T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
hisob-nazorat funksiyasi uning o‘l-
chov funksiyasining o‘ziga xos “qo‘shni”si hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy o‘lchamlarini qiymat va demak, moliyaviy o‘lchamlarga aylantirib, qiy- matning fuqarolarda, ularning oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umu- man iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat bo‘yicha saqlanishi, jamg‘arilishi va harakat etishi ustidan hisob va nazoratni olib borishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqlanishi imkoniyati bilan xarakterlanadi. Masalan, yengil avtomobillarga bo‘lgan bahoning yuqoriligi aholi ma’lum bir qatlamlarining mablag‘larini ijti- moiy ehtiyojlarni qondirish uchun qayta taqsimlashga imkon beradi. Ba’zi bir tovarlarga nisbatan baholarning past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga mo‘ljallangan tovarlar) ana shun- day sotib oluvchi (iste’molchi) lar foydasiga mablag‘larning qayta taq- simlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chi- qarish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘plab tovarlarga nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir necha qishloq xo‘jaligi 165 mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat tomonidan tartibga solinishi qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan daromadlar bir qismining sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shun- day qilib, demak, ulgurji baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daro- madlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin. Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqti- sodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga solish jarayonining o‘zida vujudga keladi va uning o‘zi ham, tartibga solinuv- chi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z- o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga solish funksiyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lar edi. Oila budjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qay- ta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda bahoning Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling