T. S. Malikov


mikromuhitini xarakterlaydi biroq XYuS faoliyatining umumiy sharo- itlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makro-


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

mikromuhitini xarakterlaydi biroq XYuS faoliyatining umumiy sharo-
itlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makro-
muhit deb e’tirof etish qabul qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni 
qamrab oladi: 
• inflatsion omillar, shu jumladan inflatsion kutilishlar; 
• ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar (mehnat, shu 
sohadagi nobarqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham qo‘shib 
hisoblaganda); 
• davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va 
pul-kredit siyosati); 
• baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko‘riladigan 
choralar; 
• XYuSning bozorda faoliyat ko‘rsatishini qonuniy ta’minlashga 
qaratilgan o‘zgarishlar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning 
vakolatchisi sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o‘z xatti-harakatini 
tanlash erkinligi bozor baholarini shakllantirishning zaruriy shartlari 


178
hisoblanadi. O‘zaro manfaatli, xususan, og‘zaki bitimlar, shartnomalar, 
oldi-sotdi shartnomalari ko‘rinishidagi shartnomalar vositasida amalga 
oshiriladigan xo‘jalik subyektlarining tijoriy asosdagi munosabatlari 
ham shunga kiradi. Bu yerda yo‘qotishlar, zararlar va qo‘ldan chiqaril-
gan imkoniyatlarni qoplash kafolatini beruvchi shartnoma-bitim muno-
sabatlari, boshqa xo‘jalik munozaralariga ta’sir ko‘rsatish va ularni 
himoya qilish muhim rol o‘ynaydi. Raqobat muhitining mavjudligi va 
monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli sharoit sifatida may-
donga chiqib, ular xo‘jalik yuritish subyektlarini, bozor vakillarini xatti-
harakatni tanlash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bularning qatoriga 
muvozanat baholar evaziga talab va taklif nisbatlarining tenglashuvi oqi-
batida vujudga keladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak. 
Bozor baholarini shakllantirish jarayoni, boshqa holatlardan tash-
qari, yana bahoni o‘rnatish xususida kim qaror qabul qilganligiga va uni 
kim tayyorlaganligiga ham bog‘liq. Shuning uchun ham, baholar qay 
hollarda direktorlar kengashi, hissadorlik jamiyatining prezidenti, XyuS-
ning bosh direktori, uning o‘rin-bosarlari va qay hollarda esa ta’minot 
bo‘limining boshlig‘i, uning joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlani-
shini bilish juda muhim. Shuningdek, bahoni asoslash bilan shug‘ullana-
digan ma’muriyat xizmatlari va bo‘linmalarining aniq funksiyalarini bel-
gilash ham kerak. Bunday faoliyat XYuS markaziy xizmatlari tomoni-
dan qat’iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshirilmog‘i lozim.
XYuS tomonidan realizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlar 
bahosini asoslash, hisob-kitob qilish va o‘rnatish quyida taklif etilayot-
gan ketma-ketlikda va faoliyat turlari bo‘yicha amalga oshirish tavsiya 
qilinadi: 
• tarkib topgan bozor, konyunktura va XYuS mahsulotining baho-
sini tahlil qilish; 
• baholarni o‘rnatish joriy amaliyotining strategiyasi va prinsip-
larini ishlab chiqish; 
• kutilayotgan bozorni o‘rganish va rejalashtirilayotgan davr 
uchun talabni aniqlash; 
• raqobatchilarning tovarlari va baholarini tahlil qilish
• ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida 
taklif bahosi, ishlab chiqarish chiqimlari va tovarlarni realizatsiya qilish 
imkoniyatlarini aniqlash; 


179
• baholarni shakllantirishning qabul qilingan strategiyasi va prin-
siplari amalga oshirilishining mumkin bo‘lgan variantlarida ishlab 
chiqarish va realizatsiya samaradorligini baholash; 
• baholarni o‘rnatish metodlarini tanlash; 
• realizatsiya qilinadigan tovarning bahosini tasdiqlash. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni biznes-rejalashtirish va shu 
XYuS baholarini prognozlash bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblar bilan 
almashtirmaslik kerak. Ba’zi bir o‘xshashliklar bo‘lishiga qaramasdan, 
biznes-rejani ishlab chiqish va asoslash XYuSning baho strategiyasini 
ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlarni (parametrlarni) 
chuqur tasavvur qilishga imkon bersa-da, ularni bir xil deb qabul 
qilmaslik kerak. 
Bozoriy baholarni shakllantirishning omillari orasida talab omil-
larini alohida ajratish maqsadga muvofiqki, ular yordamida sotib oluv-
chi tomonidan tovarga bo‘lgan talabning bahosi aniqlanadi. Bunga 
tovarning foydaliligi yoki iste’mol xususiyatlari, ya’ni ehtiyojni qondi-
rish qobiliyati, uning sifat tavsiflari kiradi. Undan so‘ng ushbu tovarni 
sotib oluvchi ega bo‘lgan to‘lovga layoqatli talabning tavsifi, shuning-
dek, tovarni sotib olishdan bosh torta turib, sotib oluvchi qilishi mumkin 
bo‘lgan jamg‘armaning darajasi kerak. Oxirida talabning hajmi, ya’ni
bahoning shu darajasida sotib oluvchi qodir bo‘lgan tovarning miqdori 
aniqlanadi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling