T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Suhbat uchun qulay va ishonchli sharoitni yaratish
Imo–ishoralar mazmuni
Tanyach iboralar: san’at; xalqaro tajriba; salmoqli so’z va dalda; noqulay holat va salbiy ruhiy ta’sir; ko’z yugurtirish; peshona; yuzi bo’yicha ko’z yugurtirish; jiddiy qarash; o’tirish; uyg’unlik joyi; tajanglik va madaniyatsizlik; harakat va imo–ishoralar. Nazorat savollari:Xalqaro tajribada shakllangan suhbatdoshning yuziga qarash turlarini aytib bering. Bir–birlarining yuziga qarab suhbatlashish qanday ahamiyatga ega? Suhbatdoshning yuziga, uni noqulay holatga solmaslik uchun, qanday qarash kerak? Bir guruh suhbatdoshlarning yuziga birdagina qarash usulidan qaysi vaziyatlarda foydalaniladi va uning samarasi nimadan iborat? Kundalik uchrashuvlarda suhbatdosh yuziga qarashning qaysi usulidan foydalaniladi? Jiddiy, ya’ni yaqin o’ta tikilib qarash usulini nima uchun biznes faoliyatida qo’llash mumkin emas? Suhbat stoli atrofida suhbatga kelgan kishilar qanday o’tirishlari kerak? Suhbatdoshning gapini tinglashga qanday etiket qoidalari qo’yiladi? Suhbat davridagi, gavda, qo’l panjalar va qo’zlar yordamida qilinadigan xarakatlarning mazmunini bilasizmi, bilsangiz aytib bering? Xayrlashish etiket qoidalariga ko’ra mehmonlar qanday kuzatilib qo’yilishi kerak? Suhbat uchun qulay va ishonchli sharoitni yaratishSuhbatning muvaffaqiyatli borishida va tugashida uning tashkilotchilari tomonidan suhbatdoshlar uchun qulay va ishonchli sharoitlarning yaratilishi o’ta katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitni yaratishda suhbat ishtirokchilari psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar bartaraf qilinishi va ijobiy ta’sir qiladigan sharoit yaratilishi lozim. Suhbat qatnashchilari psixikasiga suhbat o’tkaziladigan xonaning estetik bezatilishi katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham suhbat va yig’ilishlar nafis bezatilgan va bugungi kun dizayni talablariga to’liq javob beradigan xonalarda tashkil qilinishi kerak. Bundan tashqari xona keng va shipi baland bo’lishi lozim. Past shipli korxonada odam o’zini xona shipi ustiga tushib ketayotgandek his qiladi. Ishlash uchun qulay va bir–birlariga ishonchli sharoitni yaratishda, bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbatdoshlar chehrasidagi tabassumning ahamiyati ham o’ta katta. Chehradagi tabassum odam qalbining ishonchli ko’zgusi bo’lib, suhbatdosh ko’nglining ochiqligini, beg’arazligini va uning sohibining xursandligini bildiradi. Suhbatning ijobiy o’tishiga tabassumdan tashqari boshqa hyech qanday omil ijobiy ta’sir ko’rsataolmaydi. Lekin hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, tabassum miyig’idan ko’lishga almashtirilmasligi kerak, chunki butun dunyo xalqlari tasavvurida u qalbda yomon iz qoldiradigan omil hisoblanadi va shu sababli ham amaldagi etiket qoidalariga ko’ra miyig’ida kulish boshqalarga nisbatan behurmatlik va ularning ustidan kulish belgisi deb qaraladi. Amaldagi xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, suhbat ishtirokchilarining kayfiyatini yaxshilash va suhbatning ijobiy o’tishiga suhbat yoki tanaffus vaqtida mehmonlarga kofe, choy, meva sharbatlari yoki mineral suvlarni taklif qilish ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bu mehmondorchilik elmenti ham hisoblanadi. Ishonchli va suhbat uchun qo’lay sharoitni yuzaga chiqarishda munosabatga tushish vositalaridan to’g’ri foydalanishning ham ahamiyati o’ta katta. Suhbatdoshga o’z fikrlarini yetkazishda adabiy o’zbek tilining suhbatdoshlar qulog’iga yoqadigan ma’noli va chiroyli so’zlaridan foydalanish kerak. Umuman, suhbat davridagi muloqot xushmuomalalik etiket talablari asosida borishi shart. Suhbat davrida hyech qanday qo’pollikka o’rin bo’lmasligi kerak. Etiket talablariga ko’ra suhbat davrida sodir bo’lish mumkin bo’lgan negativ ta’sirning oldini olish maqsadida faqat yengil darajadagi kayfiyatni ko’taradigan neytral hazillarga ruxsat beriladi. Suhbat davrida yaxshi atmosferaning shakllanishida hozirgi xalqaro etiket qoidalariga ko’ra tengqurlarning muloqot qilishida murojaat qilishning “sen” shaklidan foydalanish tavsiya qilinadi, chunki murojaat qilishning ushbu shaklidan foydalanish tengqurlarni bir–birlariga yanada yaqinlashtiradi va suhbatning ijobiy borishiga imkon tug’diradi. Qulay va ishonchli sharoitlarni yaratishda amalda shakllangan imo– ishoralardan to’g’ri foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, suhbatning boshlanishida yoki kechish jarayonida suhbatdoshlar tomonidan galstuklarni bo’shatib, kostyum tugmalarining yechib yoki kostyumni umuman yechib qo’yilishi suhbatning erkin borishidan, kostyum tugmalarining o’tkazilgan holda turishi esa suhbatning rasmiyligidan darak beradi. Nafaqat suhbat sharoiti ishonchli, suhbat mavzusi predmeti ham ishonchli bo’lishi shart. Uning uchun suhbat davrida o’z fikrlarini tasdiqlaydigan ma’lumot va dalillardan hamda ularni namoyish qilish texnik vositalaridan ham foydalanish katta ahamiyatga ega. Suhbat davrida suhbatdoshlarning asabiga tegadigan omillar bo’lmasligi uchun mobil telefonlar o’chirilib qo’yilishi lozim. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling