T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Biznesda munosabat qilishning universal qoidalari va biznesmenlarga xos fazilatlar
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabassum
Biznesda munosabat qilishning universal qoidalari va biznesmenlarga xos fazilatlarBiznesmenlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular biznes yuzasidan har xil madaniyat darajasiga ega bo’lgan, turli millat vakillariga mansub o’zlariga o’xshash biznesmenlar va boshqa kishilar bilan muloqotga tushishadilar. Muloqot predmeti bo’lgan masalalarning ijobiy va tez hal bo’lishi uchun munosabat qilishning universal qoidalaridan to’g’ri foydalanishlari va o’zlarining insonga xos fazilatlarni esdan chiqarmasliklari kerak. Tadbirkor va tijoratchi biznesmenlar o’z faoliyati yuzasidan respublikaing boshqa joylariga va chet davlatlarga ham borishlari mumkin. Chet mamlakatlarga borganda ham shu mamlakatning qonunlariga va xalqining urf–odat qoidalariga rioya qilishlari hamda hamkorlari bilan munosabat qilish etiket qoidalaridan foydalanishlari lozim, chunki ular dunyo xalqlarining barchasiga mansub. Hamkorlar bilan munosabat qilishning universal qoidalarining asosiylari quyidagilar hisoblanadi: tabassum, xushmuomalalik, sabr–toqatlilik, kamtarlik. TabassumAgar eshitgan bo’lsalaringiz “hamma narsa uning yuzida yozilgan” deyishadi, chunki odamning chehrasiga qarab uning tabiati va kayfiyati to’g’risida aniq xulosa chiqarish mumkin. Chehrasining holatiga qarab odamlarni uch xilga bo’lish mumkin: beparvo chehrali, serjahl chehrali va tabassum chehrali. Chehradagi beparvolik insonga xos eng yomon xususiyatlardan biri hisoblanadi. Beparvolik hamkor yoki suhbatdoshga, uning gaplariga va fikriga hyech qanday qiziqish yo’qligidan darak beradi. Buni tajribasiz va mohir bo’lmagan yoki quyilgan masalaning mohiyatini yaxshi tushunmaydigan kishilarning suhbati davrida yoki ularning o’tkazayotgan majlislarida kuzatish mumkin. Bundan tashqari beparvo chehra uning sohibining manmanligidan darak beradi, o’zini hamkoriga yoki suhbatdoshiga nisbatan ustun tutish belgisi hisoblanadi. Albatta, bunday kishilar suhbatidan ijobiy natija kutish qiyin. Serjahl chehra u sohibining nimadandir yoki kimdandir norozilik yoki jahli chiqib turganlik belgisi hisoblanadi. Bunday vaqtlarda madaniyatli hamkor yoki suhbatdosh undan kayfiyatingiz qanday deb so’ramasligi kerak. Odamlar jahlining chiqishiga va chehralarining o’zgarishiga olib keluvchi sabablar juda ham ko’p. Uning asosiy sabablaridan biri hamkor yoki suhbatdoshning madaniyatsizligi, sabr– toqatsizligi va munosabat qilishning boshqa etiket qoidalariga rioya qilmasligi hisoblanadi. Albatta, badjahlli chehra masalaning yechilishini qiyinlashtiradi va ikkinchi tomonning ham kayfiyatini buzadi. Madaniyatli biznesmen, birinchidan, o’zining badjahl holatini hamkoriga yoki suhbatdoshiga bildirmaslikka harakat qiladi, ikkinchidan, bildirmaslik iloji bo’lmasa, kechirim so’rab, o’zining holatini aytishi va xafa bo’lmasligini hamkoridan yoki suhbatdoshidan so’rashi lozim. Tabassumli chehra sohibi hamkorlarini va barcha suhbatdoshlarini o’ziga moyil qiladi hamda ularning diqqatini tortadi, ishonchli harakat qilishga va ishonchli gaplashishga imkon beradi. Hozirgi kosmos va xalqaro munosabatlar asrida chehradagi tabassum biznesmenlar uchun juda ham katta ahamiyatga ega. Tabassum dunyo mavjudodlaridan faqat insonga tortiq qilingan va katta ruhiy kuchga ega bo’lgan qobiliyat bo’lib, o’zaro va xalqaro munosabatlarda hamkorlik ko’prigi, ko’ngli ochiqlilik va xushmuomalalik belgisi sifatida xizmat qiladi. U katta masofa va qiyinchiliklarni “bosib o’tib”, o’z sohibiga faqat foyda keltiradi, muammo va mushkullarning yechilishini osonlashtiradi. Shu sababdan bo’lsa kerakki, xalqimizning “Yuzingizdan tabassum arimasin” degan gapi bejiz emas. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, biznesmen chehrasining munosabatlar davridagi holati unga foyda keltiradi yoki unga qarshi “ishlaydi”. Lekin foyda keltirar ekan deb, har joyda va har qaysi vaziyatda ham doimo jilmayish kerak emas, chunki ba’zi bir vaziyatlarda u o’rinli bo’lmasligi mumkin. Esingizdan chiqmasinki, boshqa barcha vaziyatlarda tabassum hamkor va suhbatdoshlarga kuchli ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning kayfiyatini ko’taradi. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling