T. S. Malikov


-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

8-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
barqarorligi: baholash, ko‘rsatkichlari, oshirish yo‘llari
 
 
8.1. Moliyaviy barqarorlik va uni ta’minlash 
omillari 
 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi quyida-
gilar bilan xarakterlanadi: 
• tashqi qarz manbalaridan moliyaviy mustaqillik; 
• moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida 
XYuSning qobiliyati; 
• xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘-
lari summalarining XYuSda barqaror mavjudligi. 
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYuS moliyaviy re-
surslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yo-
tadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYuS 
o‘zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qan-
chalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi: 
• talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlash; 
• mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish; 
• innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va 
yangilash. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYuSning faoliyati 
to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmoq lozim. Bunda 
moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va 
XYuS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi. 
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda 
ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular, odatda, quyidagi belgila-
riga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi: 
• vujudga kelish joyiga qarab; 
• natijasining muhimligiga ko‘ra; 
• tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha; 
• harakat etish davriga muvofiq. 
Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning moliyaviy bar-
qarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: 
• ichki; 


244
• tashqi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling