T oshkent moliya instituti


Download 148.94 Kb.
bet2/9
Sana14.12.2022
Hajmi148.94 Kb.
#1004898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azarbayjon tijorat banklarida faktoring

Faktoringning turlari. Bank ishining rivojlanishi jarayonida faktoring 2 ta ko‘rinishda shakllanadi. Bular konvension (keng, ochiq) va konfi densial (cheklangan, yopiq) faktoringlardir. Tarixan, birinchi marta konvension faktoring vujudga kelgan. Zamonaviy sharoitlarda konvension faktoring mijozlarga moliyaviy xizmat ko‘rsatishning mukammal shakli hisoblanadi. Konvension faktoringda yetkazib beruvchining schotlarida majburiyatlar bankka sotilganligi to‘g‘risida ko‘rsatiladi, shu bilan birga faktoring bo‘limi ishlab chiqarish funksiyalaridan boshqa funksiyalarni ham bajaradi (moliyalash, buxgalteriya, yuridik xizmat va boshqalar). Konfi densial (cheklangan, yopiq) faktoring xususiyati shundan iboratki, mijozning kontraktlari faktor fi rma tomonid an uning sotuvlarini kreditlash haqida ma’lumotga ega emasdir. Bu faktoring turida mol yetkazib beruvchining kontragentlari faktoring kompaniyasiga majburiyatlarini o‘tkazganligi to‘g‘risida xabar bermaydi; yetkazib beruvchi bozor bilan munosabatni uzmaydi; faktoring bo‘limi sotib oluvchilardan pulni olishga huquqlarni sotib olish, qarzlarni to‘lash va boshqa funksiyalarni bajaradi xalos. Konfi densial faktoring riski hamda o‘z navbatida narxi ham konvension faktoringga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Bankning faktoring operatsiyalari quyidagicha tasnifl anadi:

  • ichki faktoring, agar mol yetkazib beruvchi yoki uning mijozi, ya’ni oldi-sotdi shartnomasi, shuningdek, faktoring kompaniyasi bir mamlakat hududida joylashgan bo‘lsa;

  • xalqaro faktoring;

  • ochiq faktoring – faktoring xizmatining shakli bo‘lib, yetka-zib beruvchi schot fakturalarni faktoring kompaniyalariga o‘tkazib berilishini nazorat qiladi;

  • yopiq faktoring (konfi densial);

  • regress huquqi bilan, ya’ni yetkazib beruvchiga talab bilan to‘langan summani qaytarib berish.

  • regress huquqisiz faktoring. Bunday shartlar to‘lovchining o‘z majburiyatlarini bajarishdan voz kechganda vujudga kelgan risklar, ya’ni kredit risklari bilan bog‘liqdir;

  • ma’lum sanaga talablarni to‘lash shaklida yetkazib beruvchi-ni kreditlash sharti bilan. Bunda faktoring kompaniyasining mijozi o‘z mahsulotini yuklab jo‘natilganidan keyin kompaniya vositasida sotib oluvchiga hisobini taqdim etadi;

  • oldindan to‘lash sharti bilan. Bunda faktoring kompaniyasi yuklab jo‘natish qiymatining 80–90 %ini tezlik bilan to‘lash sharti asosida mijozdan schot-fakturalarni sotib oladi.

  • faktoring bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning turli shakllari mavjud;

  • faktorga to‘lash va past narxda schot fakturalarni sotib olish;

  • fi rma faktor tomonidan qarzning inkassatsiya yo‘li va hisobraqamining ahvoli haqida doimiy hisobotlarni tayyorlash, debitorlarning hisobraqamlarini olib borishi bilan kompaniyaning sotish hajmi hisobi bo‘yicha hamma operatsiyalarni o‘ziga olishi;

  • sotib oluvchi o‘z qarzini to‘lamasa yoki to‘lovlar kechiktiril-gan holda ham tovarlarning to‘liq to‘lovlariga kafolat taqdim etish va boshqalar.


Download 148.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling