T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet8/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


ijobiy taassurot, imij, imijmeyker.


Nazorat savollari:


      1. Nima sababdan biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirish va mavqyeini oshirish uchun harakat qilishlari kerak?

      2. Imij iborasi qaysi tildan olingan va uning tom va keng ma’nosi qanday?

      3. Imijni shakllantirishda reklama vositasining va tanish– bilishlarning qanday ahamiyati bor?

      4. Imijmeyker qanday ishlar bilan shug’ullanadi?



    1. Ijobiy taassurot qoldirish yo’llari


Biznes bilan shug’ullanadigan va shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar uchun hamkorlari, suhbatdoshlari va halq fikrida ijobiy tasavvur qoldirish juda ham katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi birinchi tasavvur qanday bo’lsa, uni ishi shunday ketadi: ijobiy bo’lsa - samarali, salbiy bo’lsa - samarasiz, chunki har qanday biznesmenning imiji o’zining hamkorlari va suhbatdoshlari fikrida qoldirgan taassurot bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Biznesmenlar to’g’risida birinchi tasavvurning shakllanishi uchun atigi 10 – 15 sek kifoya qiladi. Agar ana shu vaqt ichida biznesmen o’zi to’g’risida ijobiy tasavvur qoldirgan bo’lsa, uning imiji shakllanib va boyib boradi va sohibi uchun xizmat qiladi. Ana shu 15 sek davomida shakllangan salbiy tasavvurni ijobiyga aylantirish uchun bir umr ham yetmasligi mumkin. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirish uchun amalda qator qoidalarga itoat qilish lozim. Ular quyidagilardan iborat:



  • hamkorlar yoki boshqa suhbatdoshlar bilan birinchi marta uchrashganda aytiladigan so’zlarning eng kamida 10 – 15 tasi juda ham salmoqli bo’lishi, ishonchli va ravon talaffuz qilinishi lozim. Uchrashuvning boshlanishidayoq minnatdorchilik bildirish ham suhbatdosh fikrida yaxshi tasavvur qoldiradi, uning ko’nglini “yumshatadi” va suhbatni xushmuomalalik bilan olib borishga chorlaydi. Minnatdorchilik ham yaxshi so’zlar bilan adabiy tilda izhor etilishi lozim. Minnatdorchilik turli shakllarda bildirilishi mumkin, masalan, “Men bilan uchrashish uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik bildiraman”, yoki “Siz bilan uchrashganimdan juda ham

xursandman”, yoki hamkor tanish bo’lsa, “Yana ko’rishganimdan juda ham xursandman” va hokazo;

  • suhbat o’tkazilayotgan joyda suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa kishilar ham bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda siz nafaqat suhbatdoshingizda, boshqa kishilar fikrida ham o’zingiz to’g’risida ijobiy tasavvur qoldirishga harakat qilishingiz kerak. Suhbatdoshda va boshqalar fikrida yaxshi tasavvur qoldirishning eng samarali usullaridan yana biri ochiq chehra bilan muloqotga tushishdir. Shuning uchun ham salomlashish, hol–ahvol so’rashda va minnatdorchilik bildirishda suhbatdoshning ko’ziga qarab, kulib gapirish lozim. Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so’zlarni tanlab, kulib gapirish biznesmenning dadil va serg’ayratligidan darak beradi. Agar boshqalar sizning so’zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi;

  • dadil harakat qiladigan va serg’ayrat kishilar odamlarning aksariyatiga juda ham yoqadi. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirishda shinam qadam tashlab yurishning ham ahamiyati katta. Binoga yoki ofisga kirasizmi, yoki birovni qarshi olasizmi, qadamlarni chiroyli bosish, jonli va serg’ayrat harakat qilish lozim. Ish davomida juda charchagan bo’lsangiz ham uni boshqalarga bildirmang, ishning oxirida ham serg’ayrat va jonli harakat qilishga harakat qiling. Hamkasblar, hamkorlar va boshqalar ham bu harakatingizni albatta ijobiy baholaydi;

  • biznesmen to’g’risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi umumiy tasavvurning deyarli 80 – 90 % uning tashqi qiyofasining hissasiga to’g’ri keladi, chunki soqol–mo’ylovlarining olinishiga, sochlarining taralishiga, kiyimiga, uning tozaligiga va kiyilishiga katta ahamiyat beriladi. Etiket qoidalariga ko’ra biznesmen soqol–mo’ylovlari qirtishlab, sochlari esa qisqa olingan, taralishi yuz tuzilishiga mos kelgan, taqinchoqlari (soat, bilaguzuklarlari va uzuklari) o’ziga yarashgan bo’lishi shart. Ayol biznesmenlarning taqinchoqlari rangi va kattaligi bo’yicha boshqalarning diqqatini tortmaydigan va husniga husn qo’shadigan bo’lishi lozim.

Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta. Tuflilar yarqiragan holatgacha tozalangan bo’lib, xuddi yangiga o’xshab turgan bo’lishi kerak. Erkaklar paypog’i boldirni yopib turadigan, ayollar kalgotkalari esa yirtilmagan bo’lishi shart.

Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling