsafa va fanlar metodologiyasi. Т., 2006 у. 50-bet. 101 Oddiy bashorat bu kundaiik hayotda uchrab turadigan, turmush tarzidan kelib chiqadigan bashoratdir. O ddiy bashoratlarda tafakkur orqali isbot talab qilm aydigan oddiy jarayonlar haqida fikr yuritiladi. M asalan, b a h o rn in g kelishi, kelajakda m ev a-ch ev alarn in g m o ‘1 b o ‘lishidan dalolatdir. D em ak, inson o ‘z tafakkuri orqali kelajakni o ‘z zamoni bilan b o giab xulosa qiladi. Bu xulosa to ‘g‘ri chiqadi. Bashorat turlari ehtiyojga bog'liq. Induktiv bashorat ko‘proq faraz qilish bilan bogiiqdir. A m m o faraz ham insonning aql-zakovati, idrok qilishi bilan b o g iiq . Aql esa, inson ruhining yuksak darajada takom illashuvi va uning nam oyon b o ‘lishidir. Aql inson miyasining mahsuli. Ana shu aql barchada b o is a - da, a m m o b ir-b irid a n farq qiladi. B a’zilar aqllarini am aliy o td a charxlasalar, bo shqalar fan orqali rivojlantiradilar. A yrim lar turm ush tarzidan foydalanadilar. Aql ham ob‘ektiv olam to ‘g ‘risidagi bilimdir. D em ak, intuitsiyada aql va farosat yetakchi o'ringa ega. Diniy bashorat esa insonlar va butun olam faoliyatiga bag‘ishlangan. U kelajakni aytib berishga qaratilgandir. Diniy bashorat payg‘am barlar va Alloh nom i bilan bog‘langan. T o ‘g ‘ri, payg‘am barlar A llohdan kelgan vahiylar orqali bashorat qilsalar-da, ular ham b ashoratlam i voqelik bilan b og iag an lar. M asalan, Im om Ismoil Buxoriyning hadisi shariflarida shunday voqea haqida fikr yuritiladi: «Anas Ibn M olik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «M akka ahli Rasulullohu alayhi va sa lla m d a n (p a y g ‘a m b a r ek an lik la rin in g isbo ti u c h u n ) m o ‘jiz a ko‘rsatm oqliklarini talab qildi. Shunda ul zot oyni ikkiga b o iib ko‘rsatdilar, h atto od am lar H iro‘ to g in i oyning ikki b o ia g i orasida ko‘rishdi (ya’ni, b ir b o ‘lagi tog‘ning u tom onida va ikkinchi b o ia g i tog'ning bu to m o n id a turdi) ». Ko‘rib turibm izki, bu diniy bashorat talab asosida zaruriyatdan kelib chiqqan holda am alga oshirilgan. Qiyom at kunlari haqidagi fikrlar ham diniy bashoratdir. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida Oldindan ko'rishda obyektiv zaruriy shart-sharoitlar kifoya qilmaydi. Yuqorida t a ’kidlaganim izdek, ijodkor oldindan obyekt rivojini aytib berish qonuniyatlariga asoslangan nazariyani ham e ’tibordan chetda qoldirm asligi kerak. Shu sababli ham , ilmiy bashorat deganda, kelajakdagi hodisalar, narsalar rivojini, oqibatlarini, xususiyatlarini 102 oldindan aytib berish imkoniyatini lushunish kerak. Ayniqsa, ijod jarayonida ilmiy bashorat ilmiy dalillarga ichki va tashqi shart-sharoitlaiga q a t’iy rioya qilingan holda am alga oshiriladi. Aks holda ilmiy bashorat quruq gap b o 'lib qolaveradi. C h u n o n ch i, nazariya ham obyektiv realUkni to ‘g ‘ri aks ettirgan b o ‘lishi lozim. Shundagina ilmiy bashorat ijod shakli sifatida shakllanadi. Ijodda ilmiy bashorat ham bilishning o ‘ziga xos shaklidir. Sababi, unda ham turli m anbalar, axborotlar haqida fikr yuritiladi. T a ’kidlash kerakki, ilmiy bashorat ijod jarayonida ehtim ollikni inkor etm asdan balki unga yaqin turadi. Z ero, bilish jarayoni hali rivojlanm agan holatni bilishga chorlaydi. Ilmiy bashorat tabiat, jam iyat to ‘g‘risidagi ilmiy bilim ni har tom onlam a tahlil qilib, insonni bilim bilan boyitadi. U nutm aslik kerakki, ilmiy ijodda ilmiy bashorat m a ’lum dan n o m a ’lum ni ham keltirib chiqaradi. D em ak, unda, ilm iy ijod jaray o n id a ilm iy bashorat am alga oshiriladigan ta d q iq o tla rn in g x ilm a -x illig id a n kelib ch iq ib ish tu tish kerak. Binobarin, bashorat o‘ta aniqlikni talab qilmasa-da, shu aniqlik atrofida fikr yuritadi va ilmiy ijodga o ‘z hissasini qo‘shadi. Ilmiy bashorat evristik xarakterga ega. Shu sababli ham ilmiy bashoratni e ’tirof etadilar. Olam cheksiz b o ig a n id ek , bashorat chegarasi ham cheksizdir. Yana shunday bashoratlar borki, m asalan, fazodagi sayyoralaming joylashuvi, holati, taassurotini o ‘rganib ham fikr bildirganlar. Xoja Ali Term iziy o ‘zining “N av ro ‘zn o m a” risolasida N avro‘zni haftaning qaysi kuni kirsa, o ‘sha yili qanday voqealar sodir b o ‘lishini bayon qilgan b o ‘lsa, “ S oln om a” asarida esa N avro‘zning qaysi m uchal yili kirsa, qanday hodisalar ro‘y berishini bayon qilgan. Biz bu yerda “ N av ro ‘z n o m a”dan Xoja Ali Term iziyning bashoratlarini qanday yozilgan b o ‘lsa, shundayligicha keltiramiz: “Agar Navro‘zi olam yakshanba kuni dohil b o ‘lsa (kirsa), Shams (Q uyosh)ga taalluqli b o iu r . U1 sol (yil) n e ’m atlar ko‘p b o ‘lib, to ‘qliq b o ‘lg‘ay, fitna va yom onlik oz b o ‘lgay, g ‘o ‘zalarga yaxshi b o ‘lg‘ay, tog‘lardagi polizlar va ekinlar yaxshi b o ‘lg‘ay va dehqonlam ing ekinlari bitkay. Yilni avvalinda arzoni (arzonchilik) b o ‘lg‘ay, oxirinda andak qim m atli (qim m atchilik) b o ‘lg‘ay, am m o tez o ‘tgay. Xalq orasida m uholifatchilik (qaram a-qarshilik) bisyor b o ‘lg‘ay. Xaloyiq orasida vabo b o ‘lg‘ay. Va m ashriq tarafidin andak fitna va xovfi xunrezi (qon to ‘kish) b o ‘lgay va og‘irlik oxiri baxayr b o ‘lg‘ay, Ekinlam i ertaroq ekm oq kerak. Vallohu a ’lam bissavob. 103 Agar NavioV i olam dusbanha kuni dohil b o ls a , Q am ar (Oy)ga taalluqli b o ‘lg‘ay. U1 yil to 'q liq b o lg 'a y , n e ’m atlar ko‘p b o ‘lg‘ay, yom g‘ir k o 'p yoqg‘ay. Podshohlarga andak xavflik b o ig a y va b a ’zi savdogarlar holi zaif bo 1 g ‘ay. G ‘o ‘za ekin yaxshi b o ig ay . K unjut, tariq q o ‘noq m iyona (o ‘rtacha) b o lg 'a y , qor-yom g‘ir yilning avvalinda boigay. T ogiarda va Iroqda zilzila boigay. Va ba’zi polizlaiga ofat yetgay. Va b a ’ziga davlat b o lu r . A m m o b u g ‘doy shirin b o lu r , tez o ‘tgay, savdogarlik basta (yom on) b o ig a y . Bu yil zaiflam ing ahvoli xo‘b b o ‘lg‘ay. A m m o kattalarga bisyor m ansabdorlik b o lg ay lar. V allohu a ’lam bissavob. Agar Navro‘zi olam seshanba kuni dohil b o ls a , M irrihga (M arsga) taalluqli b o lu r. U1 yil farah (shodlik)lik b o ‘lgay va kundan-kun taom lar ko ‘p b o ig ay , chahorpolar (hayvonlar)ga m a’murchilik b oigay. A m m o od am lar orasida janjal k o 'p b o ig a y . M ashriq tarafning podshohiga tashvish k o ‘p yetkay. U1 yil ekinlarni erta eksa, yaxshi b o ‘lgay, kechiga ofat tekgay va m evalar oz b o ig a y . Yil oxirida sel k o ‘p b o ig a y , ul yil yom g‘ir kam b o ig a y . Bu yilda ham n e ’m at ko‘p b o ig a y va narxlar arzon b o ig a y , va giyohlar bisyor b o ig a y . A m m o bu yilda uzum k o ‘p b o ‘lg‘ay va zaiflam ing ahvoni tang b o ig a y . Vallohu a ’lam bissavob. Agar Navro‘zi Olam chahorshanba (chorshanba) kuni dohil b o ls a , A torud (M erkuriy)ga taalluqli b o ig a y . Ul yil qahatchilik b o ig a y , qon to ‘kmoq va fitna-fasod ko‘p boigay. A m m o tezlik birlan bartaraf boigay. Ul yil polizlar k o ‘p yaxshi b o ig a y , am m o X uroson tarafida arpa, bug 'do y qim m at b o ig a y , m osh, loviya, tariq, q o ‘noqlar k o ‘p b o ig a y . Ul yil yilon, chiyon, qu rtlar k o ‘p b o ig a y . O lim zaiflarga va yosh bolalarga k o ‘p b o ig a y , am m o savdogarchilik ko‘p yaxshi b o ig a y . A m m o haloyiqlar orasida k o ‘z og‘rig‘i k o ‘p b oigay . Vallohu a ’lam bissavob. Agar N avro‘zi olam panjshanba kuni dohil b o ls a , M ushtariy (Yupiter)ga taalluqli b o igay. Ul yil b a ’zi joylarda ne’m atlar ko‘p b o lu b va b a ’zi joylarda oz b o ig a y . Y o m g lrla r o ‘z vaqtida yoqg‘ay, qor- y o m g lr ko‘p b o ig a y . Podshohlar hollari yaxshi b o ig a y va h am m a h u n a rp e s h a (h u n a rm a n d )la r k asb larid in xursand b o lg a y la r. Va daryolardagi kishtilar (kem alar)ga salom atlik b o ig ay , lekin haloyiqlar orasida yolg‘on so‘z k o ‘p b o ig a y , bem orlik k o'p b o ig a y , savdogarlik yaxshi b o ig a y . Ul yil sip o h (lashkar)lam ing ahvoli h o ‘b b o ig a y . Vallohu a ’lam bissavob. 104 Agar Navro‘zi olam juma kuni dohil b o is a , Zuhraga taalluqli b o ig a y . U1 yil farah (shod)lik va farovonlik boigay. Y o m g ir ko‘p yoqgay, sovuq qattiq, qish uzun, yil oxirida andak qim m at (chilik) boigay. G ‘alla saqlamoq kerak, bozuigonlik, savdogarchilik ko‘p yaxshi bo ig ay va kechki (ziroat)ga ofat yetkay. U1 yilda narxlar ar/o n boigay n e ’m at, farox (ko‘p) b o ig a y , ziroatlar xo‘b boigay. Kunjut miyona (o'rtacha) boigay. Sipoh (lashkar)larning holi zabun (o g ir) boigay. Vallohu a ia m bissavob. Agar Navro‘zi olam shanba kuni dohil b o is a , Zuhal (Satum )ga taalluqlidir. U yil b a'zi shaharlarda qahatchilik b oigay, yomg‘ur ko‘p yoqg'ay, xunrezlik (qon to ‘kishlik) ham ko‘p boigay. Janub soridin (to m o n d in ) lashkar paydo b o iu r , urush va suqush va o ‘g ‘ri va qaroqchi ko‘p b o ig a y , fitna va yolg‘on fosh b o ig ‘ay. Kuzgi ekinlar yaxshi b o ig a y va m evalar kam roq b o ig ay , yil oxirida sovuq qattiq bo ig a y , qishi uzoq b o ig a y ” .1 Ilmiy bashorat qilishda falsafiy xulosalar ham muhim ahamiyatga ega. C hunki falsafa fanining xususiyati ham ilmiy bashoratga yaqindir. A m m o falsafa fani real im koniyatlarga asoslangan holda o ‘z m uam - m olarini rivojlantiradi, m uam m olam i yechishga ko‘maklashadi. Shu bilan biiga, falsafa fani ilmiy ijodninggina metodologiyasi bo‘lib qolmay, ilmiy bashoratning ham m etodologiyasidir. Bashoratchi ana shu metodologiyaga suyanib o ‘z fikrini bayon qilsa, tanlangan y o i to ‘g‘ri chiqadi. Bashorat natijasi unum li b o ia d i. Ijtimoiy hayotni bashorat qilishda o ‘tm ish, hozirgi, kelajakdagi jarayonlar hisobga olinadi. Yoki tabiatshunoslik bo‘yicha ijod qiluvchi olim dastlabki aniq bilimlaiga ega b o is a va unga amal qilsa, tajribalari m ohiyatini t o i a tushungan holda amalga oshirsa, ijod jarayonida tasodiflami nazardan ehetda qoldirmasa, u holda oldindan aytib berish jarayoni ishonarli b o ia d i. M urakkab obyektlam ing xatti-harakatini oldindan aytib berish bitta yoki ikkita nazariyani em as, balki bir qancha nazariyalam i ham qam rab olishi m um kin. C hunki bu nazariyalar jarayonning ayrim tom onlarini, om illarni o ‘zida mujassamlashtirgan b o iish i mumkin. Demak, b a ’zi bashoratlam i o ‘rtaga q o ‘yishda bir fanning o ‘zi kamlik qilishi mumkin. B unday h o la td a ilm iy b ash o ra t qilish u ch u n b ir n ech a fan lar qonuniyatlaridan foydalaniladi. 1 Xoja Ali Termiziy. “ N avro‘zn o m a’\ 105 In so n iy a t X XI asrga o ‘ta r c k a n , u n in g o ld id a y an g i-y an g i m uam m olar paydo b o ‘lmoqda. Bu m uam m olarni ilmiy tushuntirishda fanning harakati kam lik qiladi. D em ak, taraqqiyotni ilmiy bashoratsiz ta sa w u r qilib b o ‘lmaydi. Izlanuvchi ilmiy bashorat jarayonida ilmiy ijod bilan shug‘ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiyotni qaysi yo‘nalishda harakat qilishi, bu harakat qanday su r’atlar bilan boradi, qanday to lsiqlar bo'lishi m um kinligi, to ‘siqlardan qanday o ‘tish zarurligi, inson faoliyatiga qanday yo‘sinda ta ’sir qilishi kabilarni tahlil qiladi. Pirovardida, taraqqiyotning istiqboii nim ada ekanligini bilish uchun javob izlaydi. Iqtisodiy-ijtim oiy bashoratlar m a’lum bir davrni o ‘z ichiga oladi. U davr qisqa yoki uzun b o iish i m um kin. Bu bashoratlarda sanoat, qishloq h o ‘jaligi, m oddiy boyliklar, boshqaruv jarayonlari hisobga olinadi. U zoq davrni o ‘z ichiga oladigan bashoratlar m a’lum bir davlatlar, m am lakatlar faoliyatini qam rab oladi. Shundan kelib chiqqan holda, faoliyat ko‘rsatadi. Bunday sohalarga ekologik jarayonlar, demografik xususiyatlar, oziq-ovqat m uam m olari misol b o ‘la oladi. Tayanch tushuncha va iboralar B ashorat (ilm iy ), p o stin d u stria l ja m iy a t, iqtisodiy b ash o rat, ssenariy yozish, prognoz qilish (ilmiy), Rim klubi, ekstropolyatsiya, bashorat turlari, ilmiy bashorat, induktiv bashorat. Mavzuga oid savollar 1. Ilmiy izlanishda prognozni bashorat qilish qanday rol o ‘ynaydi? 2. F undam en tal ilmiy yoki texnikaviy kashfiyotlarga olib kelgan ilmiy bashoratlarga m isollar keltiring? 3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy ijod va bashorat metodologiyasi qanday rol o'ynaydi? 4. I. A. Karimov tom onidan bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « 0 ‘zbek m odeli» ishlab ch iq ilish i ilm iy b a sh o ra tn in g y o rq in n am u n asi sifatidami? 106 V II bob. ILMIY TADQIQOT VA IJOD TIZIM IDA DALIL (FAKT) Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Daiil turlari Ilmiy ijodda dalillar o ‘ta m uhim dir. Dalil bu - fakt m a’nosida ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanm iz, fakt so'zini dalil deb qabul qildik. Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib boimaydigan narsa va bodisalar haqidagi bilimlar niajmuasi. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor: 1. H ayotiy b o ‘igan real voqealar, xususiyatlar, m unosabatlar, aloqadorliklar, o'zgarishlar, jarayonlarni o ‘zida ifoda etadi. 2. H aq iq atni isbotlovchi fikrlarning to ‘laqonligini, inkor etib bo'lm asligini, reallikka mosligini qaror toptiradi. T evarak atrofdagi b arch a narsa va h od isalarning m avjudligi, barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil qilinadi, mushohada qilinadi. (Aslida esa dalil b o lish i yoki bo'lmasligi mumkin). Bu obyektga nisbatan shunday xarakterda bo'ladi. Sababi, shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi. D em ak, ana shu narsa va hodisani tasvirlash uchun dalilga murojaat qilish shart emas. Ammo ilmiy ijodda esa dalil zaruriy talabdir. Fanning ajralmas qismidir. Chunki fan yangi, haqiqiy bilimlami berish u c h u n d alillarg a suy an ad i. H a r b ir ijod n am u n asi falsafaning kategoriyasi bo lm ish — sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, m azm un va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa butun ham da qismlar orqali, ya’ni ularning metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o ‘z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshirilganda ijodda m ustahkam o ‘rin oiadi. Ijod natijasi haqiqatga aylanadi. Dalil falsafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to ‘ldiruvchidir. Ba’zi olim lar dalilni haqiqat sinonim idir, deb tushuntiradilar. Bizningcha, bunday qarash yetarli emas. Bu kategoriyalar o ‘zaro yaqin b o ‘lsalar- da, ular turlicha vazifalarni bajaradilar. Avvalo, haqiqat tushunchasi dalil tushunchasiga nisbatan keng m a’nodagi tushuncha bo‘lib, u nisbiy 107 yoki m utlaq xarakterga ega. Haqiqalning nisbiyligini qo‘shimcha dalillar bilan to id irish mumkin va hokazo. Haqiqatlar dalillarning yig‘indisidir. Shunday ekan, dalil bu voqelik haqidagi obyektiv holda olingan va isbotlangan, o ‘zgarmaydigan haqiqiy bilimdir. D alilning turlari quyidagilar: 1. Haqiqiy dalil; 2. Yolg‘on dalil; 3. T o i i q d alil; 4. T o ‘liq b o ‘lm ag an dalil; 5. T ax m in iy d alil; 6. Isbotlanmaydigan dalil; 7. Isbotlangan dalil; 8. Ilmiy dalil va boshqalar. Dalil turlari voqelikdagi narsa va hodisalam ing xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o ‘zida aks ettiradi. U m um iy dalil bo‘lishi m um kin emas. Dalil — konkret-aniqdir. M asalan, haqiqiy dalilda obyekt to ‘g‘risida to ‘la tavsif mujassamdir. Bu tavsif haqiqatga zid kelmasdan, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Y olg'on dalil esa buning aksi b o iib , q o n unlar va qonuniyatga mos em asdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali b o ‘lib, ulam i bir necha b o r tekshirish, aniqlash talab etiladi. Y olg'on dalillar inson tom onidan nojo‘ya ish va faoliyatlarda ko 'proq foydalaniladi. A m m o, yolg'on dalillardan ham voz kechib b o im ay d i. U ndan foydali tom onlarini olib, hayotga tatbiq etish lozim. M asalan, shunday voqea va narsalar b o ‘ladiki, u to ‘g‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to ‘g‘ri keladi, ya’ni ikkala qaram a-qarshi tom onlarni moslashtirish, kelishtirish uchup vaqtincha yolg‘o n dalildan foydalanish m um kin. Bu bilan, albatta, yolg‘on dalillar ilmiy ijodning asosi ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Yoki to ‘liq b o ‘lmagan dalillar to ‘g‘risida so‘z yuritganda, izlanuvchi o 'z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun qo ‘shim cha dalillar topishga harakat qiladi. Q o ‘shim cha dalillar esa to ‘liq b o im a g a n dalilni t o ‘liq dalil b o ‘lgunicha k o 'm ak lash ad i. Q o ‘shim cha dalillar ilmiy ijodda katta ahamiyatga egadir. Ilmiy ijodda shunday dalillar borki, ularni qayta isbotlashga to ‘g‘ri keladi. C hunki davr o ‘tishi bilan h ar qanday dalil qayta isbotlanishini talab etadi. Bu holat, ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarda ko 'proq ko‘zga ta s h la n a d i. Isb o tla n g a n d a lilla r a m a liy o td a t o ‘g 'r i d a n - t o ‘g ‘ri foydalaniladi. Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilm iy ijodda dalillarga erishish og‘ir va m ashaqqatli m ehnatni talab etadi. Vaqt va sabrlilikni istaydi. Dalillarni q o ‘lga kiritish bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Ikkala jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita 108 dalillarni q o ‘lga kiritishda narsa va hodisaning o ‘z holati, taraqqiyoti, rivojlanishi kifoya qiladi. Bilvosita dalillarni qo‘lga kiritish m a’lum shart- sharoitlar, qo‘shimcha ashyolar, texnik vositalar, ko‘igazmali qurollami talab etadi. Izlanuvchi ijodkor bunga ruhiy va amaliy jih atd an tayyor turishi kerak. D em ak, dalillarni q o ‘lga kiritish subyektiv va obyektiv shart-sharoitlarga bog‘Iiqdir. Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi. Bilim insonning ajralmas qismidir. M oddiy olam oddiy bilim osti b o ig a n cheksiz, rang-barang narsa va hodisalarning yig‘indisidan iboratdek bo‘lib ko'rinadi. Ammo oddiy kuzatish asosida hodisalarning m ohiyatini bilish m um kin emas. Agar bilish oddiy kuzatishdangina iborat b o ‘lsa, u vaqtda biz hodisalarning qonun va qonuniyatlarini aslo bila olmas edik. Shu sababli ham, dalilning asosiy vazifasi moddiy olam ni bilishda ishtirok etib, u to ‘g ‘risida inkor etib b o ‘lm ay d ig an fik rlar ta sd ig ‘ini berish d ir. O lam va uning qonuniyatlarini bilish osonlikcha kechm aydi. U haqiqiy ilmiy dalilni, ijodni talab etadi. O lam ni bilish g ‘oyat murakkab jarayondir. D alillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. C hunki farazlar hali haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning m a’lum chegarasi bo ‘lsa-da, inson farazlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmaydi. Farazlarning haqiqiyligini tekshirish, aniqlash dalillar yordam ida amalga oshadi. Farazlarning hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqelikning xarakteriga qarab tajriba yoki kuzatish, m odellashtirish, m antiqiy yondashishlar orqali am alga oshiriladi. H ar bir tadqiqot, m a’lumki, farazlarni o ‘rtaga tashlash bilan boshlanadi. Bu farazlar tadqiqot negizini tashkil etsa-da, dalilga m uhtoj. Ana shu dalil orqali tadqiqot natijasi k o ‘rinadi. T a ’kidlash lozim ki, n azariyalar ham dalillar yordam ida o ‘rtaga q o ‘yiladi va o ‘z navbalida isbotlanadi. N azariyalar d alilsiz, d alillar n azariyasiz b o ‘lishi m um kin em as. Aks holda nazariyalar inson miyasidagi m ulohazalardan iborat b o ‘lib qolaveradi. Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o ‘rni va ahamiyati Jamiyatdagi b a’zi m uam m olarni ayrim ijtimoiy gum anitar fanlarda, dalillar orqali tasdiqlab bo'lm asa-da, ular mantiqiy dalillaiga asoslanadi. M antiqiy dalillar haqiqatga yaqin dalillardir. M asalan, O 'zbekiston R esp u b likasi P re z id e n ti 1.A .K arim o v m a fk u ram iz h aq id a fikr 109 yuritganida quyidagi m uhim jarayonlarni ta ’kidlaydi: “ ... jam iyatim iz m afkurasi, o d am lar o ‘rtasidagi o ‘zaro m un o sab atlarning m a’no- m azm unini belgilab beradi. Endigi eng dolzarb vazifamiz — bu jarayonlarning ilm iy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini m ukam m al ochib berish, o ‘quvchilarim iz, talabalarim izga, keng jam oatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ulam i yangi hayot, zam on talablariga javob beradigan jam iyat qurilishining faol va jo ‘sh qin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat. Buning uchun birinchi galda taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi— ja m i y a t i m i z d a g i s iy o s iy , ij t i m o i y - i q t i s o d i y , m a ’n a v iy m u n o sab atlarn in g rivoji haqida maxsus darsliklar, q o ‘llanm alar, om m abop adabiyotlar yaratilishi zaru r” . Bu vazifalar real im koniyatlardan kelib chiqqan holda qo‘yilgan. M azkur vazifa ko‘proq gum anitar sohalarga taalluqlidir. U lam i amalga oshirish u ch u n m an tiq iy dalillar asosida ish yu ritib, darsliklar, q o ‘llanm alar, om m abop adabiyotlarning ta ’sirchanligiga e ’tib o m i qaratish dolzarbdir. Tasdiqdan o ‘tkazib hayotga tatbiq etish m um kin b o ‘lm agan jam iyat taraqqiyotini faqat izchil tushuntirish, ularning haqiqat ekanligini targ ‘ib qilish yo‘li bilan hayotiyligini ta ’minlash m um kin. T u shuntirish natijasida har b ir inson o 'z i yAshayotgan jam iyat yoki davlatning m aqsadini teran anglaydi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Ilmiy tadqiqotda dalil to'plash bir qancha usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullarga: kuzatish, tajriba o ‘tkazish, qiyoslash, analiz va sintez qilish, um um lashtirish, form allashtirish, bahs qilish va boshqalar kiradi. Ana shu usullar orqali dalillar to ‘planganda obyekt obyektiv holda tavsiflanadi. Obyektiv holda to'plangan dalil ilmiy ijodda yuqori baholanadi. Ilmiy bilimda yoki ilmiy tadqiqotda dalilning quyidagi vazifalarini e ’tiborga olish lozim: 1. Oldingi bilim lar asosida yangi biiimlarni hosil qilish; 2. Narsa va hodisalar taraqqiyotini to ‘g ‘ri aks ettirish; 3. O byektlarning faoliyatini to 'g 'ri tavsiflash uchun asos shart ekanligini hisobga olish; 4. Obyektiv voqelikni to 'g ‘ri tushuntirishdagi ishtirokini e ’tiro f etish va boshqalar. 110 Ilmiy ijodda yuqorida ta'kidlangan dalil turlari ishtirok etishi mumkin. Albatta, ularning barchasi haqida tadqiqotchi to ‘la tasaw urga ega b o ‘lishi, ularni bir-biridan ajratishi zarurdir. Aks holda dalillar sam ara bermasligi m um kin. Ilmiy dalillar qudratli kuchga ega. Ular oldindan aytib berishni ham qurollantiradi. Masalan: “ Q ushlar va hashoratlar, y a’ni havodan o g 'ir obyektlar fazo m uhitida uchishga qodirligi buyuk m exanik N .E . Jukovskiy tom onidan hozirgi zam on a e r o d in a m ik a s in in g n e g iz in i ta s h k il e tu v c h i k o ‘ta rm a ku ch nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Barcha eng yangi aviatsiya va k o sm o n av tik a v ositalari — rak etalar, sam olyotlar, v erto lyotlar, dirijabllam i loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinam ika asosida amalga oshirildi.” (misol “ Ilmiy ijod metodologiyasi” . 73-74 bet). D alillar ilmiy tadqiqotning turli m etodlarini ongli ravishda ham da ijodiy qo‘llanilishi natijasida olinadi. Ijodiy faoliyat murakkabligi sababli, bu m urakkablik dalillar olishda ham nam oyon b o ‘ladi. T a ’kidlash lozimki, dalillar m avhum b o ia olmaydi. H ar qanday dalil aniqdir. Bu aniqlik dalillar natijasidir. F an la rd a dalillar o ‘z holicha k o ‘zga tashlanaverm aydi. Obyektiv real narsa va hodisalarni o ‘nlab, yuzlab chig‘iriqdan o ‘tkazish natijasida paydo b o ‘ladi, Dalillami nisbiy ham da mutlaq dalillarga bo‘lish y o ii bilan farqlash kerak. Ular bir xil emas. Masalan, O'zbekistonning mustaqil bo‘lganligi Birlashgan M illatlar Tashkiloti uchun mutlaq dalildir. 0 ‘zbekistonning bozor m unosabatlariga o ‘tishi, yangi jam iyatning paydo boMishi nisbiydir. C hunki yangi jam iyatning paydo b o iish i jarayonida bozor m unosabatlariga o ‘tishning m azm un mohiyati davr talabidan kelib chiqib, yangi dalillar bilan to ‘ldirilishi mumkin. Bu jarayonlar m a’lum fanlardagi hozirgacha m a ’lum b o ig a n dalillarni to id irav erad i va tarm oqlarini kengaytiradi. Dalillar to ‘plashda uslublarni to ‘g ‘ri tanlay bilish katta ahamiyatga ega b o ‘lib, to ‘g‘ri uslub tanlanganda xatolardan xoli b o iish i mumkin. A n iq ro g ‘i, ilm iy ta d q iq o tn in g ravnaqi, kelajagi uslub tanlashda mujassamlashgan. Ilmiy tadqiqotga dalillar hayot baxsh etadi. Natijada fan taraqqiyoti ham jadallashadi. U ning tizimida yangi sohalar paydo bo ‘ladi. Dalillar to ‘plash fan nuqtayi nazarida cheksizdir. Sababi, bilishning o ‘zi ham cheksizdir. Bu cheksizlik olamdagi narsa va hodisalam ing 111 bitmas-tuganmasligiga olib boradi. Ana shu tariqa dalillar to ‘plash inson faoliyatidan doim iy o ‘rin olgan. Ilm iy ta d q iq o t olib boray o tg an izlanuvchi o ‘z ijodida dalil aytmasligini sezgan holat ijobiy holatdir. U shbu yetishmaslik olim ning ilmiy salohiyatini, dunyoqarashini oshirishga m ajbur qiladi. B undan har qanday fan ham , izlanuvchining o ‘zi ham foyda k o ‘radi, xolos. D alillam i izlash jarayonida yangi dalillarga duch kelinadi. Bu esa, o ‘z navbatida, yanada yangi dalillarni ochishga imkon yaratadi. S hunday e k a n , ta d q iq o td a d a lilla r u z lu k siz lik n i ta q o z o e ta d i. U sh b u qonuniyatlar ta ’sirida yangi kashfiyotlar paydo b o ia d i. Bu esa ijodiy izlanuvchi tafakkurining yorqin faoliyatini keltirib chiqaradi. Yangi dalillam i o ‘z doirasida o ‘rganish ta ’sirida, y a’ni ulam i tahlil qilish, o ‘xshashligini bilish, aloqa va m unosabatlaiga e ’tibom i qaratish, foyda va zararini baholash yo‘li bilan hayotga tatbiq etish jarayoni hal etiladi. Ilmiy tad qiq otda ilm iy dalillam i to ‘plashdan maqsad undan kundalik hayotda izchil foydalanishdir. H ayot, turm ush tarzi uch u n foydali b o ‘lm agan dalillar to ‘plashdan uzoq b o ‘lish har bir tadqiqotchining m uhim vazifasidir. Ilmiy tadqiqotda dalillar ijodiy izlanuvchining ilmiy olamini yaratadi. D alillar ijodkorga suv va havodek zarurdir. Tadqiqotchi yaratayotgan yangilik, kashfiyot m antiqiy dalillar, farazlar, nazariyalar, m antiqiy xulosalar jarayonida paydo b o ia d i. N atijada eski dalillar inkor etilib yangilari paydo b o ‘ladi. D em ak, ilmiy tad qiqotda ilmiy dalillar nisbiy va m utlaq haqiqatni qaror to p tirish d a asosiy quroldir. Ilm iy tadqiqotda dalil to ‘plash izlanuvchidan m ahorat va m ehnatni, izlanuvchanlikni va sezgirlikni, tad b irk o rlik va h u sh y o rlik n i, m u tlaq o soflikni, obyektiv xulosa chiqarishni talab etadi. T adqiqotchi esdan chiqarm asligi lozim ki, izlanish natijasida olgan yangiliklar, tavsiyalar, xulosalar faqat o ‘ziniki b o ‘lib q o lm a y d i, b alk i u la r ja m iy a t m ulkiga ay lan ad i. U shbu jarayonlam i o ‘z faoliyatida mujassamlashtirgan shaxslar fan tarixida oz emas. U lar o ‘z dalillarining haqligini isbotlash y o iid a o ‘z jonlarini fido etganlar. Bularga misol inkivizatsiya davridagi olim lar (G aliley. K opem ik, Jo rd an o B runo) faoliyatidir. Shunday ekan, dalillar ilmiy ijodning tarkibiy qism larini tashkil etadi. Bu jarayonsiz izlanuvchi faoliyat ko‘rsata olmaydi. 112 Ilmiy tadqiqotlarda dalillami tasdiqlash ham o ‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Sababi, tadqiqotchining erishgan dalillari b a’zi boshqa izlanuvchilami shubhaga tushirishi mumkin. Bu shubha izlanuvchini sarosimaga olib keladi. Shu sababli tadqiqotchi o 'zi erishgan dalilni oxirgi nuqta deb bilmasligi kerak. Oldindagi qarama-qarshiliklarga ruhan tayyorturishi, m a to n a tli b o ‘lish ta la b e tila d i. D a lilla r tu rli ja ra y o n la r d a n muvaffaqiyatli o ‘tgandan so‘ng, natijasi ko‘rinadi. U o ‘zini amaliyotda tasdiqlasa, bu dalilning kelajagi porloqdir. Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling