T oshkent davlat transport universiteti


Vaqtni boshqarish ko‘nikmasi va undan foydalanishning afzalliklari


Download 61.51 Kb.
bet2/7
Sana28.03.2023
Hajmi61.51 Kb.
#1302025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Feruza Jumaboyeva. Metadalogiya

2. Vaqtni boshqarish ko‘nikmasi va undan foydalanishning afzalliklari.

Endi vaqtni boshqarish ko‘nikmasining siz – bo‘lg‘usi huquqshunos uchun afzalliklari haqida to‘xtalsak. Vaqtni boshqarish orqali, avvalo, ish samaradorligining o‘sishiga erishiladi. Natijada, sizda boshqa shaxsiy ishlar, intellektual rivojlanish yoki hordiq uchun qo‘shimcha vaqt paydo bo‘ladi. Vaqtni doimiy boshqarish erishilayotgan samaradorlik oqibati sifatida muvaffaqiyatga zamin yaratadi.


Huquqshunos ish faoliyati va hayotida muvaffaqiyatga erishishi uchun, avvalo, o‘zining hayotiy maqsadini belgilab olishi lozim. Chunki vaqtni boshqarish va undan foydalanishda maqsadga erishish mo‘ljaliga qaratilgan e’tibor barcha harakatlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Shu o‘rinda boshqaruv sohasida mashhur mutaxassis Stiven Kovining mashg‘ulotlaridan birini eslash joiz. Bu mashg‘ulotda u stol tagidan 5 litrli shaffof idishni oladi va mushtdek keladigan bir necha toshlarni oldiga qo‘yib: «Nima deb o‘ylaysiz, shu toshlardan nechtasi bu idishga sig‘arkan?», deb so‘raydi. Turli fikrlar aytilgach, idishga bir nechta toshni solib to‘ldiradi. Keyin: «Endi idish to‘ldimi?», deb so‘raydi. Hamma unga tikilib: «Albatta», deyishadi. Shundan keyin idishga shag‘al soladi. Stiven yana: «Endi idish to‘ldimi?», deb so‘raydi. Bu safar ham ular «Endi, shubhasiz, to‘ldi», deb javob berishadi. «Yaxshi», deydi u va idishga qum to‘kadi, tabiiyki, qum ham tezda tosh va shag‘al oralariga singib ketadi. Stiven yana so‘raydi: «Endi idish to‘ldimi?» «Bu safar aniq to‘ldi, endi unga hech narsa solib bo‘lmaydi», deyishadi auditoriyada o‘tirganlar. Instruktor idishga bir litr suvni ham quyadi. «Xo‘sh, bularning hammasi nimani bildiradi?», deb so‘raydi u nihoyat. Turli fikrlar aytiladi. «To‘g‘ri, hayotda doimo bo‘shliq mavjud, uni to‘ldirish uchun ishlash lozim bo‘ladi, — deydi Kovi. — Bu tajribaning boshqa muhim jihati ham borki, agar men birinchi bo‘lib katta toshlarni solmasam, idishda ularga joy qolmasdi». Hikoyada aytilgan mushtdek katta toshlar bizning katta hayotiy maqsadlarimiz. Biz avval ularni idishga joylamasak ko‘zlagan maqsadimizga yeta olmay qolamiz. 



Download 61.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling