T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet5/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


ijtimoiy va siyosiy dunyoqarash; ajralib chiqish va fanlar tutashgan joyi; dinshunoslik va ruhshunoslik; madaniyatshunoslik va falsafa.


Nazorat savollari:





  1. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari fanlarining soni va maqsadini bilasizmi?

  2. Yangi fanlar qanday paydo bo’lishi mumkin?

  3. Biznes–etiket fanining dinshunoslik fani bilan bog’liq joyi nimada?

  4. Madaniyatshunoslik va ruhshunoslik fanlarining biznes–etiket fani bilan aloqasi nimada?

  5. Falsafa va biznes–etiket fanlarining predmetlarini qanday masalalar tashkil qiladi?



  1. Etiket turlari va biznes etiket


    1. Etiket turlari

Jamiyatdan ajralgan holda odam bir o’zi hyech qachon va hyech qayerda yashay olmaydi. Agar u boshqa odamlar bilan aloqa qilmasa, o’z fikrlarini boshqalarga izhor etmasa, xursandchilik va qayg’u – g’amlarini boshqalar bilan baham ko’rmasa, uni hyech qanday boylik ham, metin sog’liq ham baxtli qila olmaydi. Lekin jamiyatda yashash qator rasm– rusumlarga itoat qilishni talab qiladi, chunki odamlarning o’zaro munosabat qilishi, yurish–turish madaniyati insonlar tomonidan ming yillar davomida shakllangan ma’lum bir qoidalarga asoslanadi. Odamlarning bir–birlari bilan o’zaro munosabatga tushish va yurish–turish qoidalari Fransiya qiroli Lyudovik XIV tufayli etiket nomini olgan. Ma’naviy madaniyatli biznesmenlar uchun etiket qoidalarini faqat bilish


kifoya qilmaydi. Ularni yoshlikdan butun umri bo’yicha o’rganish va rioya qilish kerak.
Ushbu bandda etiket turlari, Biznes–etiketning mohiyati to’laroq ochib beriladi. Etiket odamlarning o’zaro munosabatga tushish va yurish– turish modelini tuzish uchun zarur bo’lgan simvollar va belgilar tizimidan iborat bo’ladi. Har bir sosial soha modelini belgilaydigan etiket qoidalari mavjud bo’lib, ular quyidagilarga bo’linadi: umumfuqarolik etiketi, saroy etiketi, diplomatik etiket va harbiy etiket.
Umumfuqarolik etiketi – bu barcha fuqarolarning bir–birlari bilan turli vaziyatlarda uchrashuvida rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidalar va rasm–rusumlar majmui hisoblanadi. Umumfuqarolik etiketiga o’z xizmatlari doiralaridan tashqari paytlarda diplomatik, davlat arboblari, harbiy xodimlar ham itoat qilishadi.
Saroy etiketi deganda davlat saroylarida o’rnatilgan qoida va rasm– rusumlar tushunilib, ularga davlat boshqaruv idoralari xodimlari tomonidan itoat qilinadi.
Diplomatik etiket – bu diplomatlarning va boshqa davlat rasmiy shaxslarining turli diplomatik qabul va marosimlarda, rasmiy tashriflarda va muzokaralarda bir–birlari bilan munosabatga tushish va o’zini tutish qoidalarining majmuidir. Bu qoidalarga diplomatiya xodimlari va rasmiy shaxslar tomonidan qat’iy itoat qilinadi.
Harbiy etiket deganda armiya xizmati doirasida harbiylar tomonidan itoat qilinishi kerak bo’lgan o’zaro munosabatga tushish va yurish –turish qoidalari tushuniladi.
Xizmat turlari sohalarida, shu jumladan biznes sohasida, xizmat etiketi qoidalariga amal qilinadi. Biznes–etiket umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, biznes sohasida ishlaydigan xodimlarning xizmat yuzasidan turli vaziyatlarda uchrashuvlarda o’zaro munosabatga tushish va yurish–turish qoidalarini bildiradi.
Biznes–etiket biznesmenlarning turli xizmat vaziyatlarida so’zlashish (gaplashish) mohirligini, ularning o’zlarini tutish (yurish-turish) va kiyinish tarzini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari biznes–etiket qoidalarida kasb – mehnat muomalasi bilan bog’liq salomlashish, tanishish va tanishtirish, sovg’alarni tortiq qilish, kutib olish, hamkor va hamkasblari bilan suhbatlar o’tkazish, telefonda gaplashish, ovqatlanish stoli atrofida o’zini tutish va boshqalarning izzat-nafsiga tegmasdan bahslashish kabi masalalarga katta e’tibor beriladi.
Xushmuomalalik, hulq–atvor qoidalarini bilmaydigan, bilsa ham ularga itoat qilmaydigan biznesmen nafaqat o’ziga, ota–onasiga va ularga
aloqador bo’lgan barcha kishilarga isnod keltiradi. Jamiyatda biznes sohasida yuqori martabaga erishish, ommaviy hurmatga, izzat–ikromga sazovor bo’lish uchun nafaqat biznes–etiket qoidalarini, jamiyatda o’rnatilgan barcha umumfuqarolik qoidalarini o’rganishlari va ularga rioya qilib, faoliyat ko’rsatishlari lozim.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling