T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo’yiladigan talablar
Tayanch iboralar:tashqi ko’rinish; ko’rinish elementlari; qiyofa; kiyim va kiyinish. Nazorat savollari:Tashqi ko’rinish deganda nimani tushunasiz? Tashqi ko’rinish qanday elementlardan tashkil topadi? Tashqi qiyofa deganda nimani tushunasiz? Biznesmen to’g’risida yaxshi taassurot qoldirishda tashqi qiyofaning, kiyim va kiyinishning qanday ahamiyati bor? Biznesmenlar tashqi qiyofasiga qo’yiladigan talablarAgar avvallari biznes bilan yurtimizda faqat erkak kishilar shug’ullanib kelishgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, biznes bilan shug’ullanadigan kishilarning sosial holati keskin o’zgarmoqda: ularning soni ayol biznesmenlar hisobidan ortib bormoqda. Shu boisdan ham ushbu bobda nafaqat erkaklarning, ayol biznesmenlarning ham tashqi qiyofalari, ish kiyimlarga va kiyinishiga qo’yiladigan talablar ko’rib chiqiladi. Biznesmenlar uchun soch o’zining tabiatdan belgilangan funksiyasini bajarishdan tashqari ular tashqi qiyofasining bezagi sifatida ham qaraladi, chunki parvarish qilingan soch biznesmenning ijobiy imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Erkak biznesmenlarning sochlari kalta, mo’ylovi esa qirtishlab olingan bo’lishi lozim. Sharqona etiket qoidalariga ko’ra soqol va mo’ylovlar qo’yilgan holda ham biznes bilan shug’ullanish mumkin. Bunday hollarda soqol– mo’ylovlar kalta olingan va ularni biznesmen yuziga yarashadigan ma’lum bir shakl berilgan bo’lishi lozim. Soch va soqol–mo’ylovlar doimo parvarish qilinib borilishi kerak: muntazam ravishda boshni yuvish, soch, soqol va mo’ylovlarni kalta kesib, shaklini tekislab borish lozim; bundan tashqari soqol – mo’ylovlarni olishda hidi uncha baland bo’lmagan loson va odekalonlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, biznesmenning qaysi jinsga mansubligidan qat’iy nazar, tirnoqlarini doimo nazorat qilib borishlari, tirnoq tagida kirning to’planib qolishiga aslo yo’l qo’ymasliklari lozim. Yevropacha biznes–etiket qoidalariga ko’ra erkaklar ham o’z tirnoqlarini manikyur qilishlari mumkin, lekin sharqona etiket qoidalari tirnoqni doimo qisqa qilib olib yurishni va bo’yamaslikni tavsiya qiladi. Ayol biznesmenlar uchun soch – bu hammasi. Bu ayol kishilarning husniga husn qo’shishdan tashqari, yuz tuzilishidagi kamchimliklarni ham bildirmaydi. Shu sababli ham basharasiga va qaddi–qomatiga yarashadigan pricheska ayol biznesmenlarning kasbiy imiji uchun xizmat qiladi. Yevropacha biznes–etiket qoidalariga ko’ra ayol biznesmenlarning sochlari yelkasigacha tushgan yoki undan kaltaroq qilib ham kesilgan hamda uzun ham bo’lishi mumkin. Sochni kesmaslik sharqona qoidalarga ham to’g’ri keladi. Ayollar sochining parvarishiga qo’yiladigan asosiy talablarda biri uni muntazam ravishda yuvib turish va jilva berish hisoblanadi. Ayol biznesmen sochi doimo tovlanib turishi lozim. Albatta, sochning natural rangini saqlashga harakat qilish kerak. Agar sochni boshqa ranga bo’yash zarur bo’lsa, rang faqat husnga husn qo’shadigan bo’lishi shart. Bunda ham soch butkul bir xil rangga bo’yalishi kerak. Har xil ranglarga bo’yalgan soch sohibiga jiddiy biznesmen sifatida qarashmaydi. Ayol biznesmenlar har kuni tirnoqlarini uncha yarqiramagan lak bilan bo’yab turishlari, tirnoqlarining tagini tozalashlari va tirnoqlar atrofidagi o’simtalarni olib tashlashlari lozim. Albatta, ayol biznesmenlar tashqi qiyofasining shakllanishida uning qulog’iga taqiladigan taqinchoqlarning ham ahamiyati judda katta. Ularning biznesmen ayollar imijiga ta’siri ushbu bobning kelgusi bandlarida ko’rib chiqiladi. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling