T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona faoliyatini boshqarishning etik me’yorlari
Tayanch iboralar:korxona, biznes–korxona, foyda (daromad), biznes korxona etikasi, o’tish davri, barqaror iqtisodiyot. Nazorat savollari:Korxona deganda nimani tushunasiz? Biznes–korxona deganda qanday korxona tushuniladi? Biznes–korxonaning etikasini qaysi ahloqiy mezon va me’yorlar tashkil qiladi? Biznes–korxona etik me’yorlariga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? Biznes–korxonaning sosial javobgarligi deganda nima tushuniladi? Korxona faoliyatini boshqarishning etik me’yorlariBiznes korxonaning etikaviy boshqarilishi davlat qonunlarida belgilanmagan ahloqiy munosabatlar etik me’yorlari yordamida amalga oshiriladi. Etik me’yorlar deganda etika qadriyatlari va qoidalari tushuniladi. Korxona xodimlari o’z faoliyati davrida ularga rioya qilishlari lozim. Etik qoidalar huquq va majburiyatlarni hamda majburiyatlarini bajarmaganligi yoki huquq doirasidan chetga chiqqanligi uchun javobgarlikni o’z ichiga oladi. Demokratiya tamoyillariga asoslanib faoliyat ko’rsatadigan biznes– korxonalarda turli diniy va siyosiy dunyoqarashlarga ega bo’lgan har millat va elat vakillari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bunday korxonalarda etik me’yorlar xodimlarni irqi, tili, tanasining rangi, dini, jinsi, yoshi, millati, nogironligi, ish staji, dunyoqarashi, bironta partiyaga mansubligi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va mol–mulki bo’yicha diskriminasiya (kamsitish) ni man etadi. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari korxona etik me’yorlari quyidagi nojuya harakatlarni ta’qiqlaydi: xodimlar ustidan kulishni; diniy va irqiy jirkanishlarni; ish joyida tajovuzkorlik vaziyatlarni keltirib chiqaradigan hazillar va tanbehlarni; do’q–po’pisa va qo’polliq qilishni; birovlarga jabr–zulm qilishni, narkotik moddalardan foyydalanish va sotishni; ishga mast va narkotik moddalarni chekib kelishni; korxona mol– mulkini yo’qotish, o’g’irlash, ulardan noto’g’ri va samarasiz foydalanishni; xizmat va tijorat bilan bog’liq bo’lgan maxfiy ma’lumotlarni oshkora qilishni; ish joylarida shaxsiy buyumlarni saqlashni hamda xarajat materiallaridan va aloqa vositalaridan shaxsiy manfaati uchun foydalanishni; rahbariyatga noto’g’ri va noaniq ma’lumotlar berishni; o’z xarajatlarini bo’rttirib ko’rsatishni; davlat va boshqa idoralarni aldashni; korxona nomidan yolg’on bayonot berishni; kuchidan suiiste’mol va boshqalarga nisbatan tahdid qilishni; qonunlarga zid keladigan buyruq va farmoyishlarni bajarishni; kamsitib (mensimay) gapirish, raqiblar va ularning tovar va xizmatlarini kamsitishni, ya’ni yerga urishni; korxona shartnomalari to’g’risida begona kishilarga axborot berish va ularning shartlarini oshkora qilishni; korxonada qo’llanilayotgan ilmiy ixtirolar, bozorlarni o’rganish to’g’risida ma’lumotlarni berishni; korxonada ishlamaydigan kishilar bilan korxona to’g’risida gaplashishni; nojo’ya uslub va xizmatlardan (boshqalar gaplarini yashirincha quloq solib eshitish, xodim va raqiblar to’g’risida shaxsiy ma’lumotlarni olish uchun xizmatkorlarni yollash, o’g’irlash va shunga o’xshash) foydalanish; ta’magirlik qilishni; tovarlar yetkazib beruvchilar va kliyentlardan qimmatbaho sovg’a yoki pul olishni, yoki ular vakillariga pul yoki sovg’a berishni va shularga o’xshagan jamiyatda qoralanadigan hatti–harakatlar. Yuqorida ko’rsatilgan ahloqiy (etik) me’yorlar nafaqat biznes, boshqa turdagi korxonalarga va ularning xodimlariga ham taalluqli bo’lib, xodimlarning umumiy yig’ilishida qabul qilinishi va tasdiqlanishi lozim. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling