T. S. Malikov


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida ijtimoiy ne’matlar 
va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan iste’mol qilish oshadi yoki 
kamayadi. Chakana baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi 
va aksincha, deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana 
baholar bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘z-
garsa, bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining 
turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun yanada chu-
qurroq bo‘lgan tahlil zarur. 
Bahoning 
rag‘batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni mod-
diy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mahsulotning ma’lum 
bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida rag‘batlantirish orqali namo-
yon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, 
iste’molni ham rag‘batlantiradi. Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi 
bozorni tartibga solishning muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xiz-
matlar bozorida talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning o‘rna-
tilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni 
balanslashtirish funksiyasi bilan uzviy bog‘langan. 
Baho 
funksiyalarining bunchalik ko‘pligi, alohida olingan unga te-
gishli bo‘lgan funksiyalar maqsadlari va vazifalarining, ayrim hollarda, 
o‘zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, bahoning o‘z barcha 
funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishi hamma vaqt 
ham mumkin bo‘lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xusu-


166
sida gapirib turib, odatda, uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning 
shunday hamkorligini nazarda turish kerakki, ular ma’lum darajada 
amalga oshgan bo‘lsin. Shuning uchun ham, bozor iqtisodiyotida baho-
ning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko‘proq yuklama bilan “ishlaydi”. 
Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va 
iste’mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari
aralash iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan 
kamroq faollikda namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho 
barcha funksiyalarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro 
ta’sirchanligini, real hayotda bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamik 
tizim sifatida namoyon bo‘layotgan-ligini hisobga olish muhim aha-
miyatga ega. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling