T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet13/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


kostyum va kostyum materiali; bir va ikki bortli kostyum; tugmalar; kostyum shimi; nimcha (jiletka).


Nazorat savollari:


        1. Kiyilishiga qarab biznesmen kostyumi qaysilarga bo’linadi?

        2. Kostyum materiallariga qanday talablar qo’yiladi?

        3. Bir va ikki bortli kostyumlar bir–biridan nima bilan farq qiladi?

        4. Kostyum tugmalarining o’tkazilib yurilishi vaziyatlarga bog’liqmi?

        5. Kostyum shimi va nimchasi (jiletkasi) qanday kiyilishi kerak?



      1. Erkak biznesmenlar ko’ynagi va galstugi


Yuqorida ta’kidlanganidek, biznesmenlarning ko’rsatib o’tilgan ish kostyumlari ularga munosib bo’lgan ko’ylak va galstuk bilan kiyiladi. Firma kiyimlari joriy etilgan biznes korxonalarida, bundan oldin ta’kidlanganidek, kostyumlar bilan kiyish uchun yengi uzun manjetli va ko’krak cho’ntagi bo’lmagan oq va och havo rangli ko’ylak tavsiya qilinadi. Umuman olganda, ko’ylakning rangi biznes korxonasida qabul qilingan firma ish kiyimining ruxsat berilgan rangiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi bir biznes korxonalarida yo’l–yo’l ko’ylak kiyib ishlashga ham ruxsat beriladi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, oq ko’ylak kiyimga va ish sharoitiga tantalik kasb etsa, och havo rang ko’ylak esa ishga mansubligini ko’rsatadi.


Ko’ylaklar yoqalarining uchlari tugmaga o’tkaziladigan yoki o’tkazilmay-digan bo’lishi ham mumkin. Albatta, birinchi turdagi ko’ylaklar nazokatli ko’rinadi. Ularni ish hamda sport kostyumlari bilan ham kiyish mumkin.
Guldor, rasmli va rangdor ko’ylak hamda galstuk biznesmenlar to’g’risida faqat yengiltaklik imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Biznesmenlar ko’ylaklarini kiyishga ham qator talablar qo’yiladi. Bu yerda ulardan faqat ikkitasi keltiriladi: birinchidan, mayka bilan kiyilishi kerak, chunki mayka ko’ylak va kostyumni yomon hiddan, badanni esa ko’ylak materiali bilan bezovta bo’lishdan saqlaydi, shuningdek, mayka ustidan kiyilgan ko’ylakning shakli uzoq va yaxshi saqlanadi; ikkinchidan, ko’ylakning yoqasi ish kostyumi pidjagi yoqasidan 1.0 – 1.5, ko’ylak yengining manjetkasi esa kostyum yengidan 1.5 – 2.0 sm chiqib turishi lozim.
Ta’kidlanganidek, galstuk biznesmen kostyumi ansamblini shakllantiradigan asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Uning rangi kostyum va ko’ylak ranglariga qarab tanlanadi. Bundan tashqari, uning uzunligiga, kengligiga hamda bir xil rangliligiga ham e’tibor beriladi.
Galstuk ko’zga yaqqol tashlanadigan rangli yoki guldor bo’lmasligi kerak. Uning rangi kostyum rangidan biroz ochiqroq, ko’ylak rangidan esa biroz pastroq bo’lishi lozim. Uzunligi bo’yicha esa uning uchi shim kamari to’qasining ustiga tushib turishi lozim. Kostyum shimini podtyajka (tasma) bilan kiyadigan biznesmenlarning galstugi shimning kamari ustiga tushib turadigan bo’lishi kerak. Galstuk kostyum yoqalari o’rtasida ko’rinib turgan ko’ylak yuzasini yopmasligi kerak, shuning uchun ham biznesmenlarga bir tonli va kengligi 7 – 9 sm bo’ladigan galstuklar tavsiya qilinadi.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling