T. S. Malikov


Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari
 
omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq
foyda
summasini
ko‘paytirish
xarajatlarning darajasini va 
foydani olish uchun resurslarni 
kamaytirish 


163
6-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektning baho siyosati va 
baholarni shakllantirish asoslari, marketing strategiyasining 
moliyaviy jihatlari 
 
6.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari 
 
 
“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga 
birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig‘indisi nazarda tuti-
ladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichi-
dagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiy-
matiga aylanadiki, uning o‘lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijti-
moiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiy-
matdan farqli o‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan 
emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi. 
Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimo-
iy foydalilik (naflilik) taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi 
va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqla-
nadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajat-
lar ijtimoiy zarur, deb e’tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiy-
mat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foy-
dalilikning funksiyasiga aylanadi. 
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy 
zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, 
turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarga duch keladi. Shunga mos ravishda 
bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas. 
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro yaxlit-
ligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir 
ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor 
sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish 
maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomo-
nidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol 
qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, 
yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘-
lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat te-
gishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan
balki tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol qiyma-
tini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor 


164
mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa 
kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi 
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan 
ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, buning nati-
jasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mah-
sulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi berishi lozim bo‘lgan resurs-
larning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga ya-
qinlashishini ta’minlovchi modeli ana shundan iborat. Yuqorida bayon 
qilingan holatlarga asoslanib vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli 
bo‘lgan funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar bir-
ligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o‘l-
chanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son 
shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o‘lchovchi sifatida may-
donga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o‘zida baho pulda ifoda-
langan turli tovar qimmatliklarining o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan 
ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘r-
satkichlaridan biri sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘l-
jal, bashoratlashning muhim instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori-
dagilarning barchasi bahoning o‘lchov funksiyasidan darak beradi. 
Ma’lum 
ma’noda, 
bahoning 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling