Hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning
turlari quyidagicha farqlanadi:
• yagona baholar;
• mintaqaviy baholar;
• mahalliy baholar.
Yagona baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi.
Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shaklla-
nadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va
xomashyo, gaz elektr energiyasining baholarini kiritish mumkin.
Shu mintaqaning o‘zida ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadi-
gan mahsulotlarga o‘rnatilgan baholar mahalliy baholar deyiladi.
Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat
darajasining xarakteri bo‘yicha baholarning quyidagi turlari mavjud:
• erkin (bozor) baholar(i);
• qayd etilgan (qat’iy) baholar;
• tartibga solinadigan baholar;
• prestij (kamyob, obro‘li) baholar;
• paritet (teng) baholar.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va xizmatlarni ko‘rsatuvchilar
tomonidan bozor konyunkturasiga muvofiq ravishda talab va taklif aso-
sida qo‘llaniladigan baho erkin (bozor) baholar(i) deyiladi.
Qayd etilgan (qat’iy) baholar ma’lum darajada o‘rnatilgan baho-
lardan iborat.
Asosan yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhsulotlarga nis-
batan tegishli boshqaruv organlari tomonidan foydalaniladigan baholar
tartibga solinadigan baholar deb ataladi.
O‘tib bo‘lmaydigan xususiyatlarga ega bo‘lgan juda yuqori sifatli
buyumlarning bahosiga prestij (kamyob, obro‘li) baholar deyiladi.
Bir necha mamlakatlarning davlat hokimiyat organlari tomonidan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, boshqa tovarlar va xizmatlar baholari o‘r-
tasidagi nisbatni tartibga solish uchun qo‘llaniladigan baholar paritet
(teng) baholar deb ataladi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |