T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tufli, paypoq, kamar va aksessuarlar
Tayanch iboralar:ko’ylak rangi; ko’ylak yoqasi uchi; kiyilishi; galstuk; uzunligi, kengligi, rangi. Nazorat savollari:Biznesmenlar ko’ylagi qanday bo’lishi kerak? Ko’ylakni kiyib yurishga qanday talablar qo’yiladi? Galstuk qaysi ko’rsatkichlari bo’yicha tanlanadi? Galstuk rangiga, uzunligiga va kengligiga qanday talablar qo’yiladi? Tufli, paypoq, kamar va aksessuarlarTuflining rangi biznesmen kostyumining rangiga qarab tanlanadi. Bundan oldin tavsiya etilgan biznesmenlarning ish kostyumlari asosan qora rangli tufli bilan kiyiladi. Tufli natural charmdan tikilgan bo’lishi kerak. Butun ish davrida yarqiratib tozalangan tuflida yurish tavsiya etiladi. Biznes tajribasida qo’ng’ir rangli kostyumda va tuflida ishga kelish yengiltaklik belgisi hisoblanadi. Ish joyida har qanday ehtimolga qarshi tuflini tozalash uchun krem, cho’tka va baxmal latta bo’lishi kerak. Kostyumga tanlangan tufli paypoq bilan kiyiladi. Paypoq rangi esa kostyum rangiga qarab tanlanadi. Paypoqning rangi kostyum rangidan biroz pastroq bo’lishi lozim. Paypoq uzunligi bo’yicha boldirni yopib turishi va o’tirganda oyoqning ochiq joyi ko’rinmasligi kerak. Biznesmen har kuni yangi yoki yuvilgan paypoqda ishga kelishi lozim. Har qanday vaziyatda ham ish joyida krem va cho’tkadan tashqari toza paypoq ham bo’lishi kerak. Oq paypoqda ishga kelish biznesmenlar uchun yengiltaklik hisoblanadi. Kostyum shimining kamari ham natural charmdan tayyorlanga va qora rangli bo’lishi kerak. Biznesmenlar tajribasida qo’lidagi taqinchoqlar ham katta ahamiyatga ega. Erkak biznesmenlar panjalarida uylanganlik to’g’risidagi uzukdan tashqari yana bitta uzukka ruxsat beriladi. U ham bo’lsa, rangi va o’lchami bo’yicha yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi kerak. Soat ham biznesmenning asosiy aksessuarlaridan biri hisoblanadi va uning imijini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Biznesmen soati qimmatbaho va sifatli bo’lishi shart. Biznesmenlar soati uchun natural charmdan tayrlangan yoki oqartirilgan temir tasma tavsiya qilinadi. Ruchka erkak biznesmen uchun yozuv quroli sifatida xizmat qilishidan tashqari, asosiy aksessuarlardan biri hisoblanib, uning imijini shakllantirishda yoki mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Uning uchun biznesmen avtoruchkasi qimmatbaho va sifatli, original bo’lishi shart. Ko’krak cho’ntagi ro’molchasi biznesmen kostyumiga tugallangan ko’rinish beradi va shu sababli kostyum uchun asosiy qo’shimcha elementlardan biri hisoblanadi. Lekin nufuzli biznes korxonalarida ko’krak cho’ntagi ro’molchasi bilan ishga kelish amalda qabul qilinmagan. U asosan ishdan keyin tashkil qilinadigan uchrashuvlarda taqilishi mumkin. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling