T oshkent davlat transport universiteti
Boshqacha aytganda, biz o‘z vaqt rejimimiz va imkoniyatimiz doirasidan tashqaridagi “iltimos”larga “YO‘Q” degan javobni bera olishimiz kerak
Download 61.51 Kb.
|
Feruza Jumaboyeva. Metadalogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq vaqt
Boshqacha aytganda, biz o‘z vaqt rejimimiz va imkoniyatimiz doirasidan tashqaridagi “iltimos”larga “YO‘Q” degan javobni bera olishimiz kerak. Bu javob bizning biroz xudbinligimizni ko‘rsatsa-da lekin vaqtimizni unumli ishlatishning sirlaridan biri hisoblanadi. Boshqalar uchun “HA” deyishingiz shaxsiy ishlaringizga kam vaqt qolishiga va belgilangan rejadagi vazifalarning qolib ketishiga, ularni bajarish uchun kuchingizning kamayishiga olib keladi.
“Yo‘q” deyishingiz qanday qilib vaqtingizni tejaydi? Birinchidan, boshqalarning sizning shaxsiy hayotingizga aloqasi bo‘lmagan va ular manfaati va xohishi yo‘lida bajarishingiz kerak bo‘lgan, siz uchun zarur bo‘lmagan ishidan qutulasiz. Holbuki, avvalo o‘zingizning shaxsiy maqsad va vazifalaringizga tegishli ishlaringiz haqida qayg‘urib, ularni amalga oshirishingiz kerak. Boshqalarning maqsadi yo‘lidagi ishlarni qachonki sizda ortiqcha vaqt, xohish va kuch bo‘lgandagina bajarishingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Birovga “yo‘q” deyish hech kimga yordam bermaslik kerakligini anglatmaydi. Biroq “iltimos”lar o‘z ishlaringizni ikkinchi planga tushirmasligi shart. Ikkinchidan, bu hol sizda boshqalarning ishi uchun ortiqcha ko‘ngilchanlik natijasida aybdorlik va bosim hissini paydo qilishi mumkin. Oxir-oqibatda “yo‘q” deyish bilan siz o‘z diqqatingizni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan vazifalarni bajarishga qaratish imkoniyatini yaratasiz. Oraliq vaqt - degan tushuncha ham g‘oyat muhim. Qanday vaqtni oraliq vaqt sifatida tushunishimiz kerak? Odatda bizda deyarli har kuni jamoat transportini kutish va unda manzilimizga kelishgacha bo‘lgan, rahbar yoki idoralar qabulida o‘tadigan, tadbirlar davomidagi tanaffuslar va boshqa shu kabi o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar bo‘ladi. Shunday vaziyatdagi vaqtga biz oraliq vaqt deymiz. Vaqtni boshqarish jarayonida aynan oraliq vaqtdan ham unumli foydalanish ko‘zda tutiladi va bu ham samaradorlikning yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan omillardan hisoblanadi. Kun davomidagi ishlaringizni rejalashtirganda oraliq vaqt uchun ham nima qilishingiz mumkinligini inobatga oling. Agar sizda oraliq vaqtni qisqartirish imkoniyati bo‘lsa, uni amalga oshirganingiz ma’qul. Oraliq vaqt davomida o‘zingiz o‘rganayotgan yoki shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha biron bir kitobni o‘qish, mobil telefoninigizda elektron pochtangizga kelgan xatlar bilan tanishib chiqish yoki so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish kabi ishlar bilan shug‘ullanganingiz ma’qul. Chunki xuddi shu ishlarni siz ish joyingizda ham baribir bajarib muayyan vaqtingizni sarflashingiz kerak bo‘ladi. Yaxshi dam olish samarali mehnat va muvaffaqiyat omili. Bejizga “Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan xalq maqoli kelib chiqmagan. Vaqtni boshqarish jarayonida ham bu qoidaning o‘z o‘rni bor. Chunki rejalaringizni amalga oshirish ortidan harakatlanib, sizda charchoq alomatlari paydo bo‘ladi. Keyingi ishlaringizning unumli bo‘lishi esa aynan qanday dam olishingizga bog‘liq. Vaqtni boshqarish bo‘yicha ekspertlarning tavsiyalariga ko‘ra, dam olish jarayonini ham oqilona tashkil etish kerak. Ya’ni, dam olish yoki ta’til davomida xayolingiz ishdan to‘liq uzilgan holda o‘zingiz rohatlanadigan joyda bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Bu yerda ish bilan bog‘liq detallarni eslatuvchi narsalardan yiroq bo‘lish lozim. Oilangiz yoki do‘stlaringiz davrasida, tabiat qo‘ynida yoki o‘zingiz orzu qilgan joylarga borishingiz maqsadga muvofiq. O‘z faoliyatingizni avvaldan belgilagan maqsadingiz va tuzgan rejangizga asosan monitoring qilish foydalidir. Biz strategik maqsadimizni reallashtirish yo‘lida tuzgan yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalarimizni belgilangan muddatlar yakunlanganidan so‘ng tahlil qilishimiz zarur. Aytaylik, kunlik rejaga bir necha vazifalar kiritilib, ularni kun davomida bajarish belgilangan. Kun yakunida ro‘yxatingizdagi yozgan vazifalarni qay darajada amalga oshirilganini tahlil qilishingiz lozim. Agar ba’zi ishlarni bajarishga ulgurmay qolgan yoki boshqa sabablar tufayli bajarilmagan bo‘lsa, ularning sababini aniqlashingiz, shuningdek, keyingi reja tuzishda mana shunday kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘sqinliklarni inobatga olishingizda qo‘l keladi. O‘z ishlaringizni belgilangan muddatlarda bajarilishini xuddi shunday yondashuv bilan haftalik, oylik ishlarga nisbatan ham qo‘llash yaxshi samara beradi. Vaqtni boshqarish bo‘yicha yakuniy fikr bildiradigan bo‘lsak, bu ko‘nikma shaxsga o‘z hayotini doimiy muvozanatda saqlash va muvaffaqiyatga erishish uchun katta yordam beradi. Mazkur ko‘nikmani turli xil usul va yondashuvlarini amalda qo‘llash orqali siz o‘zingiz va oilangizning asosiy boshqaruvchisiga aylanasiz. Download 61.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling