T oshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 1-20-guruh mustaqil ish


Download 0.77 Mb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1532842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Don va don mahsulotlari1212docx

Javdar bug‘doy yormasi. Javdar bug‘doy uch qirrali formada, murtagi yirik, jigar rang va serpo‘st dondir. U temir, fosfor, kalsiy, B1, B2, PP vitaminlarga boy bo‘lib, yorma tayyorlanadigan eng yaxshi ekinlardan biridir.
Javdar bug‘doydan yorma va oqshoq olinadi. Javdar bug‘doy yormasining barcha turi ancha qimmatli yormalar qatoriga kiradi, chunki uning o‘ta to‘yimliligi, ajoyib ta’mi va yaxshi hazm bo‘lish xususiyatlari bor.
Yorma javdar bug‘doyning mevali qobig‘idan tozalangan donidir. Sifatiga qarab, yorma ikki navga bo‘linadi. 1-navida yormada kamida 99,2%, 2 — navida esa 98,3% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi. Javdar bug‘doy oqshog‘i javdar bug‘doyning mevali qobig‘idan tozalangan, yanchilgan javdar bug‘doy yadrosidir. U navlarga bo‘linmaydi. Unda kamida 98,3% yaxshi sifatli yadro bo‘lishi lozim. Kundalik iste’molga mo‘ljallangan javdar bug‘doy yormasi namligi 14% dan, uzoq saqlanadigan yorma namligi esa 13% dan oshmasligi lozim.
Sholi. Sholi po‘st bilan qoplangan bo‘ladi. Sholi oqlangandan keyin hosil bo‘ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo‘ladi. Yaltiroq va sal yaltiroq turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda elimsimon massaga aylanmaydi. Ishlov berilishiga qarab, guruch silliqlangan, yaltiratilgan guruch va oqshoqqa bo‘linadi.
Silliqlangan guruch gul pardalardan, mevali va urug‘lik po‘stlari hamda ko‘pincha murtaklaridan tozalangan sholi donidir. Uning sirti oq, g‘adir-budur bo‘lib, un bilan qoplangan bo‘ladi. Silliqlangan guruch uch navga bo‘linadi: oliy, 1- va 2-navlar. Oliy navda kamida 99,7%, 1- navda 99,2%, 2-navda esa 98,7% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi. Yaltiratilgan guruch silliqlangan guruchga sayqallovchi mashinada ishlov berish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uning sirti tekis, silliq, yaltiroq bo‘ladi. Yaltiratilgan guruch uch navga bo‘linadi. Oliy navda kamida 99,7, 1navda 99,2, 2- navda — 98,7% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi.
Oqshoq barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi. U navlarga bo‘linmaydi. Oqshoqda kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo‘ladi. Barcha tur va navdagi guruch yormasining namligi 15,5% dan oshmasligi lozim. Guruch yormasi yaroqsiz moddalar juda kam, yaxshi hazm bo‘ladigan ozuqa mahsulotidir. Biroq oqsil va mineral moddalar hamda vitaminlar ozligi tufayli uning biologik qimmati kamdir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling