T. S. Malikov


gan va nazorat qilinmaydigan omillari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

gan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajratiladi. Birinchi 
guruhga kiruvchi omillarga XYuSning yuqori rahbarlik organlari va 
uning funksional xizmatlari tomonidan boshqariladigan omillar kiradi. 
Ikkinchi guruh esa XYuSning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan omillaridan 
tashkil topadi. Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inini bu omillarga moslashti-
rish o‘z faoliyatida nazorat qilinmaydigan omillarning talablarini hisob-
ga olgan holda nazorat qilinadigan qismini boshqarish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
Real xo‘jalik amaliyotida baholarni shakllantirishning yuqorida 
ko‘rib o‘tilgan xususiyatlarini inobatga oluvchi yoki olmaydigan baholar 
strategiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning eng muhimla-
rini keltirib o‘tamiz. 
Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog‘ini ajratib olish”) dastlab 
tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda 
sotilishini, keyin esa baho pasaytirilishini ko‘zda tutadi. Bu patent bilan hi-
moyalangan, yangi tovarlarga tegishli. Bunday strategiya joriy talab dara-
jasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosi iste’molchi tomonidan e’tirof 
etilgan tovar sifatining yuqoriligi va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda 
mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga “yorib kirish” strategiyasi 
ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag‘batlantirish maqsadida amal-
ga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik 


181
bo‘lgan bozorlarda samarali bo‘lib, unda sotib oluvchilar baholarning 
pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. XYuS 
ommaviy ishlab chiqarish hiso-bidan baholarning past darajasini ushlab 
turadi. 
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, ular-
ning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning o‘rtacha daraja-
siga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni qo‘llash evaziga 
amalga oshiriladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling