T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Biznes korxonalarida so’zlashishga qo’yiladigan etik talablar


Download 180.21 Kb.
bet22/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Biznes korxonalarida so’zlashishga qo’yiladigan etik talablar


  1. Muloqot vositalari

Hayotda har kuni ko’chada, jamoat joylarida, hatto o’quv muassasalarida va oilada hamda xizmat ko’rsatish korxonalarida qo’pol va dag’al, hatto xotin–qizlarga nisbatan surbetlarcha munosabat qilishning guvohi bo’lamiz. Odamlarning bir–birlariga nisbatan bunday qo’pol muloqot qilishi ular ma’naviy saviyasining pastligi va munosabatga tushish vositalaridan to’g’ri foydalanaolmasliklarining natijasidir.


Odamlar o’rtasidagi muloqot qoidalarining asosini so’zlar, ovoz ohangi, bir–birlariga qarab boqish va imo–ishoralar tashkil qiladi. Ular maxsus adabiyotlarda insoniy munosabat vositalari yoki belgisi deb nomlanadi. Odamlarning bir–birlariga qarab-boqishi, so’zlarni tanlab ishlatishi va talaffuz qilish ohangiga qarab ular to’g’risida juda ham ko’p narsani bilib olish mumkin.
So’z munosabatga tushish vositalarining eng muhimi hisoblanadi. So’zlar orqali odamlar bir–birlariga jipslashadi, jamiyat va odamlar faoliyati boshqariladi, kerakli ma’lumotlar olinadi, ta’lim tarbiya ishlari amalga oshiriladi. So’z orqali bir–birlariga bo’lgan munosabatlarini,
shodu–hurramliklarini, his-tuyg’ularini, fikr–takliflarini, yo’l–yo’riqlarini dunyoqarashlarini va hatti – harkatlarini ifodalaydi.
O’zaro munosabatning asosiy vositasi sifatida biznesmenlar uchun so’zning ahamiyati juda ham katta. So’zlarning ahamiyati ularni tanlab talaffuz qilish bilan bevosita bog’liq. Ba’zi bir so’zlar juda ham yoqimli, nazokatli, muloyim, suhbatdoshning qo’log’iga yoqadigan va kayfiyatini ko’taradigan bo’ladi; ba’zilari esa, qo’pol, dag’al, ko’ngilni qoldiradigan, kayfiyatni buzadigan bo’lishi mumkin. Shu sababli ham madaniy biznes munosabatlarida aytiladigan so’zlarning ma’nosiga, yoqimli so’zlarni tanlab ishlatishga, ularning mazmunini yetkazish ohangiga, qarab– boqishiga, yuzi va ko’zining holatiga, imo–ishoralarga katta ahamiyat berish talab qilinadi, chunki yomon so’z, imo–ishoralar va qarab–boqishlar muloqot ishtirokchilarining ko’nglini “jarohatlashi” ochiq chehra va nazokat bilan aytilgan so’zlar esa suhbatdosh ko’nglini “davolash” va kayfiyatini yaxshilash xususiyatiga ega.
Biznesmenlarning bir–birlari va hamkorlari bilan qiladigan munosabatlari fikrning ravon bayon etilishini, qo’llanishdan chiqgan ko’cha so’zlarini hamda suhbatdosh ko’nglini ranjitadigan va behayo iboralarni ishlatmaslikni, nojo’ya gaplarni gapirmaslikni, sheva so’zlarni ishlatmaslikni, o’z fikrlarini faqat adabiy tilda bayon etishni hamda so’zlashishning neytral uslublaridan foydalanishni talab qiladi. Bundan tashqari o’zaro va rasman munosabatlarda suhbatdoshning lavozimini, yoshini, jinsini, dinini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda muloqot qilish lozim.
Muomala qilish madaniyati biznesmenlardan bir–birlarining fikrlarini buzmasdan oxirigacha tinglashni va tinglash davrida chehrasining ochiq bo’lishini va barcha hatti–harakati bilan suhbatdoshga bo’lgan hurmatini o’zining chehrasida va hatti–harakatlarida ifodalab turishlarini taqozo qiladi.
Ma’naviy madaniyatli va ma’rifatli biznesmenlar hamda hamkorlar o’rtasidagi muloqot tarzi butun bir san’at hisoblanadi. Shuning uchun tomonlarning muomala qilishiga qarab suhbatdoshning madaniyati, saviyasi to’g’risida aniq ma’lumotlar olish mumkin. Madaniyatli va yuqori saviyali biznesmenlar o’rtasida bo’ladigan muloqot boshqa tinglovchilar uchun katta maktab bo’ladi desa xato bo’lmaydi.
So’zlardan tashkil topgan gaplar mazmuni muloqot davrida suhbatdoshga har xil (yuqori, past, goho yuqori, goho past, baqiriq, uzik– uzik) ohanglar yordamida suhbatdoshga yetkaziladi. Biznesmenlarning suhbatlashishida, bahslashishida, savollarga javob berishida, birovlarning
fikrini mulohaza qilishida va tarbiyaviy jarayonlarni olib borishida ovoz ohangi katta ahamiyatga ega, chunki to’g’ri va joyida ishlatilgan so’zlar ham jahl bilan, mensimay, ya’ni kamsitib yoki qo’pol holda talaffuz qilinganda dilga ozor beradi, suhbatdosh va boshqa muloqot ishtirokchilarida yomon taassurot qoldiradi. Ohangi me’yorida talaffuz qilingan yoqimli va to’g’ri so’zlar suhbatdoshga dalda beradi, kayfiyatni ko’taradi, ya’ni qo’llab–quvvatlash siriga ega. Shu boisdan ham muloqot qilish davrida gapiriladigan gaplar ohangiga katta e’tibor berish lozim.
Biznesmenlarning bir–birlari va rahbar xodimlarning qo’l ostidagi kishilar bilan muloqotga tushishida qarab–boqishlar ham juda katta ahamiyatga ega, chunki ochiq tabassumli chehra va xushmuomalalik suhbatdosh ko’nglining ochiqligidan va sizga nisbatan hyech qanday g’arazi yo’qligidan darak beradi. Yomon qarashlar va xumraygan chehra odamning badjahlligi, tajangligi va siz bilan gaplashish hohishi yo’qligi belgisi hisoblanadi.
Imo–ishoralar ham biznesmenlarning hamkasblari, hamkorlari va boshqa kishilar bilan munosabatga tushishda katta ahamiyatga ega. Imo– ishoralar odamlar his–tuyg’ularining, fikr va kayfiyatlarining ovozsiz “tili” deb ataladi. Ular ham ochiq ko’ngilli, xafa qiladigan, chiroyli yoki qo’pol bo’lishi, moyillik yoki xushko’rmaslikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, muloqot davrida imo-ishoralardan ko’p foydalanish odamning hovliqmaligi, o’zini tutaolmasligi, tajang va yig’noq fikrsizligining belgisi hisoblanadi. Xuddi shuningdek muloqot davrida gavdaning holatiga ham e’tibor berish, uning g’ayriixtiyoriy holatda bo’lishiga yo’l quymaslik, qashinmaslik, hatto oilada ham ochiq esnamaslik, muloqot joylarida tuplamaslik, nos yoki sigaret chekmaslik kerak, chunki bunday hatti– harakatlar o’ta madaniyatsizlik va boshqalarga nisbatan hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Shu boisdan biznesmenlar muloqot vositalarining ushbu vositalaridan juda ham ehtiyotlik bilan foydalanishlari kerak.
Xatosiz, kerakli joyida, to’g’ri va adabiy tilda talaffuz qilingan so’zlar muloqotni yana ham zebi–ziynatli, tushunarli va ta’sirli qiladi.
Biznes, korxonalarida bo’ladigan muloqotni quyidagilarga bo’lish mumkin:

  • binesmenlarning bir–birlari bilan muloqoti;

  • xizmat iste’molchilarining biznesmenlar bilan muloqoti;

  • biznesmenlar va biznes korxona rahbarlari o’rtasidagi muloqot;

  • ushbu korxona biznesmenlarining boshqa biznesmenlar bilan muloqoti.

Kim kim bilan muloqotga tushishidan qat’iy nazar, ikki tomon ham muloqot vositalaridan to’g’ri foydalanishlari va muloqot davrida umuminsoniy munosabat qoidalariga itoat qilishlari shart.

Tayanch iboralar:


qo’pol, dag’al; muloqot qoidalari asosi; so’z; ravon, qo’llanishdan chiqgan, qo’cha so’zlari; san’at; so’z ohangi; qarab boqishlar; imo– ishoralar.


Nazorat savollari:


      1. Muloqot qoidalarining asosini nimalar tashqil qiladi?

      2. So’zning ahamiyati nimada?

      3. Biznesmenlarning bir–birlari va hamkorlari bilan muloqot qilishi qanday talablarga asoslanadi?

      4. O’zaro rasman munosabatlarda suhbatdoshlarning qaysi xususiyatlari hisobga olinadi?

      5. Muomala qilish madaniyati biznesmenlar chehrasiga qanday talablar qo’yadi?

      6. Suhbatdoshlarning muomala qilishiga qarab nima to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin?

      7. Biznesmenlar uchun so’z ohangi qanday ahamiyatga ega?

      8. Biznesmenlar uchun o’zaro va rahbar xodimlar bilan muloqotga tushishda qarab - boqishlar qanday ahamiyatga ega?

      9. Fikr va kayfiyatlarning ovozsiz tili deb nimalarga aytiladi va ularning biznesmenlar uchun qanday ahamiyati bor?

      10. Muloqot qilish davrida biznesmenlar yana nimalarga e’tibor berishlari kerak?




    1. Download 180.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling