T. S. Malikov


Imtiyozli baholar strategiyasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholarni taklif qilishdan 
XYuS manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan. 
Elastik baholar strategiyasi baholarning iste’molchilar sotib olish 
qobiliyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishini anglatadi.
Barqaror, standart, o‘zgarmaydigan baholar strategiyasi nis-
batan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda realizatsiya qilini-
shini nazarda tutadi. 
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi tovarni, 
masalan, 1000 so‘mga emas, balki 999,9 so‘mga sotib oladi. Bu holda 
sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o‘rnatishning puxta 
va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining isboti sifatida e’tirof etadi. 
Ommaviy sotib olishlar bahosi va baholarni tovarning sifati 
bilan uzviy bog‘langanligi strategiyalari ham amaliyotda qo‘llaniladi.
Baholarning har qanday strategiyasida, raqobatchilarning baholarini 
tahlil qila borib, XYuS o‘zi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan che-
girmalar tizimiga jiddiy e’tibor bermog‘i lozim. Jahon amaliyotida baho-
lardan qilinadigan chegirmalarning 20 ga yaqin turi mavjud. Masalan, 
“skonto” chegirmasining “3/12, netto 30” tartibida ifodalanishida to‘lov 
30 kun ichida amalga oshirilishi kerak, agar sotib oluvchi to‘lovni dastlabki 
12 kun ichida amalga oshirsa, u 3% kam to‘laydi, degan ma’noni anglatadi.
Aylanma uchun bonus chegirmalari ham qo‘llaniladi. Aylanma sotuviga 
bog‘liq ravishda u doimiy sotib oluvchilarga nisbatan qilinadi. Progressiv 
chegirmalar sotib olishning sifati, hajmi va davriyligiga bog‘liq ravishda 
sotib oluvchiga taqdim etiladi. Tovarlarning almashtirilishi yoki shu bi-
lan bog‘liq bo‘lgan chegirma shu firmadan oldin sotib olingan eski tovarni 
qaytarganligi uchun taqdim qilinishi mumkin. Tovarlar xorijga sotilganda 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling