T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poyezdda ketish etiketi qoidalari
Tayanch iboralar:salonga chiqish; aviakompaniya; biletdagi joy; chekish; tez–tez o’rnidan turish; suhbat qurish; xayrlashish. Nazorat savollari:Samolyot saloniga chiqishda etiketning qaysi qoidalariga rioya qilish kerak? Samolyot salonida o’zini qanday tutish lozim? Samolyotning salonidan chiqishda etiketning qaysi qoidalariga rioya qilinishi shart? Poyezdda ketish etiketi qoidalariHar xil sabablarga ko’ra ba’zi bir vatandoshlarimiz poyezdda safarga borishni yoki sayohat qilishni afzal ko’rishadi. Poyezdda ketishda ham yo’l etiketi qoidalariga rioya qilinishi shart. Vagonga kirishda bortprovodnik va kupega kirganda u yerda o’tirgan yo’lovchilar bilan salomlashish lozim. Poyezd shinavandalari shuni eslaridan chiqarmasliklari kerakki, kupe faqat bir kishi uchun emas, unda ketadigan barcha yo’lovchilar uchun mo’ljallangan. Shu sababli ham o’zlarining kiyim–kechaklarini yechish va joylashtirishdan oldin ushbu haqiqatni hisobga olish lozim. Yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chekish man etilgan vagonda chekishga harakat ham qilmaslik kerak. bundan tashqari vagonning tor koridorida boshqalarga halaqit bermaslik uchun u yoqdan bu yoqqa yuraverish ham mumkin emas. Kupeda nonushta qilishda ham etiket qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozim, chunki kupedagi stol hamma yo’lovchilar uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari qo’shnilarga e’tibor bermasdan ha deb taom iste’mol qilaverish bo’yicha hatti–harakatingiz ketayotgan yo’lovchilarga yoqmasligi va beodoblik sifatida qabul qilinishi mumkin. Xuddi shuningdek, taom qoldiklarini ovqatlangan stol ustida qoldirish yoki kupe oynasini ochib, tashqariga otib yuborish ham madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi. Tinmasdan ko’p gapiraverish ham odamning madaniyati pastligidan darak beradi. Kupeda ketishda va boshqa yo’lovchilar bilan muloqot qilishda, ularning notanish odamlar bo’lishiga qaramaslan, hurmat va xushmuomalalik bilan munosabat qilish lozim bo’ladi. Bu umuminsoniy qoida hyech qachon unutilmasligi kerak. Ko’pchiligimiz esdalik suvenirlarini yaxshi ko’ramiz, lekin kupega qo’yilgan buyum va predmetlarni suvenir sifatida olib ketish qat’iy man etiladi. Poyezdan tushishdan oldin ham har bir yo’lovchi o’zining qiyofasini tartibga keltirishi lozim, ya’ni yuvinish, soqol–mo’lovlarini olish, taranish, toza ko’ynak va boshqa kiyimlarini kiyishi, tushishda esa provodniklar bilan xayirlashish kerak. Shunday qilib, O’zbekiston fuqarosi qaysi mamlakatga qanday transport vositalarida borishidan qat’iy nazar, yuqori madaniyatga ega bo’lgan millatga mansub ekanligini unutmasligi va O’zbekiston to’g’risida salbiy fikrlarning shakllanishiga olib keladigan hatti–harakat va muloqot qilmasligi kerak. Yuqorida ko’rsatilgan yo’l qoidalari respublika bo’yicha safarga chiqadigan yoki sayohat qiladigan biznesmenlarga ham taalluqli. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling