T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet10/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


yomon odat; kerakli so’z va gaplar; ko’cha va jargon so’zlari; miyig’idan kulish; tashqi ko’rinish; saqich chaynash; qo’lni cho’ntakda ushlash va teginish.




Nazorat savollari





  1. Biznesmen to’g’risida yomon taassurot qoldirishga olib keluvchi omillarni aytib bering?

  2. Nima uchun suhbat davrida ko’cha va jargon so’zlarni ishlatmaslik kerak?

  3. Kulishning qaysi shakli biznesmenlar to’g’risida yomon taassurot qoldiradi?

  4. Tashqi qiyofa elementlarining qaysi holati biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir ko’rsatadi?

  5. Ish davrida va uchrashuvlarda saqich chaynash hamda qo’l bilan teginish biznesmenlar to’g’risida qanday taassurot qoldiradi?
  1. Biznesmenlar kiyimlari va ularning imijini shakllantirishdagi ahamiyati


    1. Tashqi ko’rinish to’g’risida tushuncha

Bundan oldin ta’kidlanganidek, biznesmen to’g’risidagi birinchi tasavvur tashqi ko’rinish elementlari holatining majmui bo’yicha shakllanadi. Tashqi ko’rinish deganda biznesmenlarga birinchi qarashdayoq ko’zga yaqqol tashlanadigan elementlar holatining majmui tushuniladi.


Agar biznesmen tashqi ko’rinishi yaxshi bo’lsa, u to’g’risida faqat ijobiy taassurot shakllanadi, yomon bo’lsa salbiy fikr paydo bo’ladi. Nafis tashqi ko’rinishga ega bo’lgan biznesmenlar bilan birinchi martadanoq yaxshi munosabat qilishadi, yomon tashqi ko’rinishga ega bo’lgan biznesmenlarni esa yomon qabul qilishadi. “Kiyimiga qarab kutib oladi, aqliga qarab kuzatib qo’yadi” degan halq maqoli buni yaqqol tasdiqlaydi. Tashqi ko’rinish bo’yicha 10 – 15 sek. davomida shakllangan taassurot madaniyatli biznesmenga butun umri bo’yicha xizmat qiladi.
Tashqi ko’rinish qator elementlardan tashkil topadi. Ularni chehra, soch, soqol, mo’ylov, ustki ish kiyimi, oyoq kiyimi, galstuk, noski va turli taqinchoqlar tashkil qiladi.
Insonning tashqi ko’rinishini tashkil qiluvchi elementlarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga chehra, soch, soqol, mo’ylov va tirnoqlarni, ikkinchi guruhga esa ustki kiyimini (kostyum), ko’ylak, galstukni, oyoq kiyimi va paypoqni hamda taqinchoqlarni kiritish mumkin. Tashqi ko’rinishning birinchi guruh elementlari biznesmenning tashqi qiyofasini belgilaydi va ikkinchi guruh elementlari bilan bir qatorda biznesmenlar kasbiy imijini shakllantirishda katta rol o’ynaydi.
Agar siz hamkorlaringizda, hamkasblaringizda va boshqa suhbatdosh-laringizda o’zingiz to’g’ringizda yaxshi tasavvur qoldirmoqchi bo’lsangiz, tashqi qiyofangiz, kiyimingiz va kiyinishingiz to’g’risida o’ylab ko’rishingiz shart.
Soqol–mo’ylovlari olingan yoki nafis shaklga keltirilgan qiyofaga ega bo’lish, qaddi–qomatiga, yuz tuzilishiga to’g’ri keladigan, bichilishi, tikilishi va rangi bo’yicha bugungi kun modasi talablariga javob beradigan kiyimni kiyib ishlash, xushmuomalali muloqot qilish biznesmenlarning hamkasblariga, hamkorlariga va suhbatdoshlariga ko’rsatadigan hurmat belgilaridan biri hisoblanadi va biznesmen to’g’risida ishonch hosil qilishga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, sifatli tashqi ko’rinishiga qarab baholanadigan biznesmenning o’zi tovar. Shunday ekan, madaniyatli biznesmen o’zining yasanib va bezanib yurishiga katta ahamiyat berishi lozim.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling