T. S. Malikov


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ichki barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, unda 
faoliyat ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, 
ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. 
O‘z navbatidatashqi barqarorlik XYuSning shunday moliya-
viy holatidirki, u doirasida XYuS faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiy muhit-
ning barqarorligi bilan belgilanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat 
masshtabida rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida erishiladi. 
Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy 
holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirchanligini faol-
lashtirish hisobidan mablag‘lar tushumining ularning xarajat qilinishidan 
ortiqchaligi ta’minlanadi. 
XYuSlar moliyaviy holatining barqarorligi moliyalashtirishda ehti-
yojlarni qondirishning manbalari sifatida o‘z va qarz mablag‘larining 
nisbati asosida hisoblanadigan nisbiy va absolyut ko‘rsatkichlar tizimi 
bilan baholanadi. Yetarli bo‘lmagan moliyaviy barqarorlik XYuSni 
to‘lovga noqobillilikka va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun unda 
mablag‘lar mavjud bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Aksincha, ortiq-
cha moliyaviy barqarorlik esa taraqqiyotga to‘sqinlik qilishga, ortiqcha 
zaxiralar tufayli xarajatlarning og‘irlashuviga sabab bo‘ladi. 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
• o‘z aylanma mablag‘larining summalarini aniqlash va ularning 
dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish; 
zaxiralar, xarajatlar va barcha aylanma aktivlarni shakllantirish 
qismi bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni baholash; 
• moliyaviy barqarorlikning tipini aniqlash. 


246
O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va xarajatlarni shakllantirish-
ning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning 
o‘lchamiga bog‘liq ravishda XYuSlar moliyaviy barqarorligining quyi-
dagi tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
• absolut moliyaviy barqarorlik; 
• sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik; 
nobarqaror moliyaviy ahvol
• krizisli moliyaviy holat. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling