T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Biznesmenlar vizit kartochkasi va ulardan foydalanish


Download 180.21 Kb.
bet33/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Biznesmenlar vizit kartochkasi va ulardan foydalanish


Qachondir kimlar tomonidan birinchi marta o’ylab topilgan va amalga kiritilgan vizit kartochkasi bugungi kunda biznesmenlarning asosiy atributlaridan biriga aylangan. Vizit kartochkalari etiket qoidalariga ko’ra qalin toza oq qog’ozda tayyorlanadi. Ularning o’lchami va shrifti qat’iy belgilanmaydi va joylarda shakllangan tajribaga bog’liq bo’ladi. Odatda vizit kartochkalari ularni saqlaydigan klyasserlarning o’lchamiga qarab


tayyorlanadi: erkaklar uchun mo’ljallangan klyasserlar o’lchami 90x50 mm, ayol kishilar uchun – 80x50 mm bo’ladi. Shu boisdan ham vizit kartochkalar shu o’lchamlarda tayyorlanadi.
Vizit kartochkada u sohibining ismi–sharifi, ilmiy unvoni, lavozimi, firma yoki tashkilotning to’liq manzili, telefon, faks va E–mail nomerlari to’liq ko’rsatiladi. Chet mamlakatlarga chiqishda vizit kartochkasi biznesmen bormoqchi bo’lgan mamlakat xalqining davlat tilida yoki shu mamlakatda keng tarqalgan chet tillardan birida yoziladi.
Hamkorlar bilan muloqot qilishda vizit kartochkalarining ahamiyati juda ham katta, chunki ular muloqot davrida hamkorning ismi–sharifini to’g’ri talaffuz qilishda hamda uning lavozimini va tutgan o’rnini hisobga olgan holda murojaat qilishga imkon beradi.
Esdan chiqmasinki, vizit kartochkalari birinchi uchrashuvdayoq yoki tanishuvdayoq, turli konferensiya va seminarlarda ham ularning boshlanishidan oldin shaxsan beriladi. Tabiiyki, vizit kartochkasini olgan kishi javob shaklida o’zining vizit kartochkasini beradi. Halqaro forumlarda (syezd, kongress, konferensiya, seminar) vizit kartochkalarini olishda bir narsaga e’tibor berish kerakki, agar kartochkani sizga berishda ikki qo’l bilan uzatishsa, siz ham uni ikki qo’l bilan qabul qilishingiz kerak, agar bir qo’l bilan uzatilsa – bir qo’l bilan. Yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, amaldagi xalqaro etiket qoidalariga ko’ra javob shaklida olingan vizit kartochka birdaniga, o’qilmasdan, cho’ntakka, ayniqsa ichki cho’ntakka, solinmasligi kerak va uni bergan kishi yonida undagi yozuv bilan tanishib chiqib, kartochka sohibiga o’zining minnatdorchiligini bildirish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan vaziyatlardan tashqari vizit kartochkalaridan xalqaro tajribada qo’yidagi maqsadlarda foydalaniladi: tabriklashda, javob sifatida minnatdorchilik bildirishda, taklifnoma sifatida, guldastalar va sovg’alarni topshirishda, kitob, jurnal va gazeta ko’rgazmalariga hamda teatr va kinoteatrlarga taklif qilishda. Bundan tashqari, vizit kartochkalari musiqa va adabiy kechalarga, tennis, shaxmat, golf kabi sport uchrashuvlariga hamda do’stlik kechalariga ham taklif qilish uchun foydalaniladi. Tabriklashda, taklif qilishda, javob sifatida minnatdorchilik bildirishda, guldastalar va sovg’alarni topshirishda, madaniy maskanlarga (teatr, kinoteatr, badiiy kechalar), sport bilan bog’liq uchrashuvlarga taklif qilishda vizit kartochkalari uchinchi shaxslar orqali yuborilishi mumkin. Bunday hollarda vizit kartochkalarining chap tomonining pastida lotin alfavitida qalam bilan ma’lum tadbirga mo’ljallangan yozuv qilinadi. Misol uchun, p.r. – minnatdorchilik bildirish, p.f. – tabriklash va
boshqalar. Agar siz r.s.v.p. harflari yozilgan vizit kartochkasini olgan bo’lsangiz, bunday yozuv “iltimos, javob berish kerak” degan ma’noni bildiradi. Olingan vizit kartochkasiga maxsus pochta kartochkasi, xat orqali yoki “p.r.” harflari yozilgan vizit kartochkasi yoki telefon orqali 24 soat ichida javob berilishi kerak. Boshqa maqsadlarda yuborish kerak bo’lgan vizit kartochkalarida qalam bilan maqsad yoziladi: masalan, “Yangi yilda eng yaxshi tilaklar bilan” yoki “Yaxshi tilaklar bilan esdalik uchun”.



Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling