T uproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Landshaftlar geofizikasi
landshaftlar geokimyosi
yo‘nalishi shakllandi. Bu yo‘nalishning eng asosiy xususiyati landshaftshunoslikning obyektini geokimyo fani tadqiqot usullar bilan o‘rganishdir. Landshaftlar geofizikasi ham landshaftlar geokimyosi kabi landshaftshunoslikdagi katta bir ilmiy yo‘nalishdir. Landshaftlar geofizikasi landshaftlarga xos bo‘lgan eng umumiy fizikaviy jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi. Bu jarayon va hodisalarning o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlash ham ushbu yo‘nalishning asosiy vazifalaridan biridir. Landashaftlarni o‘rganishda geofizika tadqiqot usullaridan foydalanish landshaftlarning hozirgi holatda dinamikasiga va rivojlanishiga xos bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. Landshaftshunoslikdagi yangi yo‘nalishlardan yana biri tizimli yondoshishdir. O‘z tadqiqot obyektini tizim deb e'tirof etish va uni tadqiq qilishda tizimli yondoshish g‘oyasining tabiiy fanlarga, shu jumladan tabiiy geografiyaga ham kirib kelishi, avstriyalik biolog olim Lyudvig fon Bertalanfi tomonidan 20-asrning 30-yillarida tizimlar umumiy nazariyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu nazariyaning yuzaga kelishi fanlarning bo‘linib ketishi jarayoniga qarama- qarshi ularni bitta umumiy metod yordamida birlashtirish masalasi bilan bog‘liq edi. Haqiqatdan ham, tizimlar umumiy nazariyasi alohida-alohida hodisalarni emas, balki ularning tizimini o‘rganishni, tizimlarni boshqarishning tamoyillarini belgilash va tadqiqot obyektlari bilan o‘xshashliklarini aniqlashni talab qiladi. O‘rganish obyektini tizim deb qarash uchun u asosan to‘rtta talabga javob berishi kerak bo‘ladi: Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling