T. S. Malikov


Absolut moliyaviy barqarorlik


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Absolut moliyaviy barqarorlikning asosiy sharti noto‘lovlar va 
ular kelib chiqish sabablarining mavjud emasligidir. 
Sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik ichki va tashqi moli-
yaviy intizomning buzilmasligini taqozo etadi. 
Nobarqaror moliyaviy ahvol moliyaviy intizomning buzilishi 
(mehnat haqini to‘lashdagi kechikishlar, vaqtincha bo‘sh turgan o‘z 
mablag‘lari, rezerv fondlari va boshqa fondlardan foydalanish), hisob-
kitob schyotiga pul mablag‘larining uzilishlar bilan tushishi, rentabel-
likning nobarqarorligi, moliyaviy rejaning, jumladan, foyda bo‘yicha 
rejaning bajarilmasligi va h.k.lar bilan xarakterlanadi. 
Krizisli moliyaviy holat quyidagi bir necha darajalarga ega: 
• birinchi daraja (1): muddati o‘tkazib yuborilgan bank ssudala-
rining mavjudligi: 
• ikkinchi daraja (P): 1 + tovarlar bo‘yicha mol yetkazib 
beruvchilarga muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi; 
• uchinchi daraja (Sh): P + budjetga nisbatan boqimandalarning 
mavjudligi. 
Krizisli moliyaviy holatda zaxiralar va xarajatlar ularni shakllanti-
rish manbalari bilan ta’minlanmaydi va bu narsa XYuS va bankrotlik 
ostonasidagi chuqur krizis to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. 
Bunday vaziyatda pul mablag‘lari, qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va 
debitorlik qarzlari uning kreditorlik qarzlarini va muddati o‘tkazilgan 
ssudalarni qoplamaydi. 
XYuSning moliyaviy holati kompleks tushuncha bo‘lib, uning 
xo‘jalik va tijoriy faoliyati jarayonida vujudga keladigan moliyaviy 
munosabatlar barcha elementlarining o‘zaro ta’sirchanligini aks ettiradi. 
XYuSning moliyaviy holati mablag‘larni joylashtirish va ulardan foyda-
lanish hamda ularni shakllantirish manbalari bilan xarakterlanadi. Moliya-
viy holatni aniqlash uchun quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy tahlil 
o‘tkaziladi: 


247
• moliyaviy holatning ekspress-tahlili (aktivlar va passivlar tar-
kibiy tuzilmasining, mol-mulk, zaxiralar va xarajatlar holatining tah-
lili); 
• moliyaviy barqarorlik tahlili; 
• XYuS balansi likvidligining tahlili
• faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili; 
• rentabellik va ishbilarmonlik faolligi tahlili. 
XYuSning moliyaviy holati, shuningdek, moliyaviy resurslarni shakl-
lantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar 
majmuyi bilan ham xarakterlanadi. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natija-
lari faqat XYuS ishchi va xizmatchilarining diqqat-e’tiborida bo‘libgina 
qolmasdan, xuddi shu narsa xo‘jalik faoliyati bo‘yicha uning hamkorlari
davlat, moliya, soliq organlari va boshqalarning ham diqqat markazida 
bo‘ladi. Bularning barchasi XYuS moliyaviy holati tahlilini amalga oshi-
rishning muhimligi va uning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyatini oshiradi. 
Moliyaviy tahlilning maqsadi quyidagilardan iborat: 
• moliyaviy holat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini aniqlash
• barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlab olish; 
• moliyaviy holatning sifat va miqdoriy o‘zgarishlarini baholash; 
• ma’lum bir sana uchun XYuS moliyaviy ahvolini baholash; 
• moliyaviy holat o‘zgarishining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; 
• va boshqalar. 
Moliyaviy holat tahlilida XYuS tomonidan realizatsiya qilingan 
mahsulotning rentabelligi, uning ishlovchi kapitali, moliyaviy barqaror-
ligi, balansining likvidligi, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatligi 
aniqlanadi va ularga baho beriladi. 
XYuSning sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorligi xususida quyi-
dagi parametrlarni birgalikda olib qarab gapirish mumkin: 
• to‘lov qobiliyati (o‘z majburiyatlari bo‘yicha XYuSning barqa-
ror hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati); 
• balansning likvidligi (majburiyatlarni likvid aktivlar bilan qop-
lash darajasi); 
• kreditga layoqatlilik (kreditlarni qaytarish qobiliyati); 
• rentabellik (foydalilik). 
Yuqorida keltirilganlarning har biri tahlil qilishning o‘z metodi-
kasiga ega. 


248

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling