T. S. Malikov


Natijasining muhimligiga ko‘ra


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’-
sirini ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi: 
asosiy omillar
• ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar. 
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYuSlarning moliyaviy barqa-
rorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan 
tarkib topadi: 
• oddiy; 
• murakkab. 
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z 
ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 
• doimiy; 
• vaqtinchalik. 
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va ichki 
guruhi hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga, miqdoriy va sifat 
mazmuniga u yoki bu darajada XYuSning bevosita ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatini aniq aniqlab beradi. 
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi 
asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi: 
• moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni 
boshqarishning taktikasi va strategiyasi
• XYuS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi; 
• ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, 
ularni qisqartirish imkoniyatlari
• ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga layoqatli bozor 
talabiga muvofiqligi; 
• XYuSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar. 
Bu omillarning ta’sirini baholash menejerlarning kasbiy ma-
horatiga, ularning kompetentligiga, ichki va tashqi muhitdagi o‘zga-
rishlar va o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga ko‘p jihatdan 
bog‘liq. 
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga quyidagi-
larni kiritish mumkin: 
• xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri; 
• davlatning soliq va kredit siyosati; 


245
• iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining 
darajasi; 
jamiyatda texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning 
umumiy darajasi; 
• tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi
• XYuS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari; 
• va boshqalar. 
XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga 
bog‘liq ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin: 
ichki barqarorlik
• tashqi barqarorlik; 
• umumiy barqarorlik. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling