T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Biznes–etiket fanining tushunchalari, predmeti va vazifasi


Download 180.21 Kb.
bet2/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Biznes–etiket fanining tushunchalari, predmeti va vazifasi


  1. Asosiy tushunchalari

Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo’ladi. Xuddi shuningdek, biznes–etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni bilish va mazmunini tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez o’zlashtirishiga imkon beradi. Bu yerda biznes–etiket fanining quyidagi atama va tushunchalarining mohiyati ochib beriladi: biznes, biznesmen, etiket va biznes –etiket.


Biznes iborasi inglizcha “business” co’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda faoliyat, ish, xizmatni bildiradi, keng ma’noda esa tijorat (savdo– sotiq) bilan bog’liq tashabbuskor faoliyat deb talqin qilinadi. Biznes – faoliyat shaxsiy, qarzga yoki kreditga olingan mablag’ hisobidan o’zini xavf ostiga qo’ygan va javobgarligini bo’yniga olgan holda xo’jalik yurituvchi shaxsning kun kechirish, mustaqil bo’lish va foyda olish usuli hisoblanadi.
Biznesmen iborasi inglizcha “businessman” so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda tadbirkor degan ma’noni beradi, amalda esa tijorat, tadbirokorlik yoki savdo–sotiq ishlari bilan shug’ullanadigan shaxsni bildiradi. Agar ushbu atama biznes iborasining mazmuniga nisbatan talqin qilinadigan bo’lsa, biznesmen foyda keltiradigan aylanma kapitalning va foydaning sohibi hisoblanadi. Shunday qilib, biznesmen o’zining qarzga yoki kreditga olgan mablag’lari hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki savdo– sotiq ishlari bo’yicha faoliyat qiladigan va uning natijasi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga to’liq oladigan shaxs hisoblanadi.
Biznesmen bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas. Lekin biznesmen amaldagi biznesga oid xalqaro, o’z millatiga va mamlakatiga xos milliy odob va ahloq hamda yurish–turish qoidalarini yaxshi bilishlari shart. Ushbu qoidalar aynan biznes–etiket fanida o’rganiladi.
Etiket iborasi esa fransuzcha “etiquette”so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda etiketka yoki birkani anglatadi. Keng ma’noda esa o’zini tutish (ahloq, odob), xushmomalalik qoidalari tushuniladi. Etiket iborasi kelib chiqishining o’ziga xos tarixi bo’lib, u Fransiya qiroli Lyudovik XIV davri bilan bevosita bog’liq. Avvallari Fransiyada tovar nomi yozilgan qog’oz yopishtirilib qo’yiladigan qoziqcha etiket deb nomlangan. Keyinchalik shu nom bilan tovar nomi yozilgan qog’ozning o’zi yuritilib boshlagan. Keyinroq Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan birida mehmonlarga “Xulq–atvor”, ya’ni ahloq qoidalari deb yozilgan kartochka tarqatib chiqadi. Kartochka esa etiketka deb nomlangan bo’ladi.
Vaqtning o’tishi va Fransiyada monarxiyaning mustahkamlanishi bilan etiketka so’zi etiket iborasiga, unda yozilgan qoidalar esa ahloq va odob qoidalari deb yuritilib boshlagan. Bugungi kunda etiket iborasi deyarli dunyoning barcha tillarida ishlatiladi. Masalan, rus tili lug’atida etiket – qandaydir jamiyatda o’zini tutish (yurish – turishning) belgilangan tartibi va muomala qilish shakli deb ta’riflanadi.
Jamiyatda shakllangan etiket qoidalari ahloqiy me’yorlar deyiladi. Biznes sohasining ham o’ziga yarasha ahloqiy me’yorlari mavjud. Shu me’yorlarga itoat qilgan holda biznes faoliyatini olib boradigan shaxslar ma’naviy madaniyatli deb hisoblanadi va uarning ishi ijobiy va tez bitadi.
Etiket qoidalari dogma emas, jamiyatning o’zgarishi bilan ular ham o’zgarib va takomillashib boradi: vaqtning o’tishi bilan ularning ba’zi birlari eskirib, qo’llanishdan chiqadi, ularning o’rniga yangi ahloq qoidalari paydo bo’ladi, ba’zi bir qoidalar takomillashib jamiyatdan jamiyatga o’tib boradi. Masalan, salomlashishda qadimiy Xitoy, Mongoliya va Misr xalqlari tomonidan salomlashish so’zlari o’rnida ishlatilgan “Bugun siz ovqatlandingizmi” yoki “Mollaringiz omonmi” so’zlari xozir ishlatilmaydi. Ularning o’rniga so’z bilan yoki qo’l berib salomlashish qoidalari qabul qilingan. Qadim zamonlarda harbiylar metalldan yasalgan sovut, temir qalpoq va qo’lqop kiyishib yurishgan. Ular mehmondorchilikka ham ushbu kiyimda borishgan. Lekin salomlashishda temir qalpog’ini va qo’lqopini yechishgan. Ushbu salomlashish qoidasi takomillashib, bugungi kunda ba’zi bir mamlakatlarda bosh kiyimini olib yoki ozgina ko’tarib salomlashish qoidasiga aylangan. Demak, hozirgi jamiyatdagi etiket qoidalari bundan olin o’tgan jamiyatlarda shakllangan ahloq va odob qoidalari mahsuli hisoblanadi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan biznes va etiket tushunchalarining mohiyatini hisobga olgan holda biznes–etiket tushunchasining mazmunini ochib berish mumkin. Demak, biznes–etiket deganda biznes sohasida yoki biznesmenlar o’rtasida qabul qilingan xalqaro va milliy etiket qoidalariga rioya qilish asosida biznes faoliyati bilan shug’ullanish tushuniladi.
Biznes–etiket kasbiy etiketning aniq bir turi bo’lib, umumfuqarolik axloq va odob qoidalaridan farq qiladi. Biznes–etiket qoidalari ham vaqtning o’tishi bilan qo’llanishdan chiqib, o’zgarib va takomillashib boradi. Etiket qoidalarining bunday xususiyatiga etiketning o’zgaruvchanligi deyiladi. Biznes, ayniqsa xalqaro biznes, diplomatiya, umumfuqarolik va boshqa sohalarda ba’zi bir etiket qoidalari, masalan, ovqatlanish etiketi qoidalari, bir xil bo’ladi. Etiket qoidalarining barcha
sohalarida bir xil qo’llanishi ularning universalligi deyiladi. Ba’zi bir etiket qoidalarining bir jamiyatdan kelguvsisiga o’zgarmay o’tishi etiketning doimiyligi deb nomlanadi. O’zbekistonda biznes faoliyatini olib borish o’zbek urf–odat qoidalari bilan boyitilgan Yevropa xalqaro biznes–etiket qoidalariga asoslanadi.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling