T oshkent moliya instituti


Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari


Download 148.94 Kb.
bet4/9
Sana14.12.2022
Hajmi148.94 Kb.
#1004898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azarbayjon tijorat banklarida faktoring

3. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari


Lizing deganda (inglizcha „lease“ – ijara) asbob-uskunalar, jihozlar, transport vositalari va boshqa asosiy fondlarni ijaraga be rish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalar tushuniladi. Dastlabki lizing tarqalishi 1852-yilda AQSHdagi „Yunayted staytes liz ing korporeyshn“ birinchi lizing jamiyati tashkil qilinishi bilan bog‘liq.
Lizing shartnomasida bank (lizing beruvchi), ijaraga oluvchi korxona (lizing oluvchi) va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi korxona) ishtirok etadi.
Lizing predmeti bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, mulk komplekslari bino-inshoot, transport vositalari va qonunlar bilan taqiqlanmagan ko‘chmas mulk shakllari hisoblanadi. Lekin, yer uchastkalari, tabiat obyektlari, hamda ishlatilishi bo‘yicha qattiq tartib o‘rnatilgan mulk shakllari bundan mustasno.
Iqtisodiy mohiyati bo‘yicha lizing oddiy ijara tushunchasiga nisbatan keng tushunchadagi kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Aslida lizing – bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan 3 operatsiya: ijara, kreditlash va korxonani texnik materiallar bilan ta’minlashning yagona kompleksidir.
Lizing bitimlarining asosini quyidagi elementlar tashkil qiladi:

  • bitimning obyekti ;

  • bitimning subyekti (lizing shartnomasining tomonlari);

  • lizing shartnomasining muddati;

  • lizing to‘lovlari;

  • lizing tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Lizing obyekti . Lizing bitimining obyekti har xil turdagi moddiy qiymatliklar bo‘lishi mumkin (ishlab chiqarishda yo‘q bo‘lib ketmaydigan).
Ijaraga berilayotgan lizing obyekti tabiatiga ko‘ra, ko‘char va ko‘chmas mulkka bo‘linadi.
Lizing subyektlari. Lizing bitimining subyekti shartnomadagi tomonlar bo‘lib, ular lizing tizimida bevosita qatnashadilar. Shu bilan birga, ularni bevosita hamda bilvosita qatnashuvchilarga ajratish mumkin.
Lizing bitimida bevosita qatnashuvchilar:

  • lizing fi rmalar va kompaniya (lizingga beruvchi va ijara beruvchi);

  • ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq va transport korxonalari hamda aholi ijaraga oluvchi yoki lizingga oluv chilar);

  • bitimdagi obyektni yetkazib beruvchilar (ishlab chiqarish (sanoat va tijorat kompaniyasi).

Lizing bitimida bilvosita qatnashuvchilar:

  • tijorat va investitsiya banklari (lizingga beruvchilarni kredit-lash va bitimlarning kafolatlari bo‘lib xizmat qiladi); – sug‘urta kompaniyalari;

  • broker, vositachilik fi rmalari.

Lizing fi rmalari deb arendalari (qisqa, o‘rta, uzoq)dan qat’i naz ar munosabatlarini ijarada amalga oshiradigan fi rmalarga aytiladi.
Ularning faoliyati xarakteriga ko‘ra, universal va tor ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin.
Tor ixtisoslashgan kompaniyalar, odatda, bir turdagi tovarlar (yengil avtomashinalar va konteynerlar) yoki standrant turdagi tovarlar guruhi (qurilish uskunalari, tekstil korxonalari uchun uskunalar) bilan ish qiladilar.
Universal lizing kompaniyalari har xil turdagi mashina va uskunalarni ijaraga beradilar.
Lizing fi rmalari kam hollarda mustaqil bo‘ladilar. Ko‘p hollarda lizing kompaniyalari banklar tomonidan boshqariladi.
Banklarning lizing bozorida o‘rnashishlariga bir qancha sa bablar bor.

Download 148.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling