T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- “o‘rtacha xarajatlar va foyda”
Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ular- ning foydasini qamrab oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari markaz- lashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan alo- hida tovarlar bo‘yicha ularning yuqori chegarasi mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Baho yuqorida sanab o‘tilgan barcha elementlarni o‘zida mujas- sam etmasligi ham mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bahosida qo‘shilgan qiymat solig‘i mavjud emas. Shuning- dek, barcha tovarlar ham aksizosti tovarlari bo‘lavermaydi, ayrim tovar- lar esa vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga sotiladi. Xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin iqtisodiyot- da talab va taklifga muvofiq ravishda o‘rnatiladi. Hukumatning baho- larni shakllantirish tizimiga aralashuvi (bunday deyilganda, odatda, to- varlarga baholarni shakllantirish jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, ko‘pchilik hollarda, iqtisodiy va- ziyatni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, davlat organlari, odatda, o‘zlarining biznesga ishtirok etishlari natijasida qo‘shimcha xa- rajatlarni vujudga keltiradi. Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. Ular- ning asosiylari quyidagilardan iborat: • sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S. Strumilin); • baholarni o‘rtalashtirilgan qiymat asosida aniqlash (D.D. Kon- dratov); • takror ishlab chiqarish baholari (V.S. Nemchinov); • obyektiv asoslangan tarzda baholash (L.S. Kantorovich); • oxirgi xarajatlarning baholari (S.S. Shatalin). • va boshqalar. Bahoni hisoblashning “o‘rtacha xarajatlar va foyda” metodi o‘z asosiga ishlab chiqarishning o‘rtacha chiqimlari va ustamasini oladi. 173 Bunda baho ishlab chiqarish chiqimlari va foydaning yig‘indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning qismlari esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga proporsional ravishda aniqlanadi. Bu me- todga ko‘ra mehnatning qiymati bahoning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv erkin bozor tizimi nuqtai nazaridan o‘zini oqlamaydi, chunki ko‘p XYuSlar o‘z tovarlarini yuqori bahoga ega bo‘- lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki xilma-xil omillarni hisobga olgan holda baholaydi. Holbuki, amaliyotda ana shun- day bo‘lishi mumkin ekan. Har holda buni neoklassiklar tasdiqlaydi. Ularning qarashlaricha, ne’matlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qi- lish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi yoki yo‘qligi xusu- sidagi iste’molchining tegishli qarori bilan hech qanday umumiylik tomoni yo‘q. Bu joyda uni haqiqatdan ham tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Agar u shu tovarni o‘z ehtiyojlarini qondi- rish uchun yuqori sifatli deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo‘ljal- langan xarajatlarni (bu yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerak- ki, u o‘zining ish haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qan- cha mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu mahsulot o‘zida mujassam etgan foydalilikka asoslangan holda qa- ror qabul qiladi. Tovarda mujassamlangan foydalilikni esa hech qachon shu mahsulotni ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shu- ning uchun ham, baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini “bozor Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling